Rovoch-Reven. O‟simlikning ildizi va ildizpoyasidan tayyorlangan preparatlar (tabletkasi)
kichik dozalarda (0, 05-0, 2) burishtiruvchi kabi ta'sir etgani uchun ich ketishini bartaraf etadi,
katta dozalarda esa (0,5-1,0) ichni yumshatadi.
203
Sano-Kassiya. O‟simlik bargidan va mevasidan tayyorlangan damlama va uni saqlovchi
kompleks preparatlar (quruq ekstrakt tabletkasi senadeksin, kafiol)surunkali qabziyatda yo`g`on
ichak harakatini oshirib ichni yumshatadi.
Tirnoqgul-Nagotki lekasrtvennыe. O‟simlikning gul to`plamidan damlama, tindirma tayyorlanadi.
Ular
sedativ,
kardiotonik, yallig`lanishga qarshi, spazmolitik, antiseptik preparatlar sifatida stomatologiyada
(stomatit, gingivit, paradontoz), ayrim ichak kasalliklarida (gastrit, me'da-ichak yara kasalligi)
qo`llaniladi.
Tog` rayxon-Dushitsa. O‟simlikning yer ustki qismidan damlama va tindirma
tayyorlanadi. Ular me'da-ichak faoliyatini rag`batlantiradi, o`t ajralishini oshiradi, ovqat hazm
bo`lishini
yaxshilaydi,
balg`am
ajralishini
qisman
yengillashtiradi.
Bulardan tashqari tinchlantiruvchi va tutqanoqqa qarshi ta'sir etadi degan fikr bor.
Fenxel-Fenxel obыknovennaya (ukrop aptechnыy). Osimlik mevasidan tayyorlangan
damlama (ukrop suvi) me'da-ichak harakati va sekretsiyasini jonlantiradi. O‟t ajralishini oshiradi.
Shu sababli el haydovchi va ich yumshatuvchi ta'sir ko`rsatadi. qabziyatda ishlatiladi.