Асбоб ва ускуналар. Тадқиқот ишларини олиб борилиши учун қуйидагилар зарур:
- электрон тарози; analitik tarozi
- 25мл, 50мл, 100мл, 200мл, 250 мл и 500 мл ли ўлчов колбалар;
- пробиркалар,byuks цилиндрлар, конуссимон колбалар;
- фильтр қоғози;
- реактивлар;
- эритувчилар.
Laboratoriya ishlarini o'tkazish qoidalari va xavfsizlik choralari.
Kimyo laboratoriyalariga faqatgina xavfsizlik texnikasi bilan tanishib maxsus jurnalga imzo qo‘ygan talabalargina kirib ishlashga ruxsat beriladi.
Laboratoriya ishiga tushishdan oldin talabalar texnika xavfsizligini tushungandan so‘ng ruxsat berilishi lozim:
· laboratoriyada tozalik va texnika xavfsizligiga rioya qilish shart;
· · kimyoviy reaktivlar qadog‘ida yozilgan ko‘rsatmalar asosida saqlanishi shart;
· ishni tugatgandan so‘ng ish joyini tozalash, kimyoviy qoldiqlarni neytrallash va idishlarni zararsizlantirish shart;
· kimyoviy reaktivlarning qoldig‘ini, organik erituvchilar va suvli kimyoviy moddalar eritmasini rakovinaga to‘kish mumkin emas. Bunday qoldiqlar maxsus idishlarga solinadi (shisha).
Laboratoriya ish joyida ovqatlanish va oziq ovqat maxsulotlarini saqlash man etiladi. Suv ichish va dori moddalarini mazasini tatib ko‘rish man etiladi. Moddalarni xidini zaxarli emasligiga ishonch xosil qilingandan so‘ng aniqlash mumkin.
Laboratoriyada xar doim quyidagini esda saqlash lozim: neorganik birikmalar toksik xususiyatga ega bo‘lganlari juda ko‘p va bundan tashqari alangada portlash xususiyatiga ega. Laboratoriya xalatda bo‘lish shart. Zaxarli va o‘yuvchi ishqor, kislota moddalari bilan ishlaganda ehtiyot choralarini qo’llash shart. Laboratoriya stollarida shaxsiy buyumlarni qo‘yish, ustki kiyimlarni ilishva oyoq kiyimlarni qoldirish mumkin emas.
Eritmalarni qizdirish jarayonida probirkaning boshi devor tomonga qaratilishi lozim. Suvda yaxshi erimiydigan va probirkada ozroq suv qolganda eritma toshib uchishi extimoli mavjud. Organik modda qatlami ostidagi suv qaynab otilish extimoli mavjud. Shuning uchun probirka bosh qismini iloji boricha xech kim yo‘q tomonga qaratiladi.
Zaxarli xidli moddalar bilan ishlaganda xavo tortuvchi uskuna tagida ish bajarilishi lozim.
Idishlarni quritish shkafida 1100-1400 C da quriguncha qoldiriladi va usha erda sovutiladi. Olovli spirtovka yoki elektroplitkada idishlarni quritish man etiladi.