Laboratoriya ishning maqsadi: Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash usullarini o‘rgatishdan iborat.
Mazmun va kutilayotgan natija: Dori moddalar tahlilida Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash
Laboratoriya ishning rejasi Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash. Quritish usuli
Dori moddasi tarkibidagi suvni distillatsiya usuli bilan aniqlash
Karl Fisher reaktivi bilan titrlash usuli
Ishning maqsadi:Uchuvchan moddalar va suvni aniqlash usullari haqida talabalarga ma’lumot berish.
Таdqiqot ob’ekti: kaliy bromid, kaltsiy laktat, natriy sitrat, natriy xlorid
Jarayonning asosiy bosqichlari va tadqiqotni olib borilishi: Moddaning aniq miqdorini avvaldan quritilgan va tortib olingan byuksga solinib, doimiy og’irlikkacha quritiladi. Quritish sharoiti, harorati, olinishi lozim bo’lgan modda miqdori tegishli xususiy farmakopeya maqolasida ko’rsatiladi. Agar quritish qizdirish orqali amalga oshirilsa, qopqog’i ochiq holda byuks eksikatorga solinib, 50 minut davomida sovitilgach, qopqog’i berkitilib tortiladi. Birinchi tortishda (agar xususiy farmakopeya maqolasida maxsus ko’rsatma bo’lmasa) 2 soat quritiladi. Keyingi tortishlar esa 1 soat davomida quritilgach bajariladi. Modda tarkibidagi uchuvchan moddalar yoki suvning miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bunda a—moddaning quritishdan avvalgi massasi; b—moddaning quritilgandan keyingi massasi.
Текширувлар натижасида олинган натижаларни тахлил қилиш ва ҳисоблаш;
Ўқув-тадқиқот ишлари асосида хулосалар чиқариш ва баённомаларни расмийлаштириш.