Foydalanilgan adabiyotlar........................................................................ 41
Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish ahamiyati maqsadi xamda vazifalari
Reja
Kirish
Asosiy qism
Bob. Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarining maqsadi va vazifasi
Jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari
Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish uslublari
Bob. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik jarayonlari
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarlik shakllari
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etish
2.3.Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining mazmuni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mamlakatimizda yuqori malakali jismoniy tarbiya mutaxasisilari tayyorlash tizimi zamonaviy talabalarga to‘liq javob bera oladi, shu bilan birga bu tizim xalqaro standartlar asosida takomillashib bormoqda. Fikrimizning dalili sifatida mamlakatimizda etishib chiqayotgan ko‘plab yuqori malakali sportchilarni, xalqaro musobaqalar va olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini misol keltirishimiz mumkin. Xalqimiz sog‘ligi darajasi yildan yilga ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini keng ommaviylashib borishida deb xulosa qilishimiz mumkin. Shunga qaramay jismoniy tarbiya mutaxasislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni zamon talablariga muvofiq kasbiy malaka va tajribalarini ortirib borish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.[1.19]
Kurs ish mavzusining dolzarbligi: ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining roli katta bo‘lib hisoblanadi. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklari hamda tajribalari jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘quvchi va talabalarni jismonan barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |