Bitiruv malakaviy ishlari muaxasislik fanlari bo‘yicha barcha talabalar yozish shart bo‘ladi. Talabalar oliy o‘quv yurtini tamomlayotganlarida tanlangan maxsus kurslari yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib boradilar. Ular shu soha bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan adabiyotlarni ishlab chiqib, o‘z ishlarining boshqa ishlardan farqini, uning ishlab chiqarishga keltiradigan foydasini ko‘rsata
bilishlari kerak. Bitiruv malakaviy ishi o‘qituvchi rahbarligida yoziladi. Bitiruv malakaviy ishlarining hajmi fanlar va mavzularga qarab, belgilanadi.
Talabalar tomonidan bajariladigan bitiruv malakaviy ishlari haqiqiy ilmiy ishlarning boshlanishidir. Bu munozarani talab etmaydi. Bitiruv malakaviy ishi talabaga ilmiy izlanish, ma’lum muammolarni o‘rganish va uning mohiyatini tahlil qilishda yordam beradi. Zotan, talabalar o‘qish jarayonida ma’lum doirada ilmiy-tekshirish ishlari olib borgan bo‘ladilar. Talabalarning ilmiy ishlari talabalar ilmiy jamiyatlari anjumanida tinglanadi, muhokama qilinadi, baholanadi. Bu jarayon talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab boradi.
Mutaxassis bajargan Bitiruv malakaviy ish mavzusi uning magistrlik ishi bo‘lib davom ettirilishi mumkin.
Reyting nazorati, maslahat, yozma ishlar nazorati ham o‘qitish jarayonining ajralmas tarkibiy qismlaridir. Ularning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Talabalarga ma’ruza o‘qishda, amaliy tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, seminarlar tashkil etishda, fanlar bo‘yicha “tayanch ibora” yozma ishlari yozishda, kurs va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilishda Oliy ta’lim Kadrlar tayyorlash Davlat standartilari ham nazariy, ham amaliy jihatdan to‘la amal qilingan holda ish ko‘riladi.
Jismoniy tarbiyada me’riy hujjatlar:O‘quv rejasi davlat xujjati bo‘lib, o‘quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllarini aniq belgilab berishda, shuningdek, talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda alohida ahamiyatga egadir. O‘quv rejasida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, attesstatsiya sessiyalari, bitiruv malakaviy ishlari, ta’til singarilarni olib borish va o‘tkazishning muddatlari aniq ko‘rsatiladi. O‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich kurslarda ko‘proq umumiy fanlar o‘qitiladi, yuqori kurslarda esa mutaxassislik bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. O‘quv rejalari hamma o‘quv yurtlari uchun bir hilda emas, chunki ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, o‘quv muddatini belgilashda hisobga olinadi. Shunga
muvofiq o‘qiladigan fanlar, attesstatsiyalar, kurs ishlari miqdori semestrlar bo‘yicha aniq belgilab chiqiladi.
Har bir fakultet uchun o‘quv rejalari tuziladi. Mutaxassis va Magistr o‘quv rejasida o‘qiladigan fanlar bo‘yicha ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, maxsus kurslar, maxsus seminarlar, kurs va bitiruv malakaviy ishlari, pedagogik va ishlab chiqarish tajribalari, attesstatsiya va reyting sinovlar muntazam ravishda aniqlab beriladi, o‘quv rejasi tuzib bo‘lingach, muhokama etiladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan o‘quv reja uzoq yillargacha amalda qo‘llanib boriladi. Lekin o‘qish jarayonida ba’zi o‘zgartirishlar kiritish mumkin va bu o‘zgartirishlar kafedra va fakultetning tavsiyasi bilan universitet ilmiy kengashida tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi. O‘quv rejasidagi har bir fan o‘zining o‘quv dasturiga ega bo‘ladi. Dasturlarni olimlar va tajriba o‘tkazuvchi o‘qituvchilar tuzishi mumkin. Dasturlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib boruvchi olim-pedagoglar tomonidan tayyorlangani ma’qul. Chunki o‘quv rejasining mohiyatini faqat auditoriya bilan muloqotda bo‘lgan mutaxassisgina to‘la ochib bera olishi mumkin. Dastur qisqagina so‘z bilan boshlanib, so‘ngra bir necha boblaryoki bo‘limlarga ajraladi. Har bir bob yoki bo‘limda alohida o‘tiladigan mavzular va kichik mavzular berilib, oxirida zaruriy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Dasturda fanlar bob, qism va bo‘limlarga ajratilib, har bir mavzu bo‘limlarga bo‘linadi, har bir bob, bo‘lim yoki qismdan so‘ng foydalanishi lozim bo‘lgan adabiyotlar alfavit tartibida keltiriladi. Bu o‘qituvchining ma’ruzalarga va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishini osonlashtiradi. Shuning uchun o‘qituvchilar dasturdagi adabiyotlarning bir qisminigina talabalarga mustaqil ishlash uchun tavsiya etishlari lozim.