Amaliy uslub shakllari: Amaliy uslubda talabalar har bir harakatni amalda bajaradilar, ko‘rsatadilar, takrorlaydilar. Ta’limning asosiy vazifasi shug‘ullanuvchilarda mustahkam harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Bu vazifani hal etish uchun o‘rganiladigan harakatlarni ko‘p martalab takrorlash zarur. O‘rganiladigan harakatlarni rejali ravishda mashq qilish bolalarga jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori natijalariga erishishlarda yordam beradi, ularni sog‘lom qiladi, bilimini oshiradi.
Musobaqa takomillashtirish uslubi sifatida talabalarda bir qadar malaka hosil bo‘lganidan keyingina qo‘llaniladi. Musobaqada o‘quv materialini o‘tish davomida eng yaxshi jamoalar, guruhlar yoki ayrim talabalar aniqlanadi.
Shug‘ullanuvchilarga individual yondoshish: Bolalar bilan ishlashda o‘qituvchilarning o‘z talabalari individual xususiyatlarini yaxshi bilishi katta ahamiyatga ega, chunki, har bir sinfda zukko va parishonxotir, faol va sust: jismoniy madaniyat va sportga qiziquvchi va qiziqmaydigan talabalar bo‘ladi. O‘qituvchi har bir talabaíing sog‘ligini va jismoniy rivojlanganlik darajasini yaxshi bilish kerak. Har bir sinfda o‘z sinfdoshlaridan jismoniy tayyorgarligiga ko‘ra yaqqol ajralib turadigan talabalari bor. Ulardan ba’zilari mashqlarni bajara olmaydilar, boshqalari esa, aksincha, jismoniy mashqlarni bajarishda yuqori natijalar ko‘rsatadilar. Shuningdek yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan bolalar ham o‘zlariga individual yondoshishga ehtiyoj sezadilar. Bolalarga individual yondoshishda ularning sog‘ligini, yoshini, jinsini va jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy qobiliyatini albatta hisobga olish kerak.
Bob. JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI KASBIY TAYYORGARLIK JARAYONLARI
Talabalar sog‘ligini mustahkamlashga, organizmni chiniqtirishga, ularning xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga yordam berish; Talabalarning jismoniy madaniyat darslarida olgan bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish xamda kengaytirish; Talabalarni yaxshi dam olishlarini tashkil etish; talabalarda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga ishtiyoq uyg‘otish.
Sinfdan tashqari ishlarga talabalarni yoppasiga jalb qilish uchun mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazishning xilma-xil shakllaridan foydalanish lozim. Bunda ularning yoshi, sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olinadi. Talabalar bilan amaliy ish olib borish uchun to‘garaklar tuziladi. Birinchi navbatda butun yil davomida ishlaydigan umumiy jismoniy tayyorgarlik to‘garaklari tashkil etiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik to‘garagiga iloji boricha ko‘proq talabalarni, shu jumladan, jismoniy rivojlanishda bir oz oqsayotgan bolalarni ham jalb etish lozim. Sport to‘garaklarining rahbarlari muayyan sport turining mashg‘ulotlarini o‘tkazish uslubiyatini, bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning o‘ziga xosligini yaxshi bilishlari kerak.
Sayrlar, ekskursiyalar va yurishlar katta ta’lim va tarbiya ahamiyatga molik. Chunki bu jarayonda bolalar tabiat, jonajon o‘lka va uning diqqatga sazovor joylari bilan tanishadilar. Bu tadbirlar yurish, yugurish va o‘yin malakalarining takomillashishiga yordam beradi, organizmni chiniqtiradi va bolalar sog‘ligini mustahkamlaydi hamda yurish-turish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, joyni mo‘ljalga olish va xokazo ko‘nikmalarni egallashga imkon yaratadi. Shuningdek, ular bolalar jamoasini qaror toptirish va mustaxkamlashda, do‘stlik, o‘rtoqlik hissini tarbiyalashda bebaho rol o‘énaydi.[11.28.48]
O‘éinlar. Ko‘ngil ochishlar. Talabalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishning eng oddiy va ommaviy, shakli o‘yin hamda ko‘ngil ochishlardir. O‘yinlar talabalarning kichik guruhlari bilan ham, ikki-uchta sinf talabalarining katta guruhlari bilan ham uyushtiriladi. Guruh qanchalik katta bo‘lsa, o‘yin
tashkilotchilari va o‘yinboshi talabalar unga shunchalik yaxshi tayyorlangan bo‘lishlari kerak.
Sport musobaqalari Ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishning eng qiziqarli shakllaridan biridir. Ular talabalarni uyda va jismoniy madaniyat jamoalaridagi doimiy jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etishga yordam beradi, talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini mustaxkamlaydi. Musobaqalar, sinfdan tashqari ishning boshqa turlari qatori, Ta’lim muassasalariíing umumiy yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yilining boshida musobaqalarni o‘tkazish muddati, qoidalari va dasturlari aniq belgilab olinadi. Bu muddatlarni hisobga olgan holda musobaqalarga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. Har bir musobaqa muayyan nizomga muvofiq o‘tkaziladi. Nizomda musobaqaning maqsadi va vazifalari, vaqti va o‘tkazilish joyi, qatnashuvchilar, dasturi, o‘tkazilish sharti va hisobga olish, eng yaxshi ishtirokchilarni va komandalarni mukofotlash tartibi, arizalar shakli va ularni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
Jismoniy tarbiyaga oid ta’lim muassasalaridan tashqari ishlarga Bolalar va O‘smirlar Sport Ta’lim muassasalariè, Olimpiada Zaxiralari Sport Ta’lim muassasalariè, Sport Mahoratini Oshirish Ta’lim muassasalariëarida sport turlari bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlari kiradi. Bu muassasalarda talabalar sport turlari bo‘yicha maxsus tayyorgarliklar o‘tadilar. Sport turlari bo‘yicha ixtisoslikka erishadilar. Shuningdek, jismoniy tarbiyadan ta’lim muassasalaridan tashqari ishlarga ta’lim muassasalariëar o‘rtasidagi har xil sport musobaqalari va bayramlardagi bellashuvlar, o‘rtoqlik uchrashuvlari kiradi. Yashash joylarida hamda Oilada jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazish ham shu soha vazifasi hioblanadi.
Jismoniy tarbiyaga oid ta’lim muassasalaridan tashqari ishlarga ta’lim muassasalari direktori, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya jamoasi rahbari boshchilik qiladilar. Ular har bir talabaíi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etishlari va nazorat qilib borishlari hamda rag‘batlanitirib turishlari shart.
Jismoniy tarbiya mutaxasisslari tayyorlashda quyidagi talablarga amal qilinadi. Hozirgi vaqtda Oliy ta’lim tizimida muhim tarixiy vazifani amalda to‘laroq hal etish-mamlakatimiz xalq xo‘jaligiga yuqori malakali va bilimdon mutaxassislar etkazib berish masalasi hal etilmoqda. bu sohada mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirishda yaxshi tajribalar orttirilgan, hozir xalq xo‘jaligining hamma sohalarini fan, madaniyat va san’at mutaxassislari bilan ta’minlash rejali ravishda amalga oshirilmoqda. Oliy ta’lim va xalq xo‘jaligining o‘sib borayotgan talabini va kelajagini hisobga olib ish ko‘rmoqda. Buning uchun Oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari tarkibi ta’limining to‘rt shartiga; o‘z fanini a’lo darajada bilish, o‘z kasbini jonu-dilidan sevish va talabalarda ham shu fanga muhabbat uyg‘otish, sinab ko‘rish va amaliy ishlarni hozirgi davr talablari asosida uyushtirish, chuqur bilimga ega bo‘lishga rioya qilib kelmoqdalar. Endigi asosiy vazifa tayyorlanayotgan mutaxassislarning‘ sifatini yanada yaxshilashga, ularni ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar qilib tarbiyalashga erishishdan iboratdir. Bu o‘z navbatida talabalarni ta’lim berishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |