«O’zsanoatqurilishbank» ATB Sariosiyo filialining tashkil topish tarixi va tarkibiy tuzilishi.
O‘zsanoatqurilish bank tarixi 1922 yildan boshlab Toshkentda Sanoat bankning O‘rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlangan bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Kapital qo‘yilmalari hajmining o‘sishi va xizmat ko‘rsatish uchun pudratchi tashkilotlar hisobraqamlarining Sanoat bankiga topshirilishi moliyalash tizimida o‘zgartirishlarni talab etdi. 1932 yil may oyida Sanoat bank uzoq muddatli qo‘yilmalarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirilib, uning zimmasiga kapital qurilish, og‘ir, engil, mahalliy sanoat, ta’minot tashkilotlari, tashqi savdoni moliyalash yuklatildi. 1955 yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi Qoidalari va qurilish bo‘yicha pudrat shartnomalari to‘g‘risidagi Qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo‘yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo‘yicha hisob-kitoblar kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o‘zgartirildi. Davlat tomonidan kapital qo‘yilmalarga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1959 yilda Sanoat bank kapital qo‘yilmalarni moliyalash Banki — Qurilish bank deb o‘zgartirildi. 1966 yildagi yer qimirlashidan so‘ng Toshkent shahrini qayta tiklashda bankning roli beqiyos bo‘ldi.
1987 yilda Qurilish bank Sanoat-qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning o‘zida bank tizimini isloh qilish boshlanib, mustaqil O‘zbekiston davlati e’lon qilingach o‘zining sifat jihatdan yangi xususiyatini kasb etdi. Mustaqillik e’lon qilingach, mamlakatda sifat jihatdan yangi, ikki tabaqali bank tizimi shakllana boshladi. Ta’sis konferentsiyasida O‘zsanoatqurilish bank aktsiyadorlik-tijorat bankiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasining yetakchi sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta’sischilari bo‘ldilar.
1996 yil 25 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni chiqdi, u bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shu yili qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 230-sonli «Pul mablag‘lari emissiyasini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga binoan bank muassasalari zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa operatsiyalari o‘tkazishning belgilangan talablariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
1998 yilda O‘zsanoatqurilish bank faoliyati Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi va oila manfaatlarini amalga oshirishni ta’minlash Davlat dasturi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltirildi.
Bankning butun faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini kelgusida erkinlashtirish va isloh etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan bozor islohotlari jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 349-sonli «Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pul-kredit siyosati respublikada iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashdi va eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatladi.
2002 yil aprel oyida qabul qilingan «Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunini bajarish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi O‘zsanoatqurilish bank omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam muddatli yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o‘zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan aholida o‘z jamg‘armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg‘otdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini kelgusida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 445-sonli qarorini bajarish maqsadida bank o‘zining to‘lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo‘lib o‘zdizayniga ega bo‘lgan Visa electron va Visa Classic xalqaro to‘lovchi plastik kartochkalari chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatishga kirishdi.
2006 yil yanvar oyida O‘zsanoatqurilish bankni unga «O‘z privat bank» O‘zbek xalqaro banki birlashtirish shaklida qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
2008 yil yakunlari bo‘yicha "FITChRATINGS" halqaro reytinga gentligi tomonidan O‘ZSANOATQURILISH BANKka barqaror bahosi berildi.
2008 yilya kunlari bo‘yicha aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra bankning yuridik nomi o‘zgartirildi. Bankning yangi nomlanishi quyidagicha: