Kreditlash jarayoni quyidagi bosqichni o’z ichiga oladi
Variant «A»
Kredit va foizlarni o'z
vaqtida to'lash
Variant «B»
- kredit va foizini qoplash bo'yicha qiyinchiliklar;
- kreditni to'lash bo'yichaalohida tartib (kreditshartnomasini bekor qilish, kredit muddatini cho’zish, mijozning bankrot bo’lishi);
- kreditning qaytib kelishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banki va mijoz o’rtasidagi kredit munosabatlar kredit shartnomasiga asoslanadi. Shu bois bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarni kreditlashni tashkil etishning asosiy xususiyatlaridan biri – bu har bir kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidadir.
“Banklar va bank faoliyati to’g’risida” gi qonunning 31-moddasidabanklar va ularning mijozlari o’rtasidagi munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, amaliyotda banklar vamijozlar o’rtasidagi har bir kredit munosabati shartnomaviy xaraktergaega.
Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan kredit shartnomasiga ko’ra, bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mabalg’lari (kredit) berish,qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar
to’lash majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasi: - ikki taraflama shartnomadir, ya‘ni har ikki taraf tegishli huquqva majburiyatlarga ega bo’ladi;
- haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya‘ni qarzdor kreditorgakredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko’rinishida haq to’lashilozim;
- konsensual shartnomadir, ya‘ni u kredit shartnomasi taraflar tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, biroq berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag’laridan foydalanilgan davr uchun to’lanadi;
- xo’jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi.
Kreditning maqsadi:
Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so’ralayotganligi muhim hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko’rsatiladi va bu korxonalarning biznes rejasida o’z aksini topishi lozim. Biznes rejada ko’rsatilgan maqsad bo’yicha kredit summasi o’tkazilib beriladi va korxonaning keying faoliyati ham bank tomonidan kreditning shartnomada ko’rsatilgan maqsadlarga yo’naltirilishi nazorat qilib boriladi.