Debet 13101-Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga
berilgan qisqa muddatli ssudalar.
Kredit 10301-bankning vakillik hisob varag’i yoki
mahsulot sotuvchi korxona hisob varag’i.
Debet20208 - ssuda olgan xususiy korxonaning talab qilguncha
saqlanadigan hisob varag’i.
Kredit 13101 - Xususiy korxonalar va nodavlat korxonalariga
beriladigan qisqa muddatli ssudalar
Debet 13105 - Xususiy korxonalarga berilgan muddati o’tgan qisqa
muddatli ssudalar.
Kredit 13101 - Xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli ssudalar.
.
Shunday qilib, kredit berilganda: Debet – 13 101.
Kredit – 10301.
Kredit qaytarilayotganda: Debet – 20208.
Kredit – 13101 tariqasida bank provodkasi amalga oshiriladi.
Bankning depozit va qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalari.
Tijorat banklari respublika qimmatli qog’ozlar bozorining eng faolva asosiy ishtirokchilaridan hisoblanadi hamda Fond birjasi umumiy savdo aylanmasida tijorat banklari ulushining yuqoriligi bank qimmatli qog’ozlarining ishonchliligi, ular to’g’risidagi axborotlarning ochiqligidan dalolat beradi. Agar biz 2014-yilda fond birjasida savdo hajmi yuqori bo’lgan emitentlarni tahlil qiladigan bo’lsak, 10 ta yirik
emitentdan 9 tasi tijorat banklari hisoblanadi. 2014-yil davomida birja savdolari orqali jismoniy shaxslar investitsiyalarining 93,4 foizi, yuridik shaxslar investitsiyalarining 86,3 foizi aynan tijorat banklari qimmatli qog’ozlariga yo’naltirilgan. Tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozorida bir vaqtning o’zida bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin.
Qimmatli qog’oz– o’zi bilan bog’liq mulkiy huquqlarni aks
ettiradigan hujjatdir, u daromad manbayi bo’lib xizmat qiladi, fond
bozorida muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo’lishi mumkin.
«Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi
O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish
haqida‖gi 2015-yil 4-iyunda e‘lon qilingan O’zbekiston Respublikasi
qonunining 3-moddasiga asosan qimmatli qog’ozlar – hujjatlar bo’lib,
ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi
o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi,
dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to’lashni hamda ushbu
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish
imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog’ozlar turli subyektlar tomonidan chiqarilishi
mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5 guruhga bo’linadi:
hukumat;
davlat korxonalari;
xususiy sektor;
Markaziy bank;
chet el subyektlari.
Egaligi yoki emitentiga qarab qimmatli qog’ozlarni davlat, xususiy,
xalqaro qimmatli qog’ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog’ozlar tarkibida turli ishlab chiqarish
korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va
boshqalarning qimmatli qog’ozlari alohida o’rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlar esa ularning hisoblanadigan valyutasiga qarab va emitentlari
bo’yicha bo’linadi.
Qimmatli qog’ozlar muomalada bo’lish hududiga ko’ra regional
(mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog’ozlarga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi turdagi qimmatli qog’ozlar chiqarilishi va muomalada bo’lishi mumkin:
aksiyalar;
obligatsiyalar;
davlat qimmatli qog’ozlari;
depozit sertifikatlari;
veksellar;
qimmatli qog’ozlar hosilalari, ya‘ni opsion va fyucherslar
Aksiya – o’z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda
ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir
qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati
belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli
qog’ozdir.