Valyuta opsioni ham valyuta operatsiyalarining turi bo’lib, undan
sotuvchi xaridor oldindan kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy
belgilangan narx bo’yicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarni
xarid qilish yoki sotish huquqini o’z zimmasiga oladi.
Opsionlarning quyidagi 2 ta asosiy turi mavjud:
- «koll-opsion» (call option) - sotib olinadigan opsion
- «put-opsion» (put option) - sotiladigan opsion
- «koll-put» (call-put-option) - ikki yoqlama opsion
Svop operatsiyasi – bu bir vaqtning o’zida chet el valyutasini har
xil sanaga turli hisob-kitoblar shartida teng summaga sotib olish va
sotishdir. Ya’ni svop – bu valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bilan qandaydir vaqtga sotib olishdir. Bunda bir vaqtning o’zida valyuta
almashuvi bo’yicha 2 ta alohida bitim tuziladi. Bu bitimlar qaramaqarshi yo’nalishga va turli hisob-kitob sanasiga ega bo’ladi.
Bankda buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni.
Banklar nakd pul va boshka boyliklarni kabul kilishi xamda berishi, mablaglarni bankdagi bir xisobvaraqdan boshkasiga o‘tkazishi uchun asos bo‘ladigan xisob-kitob-pul xujjatlarida to‘gri rasmiylashtirganligi va tekshirilganligini bildiruvchi bank mansabdor shaxslarining imzolari bo‘lishi lozim. Ko‘shimcha nazorat kilinishi talab etilmaydigan operatsiyalarga doir xujjatlarda esa birgana buxgalteriya xodimining imzosi bo‘lishi kifoya.
Bajarilgan operatsiyalarni isbotlovchi xujjatlar sifatida bankda saklanadigan xujjat nusxalari xam, xisobvaraklardan olinib, ularning egalariga yuboriladigan ko‘chirmalarga ilova kilinadigan nusxalar xam shu bank xodimlarining imzolari bilan rasmiylishtiriladi.
Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng elektron ssuda kartochkasi ochiladi, kredit xodimi kreditlash shartlarini ko‘rsatgan holda ssuda hisobraqami ochish haqida buxgalteriyaga farmoyish beradi.
Kredit ajratishda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Kredit berish: