Asosiy qism «O’zsanoatqurilishbank» atb sariosiyo filialining tashkil topish tarixi va tarkibiy tuzilishi



Yüklə 169,82 Kb.
səhifə15/16
tarix13.12.2023
ölçüsü169,82 Kb.
#176196
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
A M A L I Y O T H I S O B O T I

Obligatsiya esa emissiyaviy qimmatli qog’oz bo’lib, u
obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki
boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan
obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning
nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo’lgan huquqini
yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi.
Depozit sertifikati – bankka qo’yilgan omonat summasini va
omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda
sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu
bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish
huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’ozdir. Depozit
sertifikati bank tomonidan beriladi.
Veksel – veksel beruvchining yoxud vekselda ko’rsatilgan boshqa
to’lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda, veksel
egasining vekselda ko’rsatilgan summani to’lab berishiga doir qat‘iy
majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog’oz va to’lov
vositasi hisoblanadi.

  1. Bankning pul muomalasini tashkil etish tartibi.

Aktivlarni tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan bank kafolatlari, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar uchun qo’llaniladi va balansdan tashqari majburiyatlarni tasniflashni ham ko’zda tutadi.

Standart.Standart toifaga kiritilgan aktivlar berilishida ikkilamchi to‘lov manbasi (kafolat yoki garov bilan) puxta ta’minlangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanadi, lekin ayrim noqulay vaziyatlar yoki yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, agarda ular bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatiga nisbatan shubha uyg‘onishi mumkin. "Standart" sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart
Substandart.Substandart aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklar belgilariga ega bo‘lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg‘otadi.
"Substandart" sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 25 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.
Qoniqarsiz. Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 % miqdorida maxsus zahira shakllantirilishi lozim.
Shubhali. Shubhali kreditlar substandart deb tasniflanuvchi kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘lib, mavjud sharoitda aktivlarning to‘liq qaytarilishini shubha ostiga qo‘yadi va kam ishonchli qilib qo‘yadi.
"Shubhali" deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.
Umidsiz deb tasniflangan kreditlarga qaytarilmaydigan kreditlar kiradi. Qiymati juda pastligi tufayli bank aktivlari sifatida ularning hisobini yuritish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblanadi.
"Umidsiz" deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.

Yüklə 169,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin