Asosiy qism «O’zsanoatqurilishbank» atb sariosiyo filialining tashkil topish tarixi va tarkibiy tuzilishi


Kredit paketini tashkil qilish va kredit berishni hujjatlashtirish tartibi



Yüklə 169,82 Kb.
səhifə4/16
tarix13.12.2023
ölçüsü169,82 Kb.
#176196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
A M A L I Y O T H I S O B O T I

Kredit paketini tashkil qilish va kredit berishni hujjatlashtirish tartibi:
Bank mijozdan kredit olish uchun ariza qabul qilgach kredit paketini shakllantirish va uni tahlil qilishga kirishadi. Bu jarayon quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Kredit olish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish va kelgusidagi qarz oluvchi bilan muloqotda bo’lish.

  2. Kredit bahosini aniqlash.

  3. Kredit shartnomasini tayyorlash.

Kredit olish uchun qarz oluvchi o’zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini quyidagi mazmunda tahlil qilishi lozim:
- o’z mahsulotini sotish bozori, unga talab va taklifni o’rganish;
- kredit olish uchun asos bo’luvchi tovar-moddiy boyliklarni yetkazib berish, ishlab chiqarish xarajatlari va tovarlarni sotish bo’yicha shartnomalar bilan taminlanganligi;
-kreditlanadigan tadbirning samaradorligi;
-qarz oluvchi hisob varag’iga pul mablag’larining kelib tushish davriyligi;
- kreditni va unga tegishli foizlarni to’lash manbalari;
- kredit uchun to’lanishi mumkin bo’lgan foiz hisob-kitobi va uning davriyligi;
- oldingi davr (yil, chorak, oy)dagi moliyaviy xo’jalik faoliyatining respektiv tahlili;
- joriy davr uchun biznes-reja
Xo’jalik subyekti kredit olish uchun tahliliy va xomcho’t ma‘lumotlardan kelib chiqqan holda kredit olish uchun iltimosnoma nituzadi.
Kredit olish uchun arizada kredit olish zaruriyati, uning samaradorligi, qaytarilishi, to’lovligi va ta‘minlanishi, shuningdek, o’z kapitali
tarkibi va uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki batafsil bayon qilinadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Pul oqimi tahlili ko'rsatilgan biznes-reja.
2. Oxirgi hisobot davri uchun buxgalterlik balansi, debitorlik va kreditorlik qarzlari va to'lov muddati 60 kundan oshgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari talqini.
3. Foyda va zararlar to'g'risidagi hisobot.
4. Aylanma mablag'larning aylanishi hisob-kitobi.
5. Boshqa kreditlar, qarz mablag'lari mavjudligi va boshqa banklarda saqlanadigan bo'sh mablag'larning mavjudligi to'g'risidagi ma‘lumotnoma.
6. Kapitali bilan ishtirok etganligi to'g'risidagi ma‘lumotnoma.
Taqdim etilgan hujjatlarni batafsil o'rganib chiqqach, bank xodimi kredit bitimini tuzish uchun xulosani rasmiylashtiradi. Bunda quyidagilar ko'rsatiladi:
- kreditning maqsadi, muddati va miqdori;
- kredit qaytarilishining ta‘minlanishi;
- foiz miqdori v.b.

Yüklə 169,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin