Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi.
Xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kursi.
Bu kurslar o’rtasidagi farq valyuta bo’yicha marjadeb ataladi va u
xizmat xarajatlarini qoplashga va ma‘lum darajada foydani
shakllantirishga yo’naltiriladi.
Valyutaning eng muhim sifat belgisi uning konvertirlanganligidir.
Konvertirlanganlik darajasiga ko’ra valyuta kursi uchga bo’linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma‘lum valyutaga bo’lgan
bozor talabi va taklifi ta‘sirida o’zgarib turishi mumkin.
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining
o’zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati)
kursi o’zgarishiga bog’liq.
Qayd etilgan valyuta kursi- bu xorijiy valyutada ifodalangan
milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan bahosi bo’lib,
unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o’zgarishi ta‘sir qilmaydi.
Forvard valyuta shartnomasi – bu kelajakdagi belgilangan
muddatda aniq xorijiy valyuta summasini sotish yoki sotib olish
bo’yicha banklararo bitimni bajarish majburiyatidir. Bunda valyuta,
summa, almashuv kursi va to’lov muddati bitim tuzilgan paytda
belgilanadi. Forvard bitim muddati 3 kundan 5 yilgacha bo’lishi
mumkin, ammo uning 1, 3, 6 va 12 oylik muddatlari odatda ko’p
uchraydi.
Svop-stavkaAQSh dollariga nisbatan mos valyutaning mutloq
ulushini ifodalaydi. Svop-stavka usuli bilan forvard kursini kotirovka qilinganda faqatgina mukofot yoki diskont aniqlanadi. Ular to’g’ri kotirovkalashda faqatgina «spot» kursini ayirish yoki qo’shish yo’li bilan
aniqlanadi. Teskari kotirovkalashda diskont qo’shiladi, mukofot esa
«spot» kursidan ayirib aniqlanadi.
Fyuchers operatsiyalarimohiyati forvard bitiminikiga o’xshash.
Fyuchers operatsiyalari ham bitim tuzgandan so’ng 3 kundan kechiktirmasdan valyutani yetkazish bilan amalga oshiriladi va bunda kelajakda shartnoma amalga oshirish narxi bitim tuzilgan kunda belgilanadi.