Asosiy qism «O’zsanoatqurilishbank» atb sariosiyo filialining tashkil topish tarixi va tarkibiy tuzilishi


Tijorat bankining valyuta operatsiyalari



Yüklə 169,82 Kb.
səhifə9/16
tarix13.12.2023
ölçüsü169,82 Kb.
#176196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
A M A L I Y O T H I S O B O T I

Tijorat bankining valyuta operatsiyalari.

Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari O’zbekistonRespublikasining "Valyutani tartibga solish to’g’risida", "O’zbekistonRespublikasining Markaziy banki to’g’risida", “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” hamda “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi qonunlar talablariga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaga asosan amalga
oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 449-sonli qaroriga asosan «Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar» vakolatli banklar tomonidan to’g’ridan to’g’ri shartnomalar asosida bozor kursi bo’yicha amalga oshirilishi belgilab berildi.
Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari ularning mijozlari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning tashqi iqtisodiy faoliyati vaaloqalari orqali vujudga keladi. Mijozlar xalqaro aloqalarning quyidagi shakllarida ishtirok etadilar:
- xalqaro savdoda importyor va eksportyor sifatida;
- kapitalni olib kirish va olib chiqish, shu jumladan:
a) boshqa davlatlar hududida korxonalar qurish:
b) boshqa mamlakatlar hududida korxonalar faoliyatini moliyalashtirish;
d) qo’shma korxonalar tashkil etish;
e) xalqaro kreditlar, moliyaviy ko’maklarni taqdim etish yoki
olish v.b.
Valyuta operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat beruvchi litsenziya quyidagi maxsus shartlarga rioya etilgandagina beriladi:
- tijorat banki tashkil etilgandan boshlab bir yildan ortiq muddat faoliyat ko’rsatgan bo’lishi;
- tijorat banki Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan barcha normativlarni bajarishi;
- valyuta operatsiyalarini o’tkaza oladigan, jumladan, xorijiy tillarni biladigan malakali xodimlarga ega bo’lishi;
- bank valyuta operatsiyalarini o’tkazish unga kerakligini isbotlay olishi (o’z mijozlari talablari hisobiga);
- valyuta operatsiyalarini o’tkazish uchun kerakli moddiy-texnik bazaga ega bo’lishi (kassa, sklad, hisob-kitob markazi) lozim v. b.
Valyuta operatsiyalarini o’tkazish uchun beriladigan litsenziyalar ikki turga - Bosh litsenziya va Ichki litsenziyalarga bo’linadi.
a) Bosh litsenziya tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasihududida hamda chet elda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.
b) Ichki litsenziya tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasihududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni to’la yoki cheklangan doirada amalga oshirish uchun berilgan huquqdir.
Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o’zaro nisbatini o’lchashni talab etadi. Shu sababli valyuta kursi o’rnatiladi va u valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi

Yüklə 169,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin