Internetbanking – bu «O’zsanoatqurilish bank» ATB bankning korporativ mijozlariga Internet tarmog‘idan foydalanib hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to’liq ko’lamdagi xizmatlarni ko’rsatuvchi dasturiy taminot. Tizim yuridik shaxslarning, jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda kompaniyalarning hisobvaraqlarini masofadan boshqarish uchun mo’ljallangan. Internetbankning imkoniyatlari:
Pul mablag‘larining harakati va hisobraqamlar to’g‘risida batafsil ma’lumotlar olish;
Jo’natilgan to’lovlarning holatini ko’rish;
«O’zsanoatqurilish bank» ATB bankka to’lov hujjatlarini elektron ko’rinishda jo’natish;
Hisobraqam bo’yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish;
Bankka elektron raqamli imzo bilan imzolangan to’lov hujjatlarini jo’natish;
Buxgalteriya tizimidan, jumladan, 1C buxgalteriya dasturida to’lov xujjatlani olish va yuborish.
Shuningdek bank tomonidan mijozlarga yanada qulaylik bo’lishi maqsadida “JOYDA” nomli mobil ilovani ishlab chiqgan. Ushbu ilova o’zida online bank xizmatlari, online do’konlarni birlashtirganligi bilan boshqa bank ilovalaridan farqlanadi. Ushbu ilova orqali online mikroqarzlar ham olish mumkin.
5.Tijorat bankining kassa operatsiyalari. Bankda kassa ishini tashkil etish: 1. Bankda naqd pullar va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini bajarish, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlash hamda ularni tashish, bank kassa tarmog‘ini hamda bank binosi va binodan tashqarida kassalarni qurish, jihozlash va qo‘riqlash ishlarini “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish,naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir” Yo‘riqnoma hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi lozim.
3. Bosh bank tomonidan bir yilda kamida bir marotaba o‘z tasarrufidagi bank filiallarida kassa ishini tashkil etilishi va kassa operatsiyalarini bajarishda mazkur1Yo‘riqnoma talablariga rioya etilishi tekshirilishi lozim.
Bosh bank xodimlari tekshirish natijasida bank filialida aniqlangan xato va kamchiliklarni ushbu Yo‘riqnoma talablariga asosan bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishlari shart.
4. Bank o‘z mijozlariga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun alohida ajratilgan kassa tarmog‘iga hamda kassa xodimlariga ega bo‘lishi lozim.
5. Naqd pul va boshqa qimmatliklarning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan hamda kassa operatsiyalarini bajaruvchi barcha xodimlar bilan (shu jumladan, kechki kassaning buxgalter-nazoratchisi bilan ham) moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
6. Bank kassirlari o‘rab-bog‘lagan naqd pul va boshqa qimmatliklarning bog‘lamlari (dastalari) bank kassirlari yoki mijozlar tomonidan (kassa xodimlari kuzatuvi ostida) qayta sanalganida kamomad (to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar va qimmatliklar) aniqlansa, aniqlangan kamomad summasi uchun ushbu bog‘lamni (dastani) shakllantirgan kassir qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy javobgar hisoblanadi.
7. Bankning kassa tarmog‘i, tashkil etiladigan kassalar Banklar va ularning filiallari binolarida kassa tarmoqlarini tuzilishiga qo‘yiladigan texnik talablarga (ro‘yxat raqami 2816, 2016-yil 26-iyul) to‘liq rioya etilgan holda qurilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jihozlangan bo‘lishi shart.
8. Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish uchun bank (filial) binosida va binodan tashqarida tashkil etilgan barcha turdagi kassalarni qurilishi, zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi bo‘yicha Bosh bank mutaxassislari tomonidan berilgan ijobiy xulosa asos bo‘lib hisoblanadi.
9. Bank rahbari, bosh buxgalteri va kassa mudiri kassa ishini to‘g‘ri tashkil etish, naqd pullar va boshqa qimmatliklar but saqlanishini ta’minlash hamda mijozlarga ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida kassa xizmatlari ko‘rsatilishi uchun mas’uldirlar.
Bank tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Bank kassa mudiri tomonidan mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish maqsadida milliy va xorijiy valyutalarda kirim yoki chiqim kassa operatsiyalarini bajarilishi taqiqlanadi.
11. Bankda kassa operatsiyalarini bajarish va mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun aylanma kassa va chakana amaliyotlar kassalari tashkil etiladi.
12. Aylanma kassa bank binosida tashkil etilib, bank mijozi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatadi hamda unga tegishli bo‘lgan barcha banknot va tangalar hisobi 10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi.
13. Bank aylanma kassasi orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatishda, buxgalteriya bo‘limi xodimlarini chetlab o‘tgan holda kassir tomonidan kassa hujjatlarining ijro uchun qabul qilinishi taqiqlanadi.
14. Bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilayotgan chakana kassa xizmatlari turi hamda kassa operatsiyalarining hajmidan kelib chiqqan holda, Bosh bank ruxsati bilan aholidan omonatlarni qabul qilish, qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni to‘lash, kommunal, soliq va boshqa bir martalik to‘lovlarni qabul qilish, shuningdek valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatish uchun (milliy va xorijiy valyutalarda alohida yoki birlashtirilgan holda) chakana amaliyotlar kassalari tashkil etilishi mumkin.
Chakana amaliyotlar kassalarini bank binosida va binodan tashqarida tashkil etilishi mumkin.
Mijozlarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida bank (filial) binosidan tashqarida mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi va maxsus kassalar ham tashkil etilishi mumkin.
15. Bankning chakana amaliyot kassasidagi naqd pullar hisobi 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘ida, valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarish uchun ajratilgan naqd milliy va xorijiy valyutalarning hisobi esa 10103 — “Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar” hisobvarag‘ida yuritiladi.
16. Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish bank xodimlari tomonidan qabul qilib olingan kassa hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bank kassasi orqali mijoz bajaradigan barcha kassa operatsiyalariga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kassa hujjatlari mijoz tomonidan to‘ldiriladi. Kompyuterda rasmiylashtirilib, chop etilgan hamda mijoz tomonidan imzolangan hujjatlar ham bank kassirlari tomonidan qabul qilishini mumkin, qat’iy hisobda turuvchi blanklar bundan mustasno.
17. Kassa operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha kassa hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi (tegishli hisobvaraqlarni to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishi, hujjatdagi mijoz imzosining bankka taqdim etilgan imzo namunasiga mos kelishi, mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlarni kassa hujjatida to‘g‘ri qayd etilishi) hamda ularning hisobini yuritilishi (mijozga chiqim kassa operatsiyalarini uning hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida bajarilishi) uchun bank buxgalteriyasining tegishli xodimlari mas’ul hisoblanadi.
18. Bank binosida yoki binosidan tashqarida tashkil etgan kassalarda bajarilgan kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga (ro‘yxat raqami 1602, 2006-yil 24-iyul) muvofiq yuritiladi.
Bankning buxgalteriya bo‘limidagi mas’ul xodim har kuni har bir kassa hujjatini qayd etish va ularga tartib raqamlarini ketma-ket qo‘yib borish hamda kassa hujjatlarini kassirlarga topshirishda mazkur1 Yo‘riqnomaning 1-ilovasida keltirilgan kirim kassasi jurnalidan va chiqim kassasi jurnalidan foydalanadi.
19. Haqiqatda bajarilmagan kassa operatsiyalari bo‘yicha kassa hujjatlarini rasmiylashtirib qo‘yishga, xususan mijoz tomonidan bank kirim kassasiga naqd pullarni topshirmasdan va chiqim kassasidan naqd pullarni olmasdan, kirim va chiqim kassa hujjatlarini bir vaqtda rasmiylashtirish taqiqlanadi.
20. Bank Boshqaruvi hamda bank filiali rahbarlari kassa xodimlarining ishini samarali va sifatli tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarning daxlsizligini ta’minlangan holda saqlash uchun zarur bo‘lgan seyflar (metall shkaflar) va ularni tashish uchun temir aravachalar, mebel va jihozlar, muhr, to‘rtburchak muhr, texnik vositalar (pul sanash, saralash, o‘rab-bog‘lash uchun zarur uskunalar va boshqa zaruriy ashyolar) bilan ta’minlashlari shart.
21. Kassa xodimlariga o‘zlarining shaxsiy naqd pullari va boshqa qimmatliklarini, bank kassasidagi naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan birga saqlanishi taqiqlanadi.
22. Bank kassa tarmog‘ida ishlayotgan har bir xodim shu jumladan, kassa mudiri ham o‘zining lavozim majburiyatida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni ushbu Yo‘riqnoma talablari asosida bajarishga mas’uldir. Kassa xodimiga ishonib topshirilgan naqd pul va qimmatliklarni asossiz tarzda boshqa shaxslarga topshirish yoki lavozim vazifasi bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan kassa operatsiyalarini boshqa xodimlar tomonidan bajarilishi taqiqlanadi.
23. Ish tajribasi, bilimi va ko‘nikmalari yetarli bo‘lmagan xodimlarni naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini mustaqil ravishda bajarishlari taqiqlanadi.
24. Bankning kassa tarmog‘i joylashgan hududni kuzatish va uni o‘rganish uchun begona shaxslarga imkoniyat berilmasligi va kassa tarmog‘ida joylashgan barcha kassa xonalarining (kassa kabinalarining) eshiklari ichki tarafdan qulflanuvchi moslamalar bilan ta’minlangan hamda bank ish kuni davomida ushbu eshiklar qulflangan bo‘lishi lozim.
25. Kirim va chiqim kassasi kassirlari kassa hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo‘lgan buxgalteriya va boshqa mas’ul xodimlarning imzo namunalari bilan, kassa hujjatlari bilan ishlovchi buxgalteriya xodimlari esa kassirlarning imzo namunalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari lozim.
Ushbu xodimlarni o‘z vaqtida imzo namunalarining ro‘yxati bilan ta’minlash va zarurat tug‘ilganda mazkur ro‘yxatni yangilash hamda eskisini qaytarib olish, (qaytarib olingan imzo namunalari alohida yig‘majildga tikilgan holda pul omborida bir yil muddatga saqlanishi, yil tugaganidan so‘ng, bank arxiviga topshirilishi) shuningdek qayd etilgan masala ijrosi bo‘yicha nazoratni o‘rnatish bankning bosh buxgalteri tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Imzo namunalari ro‘yxati bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda ushbu ro‘yxatni har yilning 1-yanvar holatiga yangilab turilishi talab etiladi.
26.Bank filiallarida naqd pul va boshqa qimmatliklar bilan kassa operatsiyalarini to‘g‘ri bajarilishi, naqd pullar va qimmatliklarni butligini ta’minlanishi, kassa ishlarini mazkur1 Yo‘riqnoma talablari asosida tashkil etilishi Bosh bank tomonidan doimiy nazoratga olinishi lozim.
Bankda tekshirish o‘tkazish uchun Bosh bank rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xizmat farmoyishi asos bo‘lib hisoblanadi. Pul ombori va kassa tarmog‘idagi naqd pul va boshqa qimmatliklarni taftish qilish uchun muddati ko‘rsatilgan bir martalik guvohnoma beriladi.
.