Kreditning foiz stavkasi.
Hozirgi kunda ko’pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini
va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o’zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil foiz stavkalarini o’rnatadi.
Kreditni qaytarish muddati.
Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda, kreditolgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o’tgan qarzhisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o’z vaqtida to’lab bormasa, muddati o’tganfoiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o’tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidanoldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisobraqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o’z mablag’lari
hisobidan vakillik hisob raqami orqali to’lab beriladi.
Bankda naqd pulsiz operatsiyalarni yuritish tartibi.
Hozirgi paytda O’zbekiston bank tizimida ham bank xizmatlarining yangi turini joriy qilish, ya‘ni axborot texnologiyalari asosida bank operatsiyalarini o’tkazish, mijozlarga plastic kartochkalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bank va mijozlarni turli dasturiy ta‘minotlar bilan ta‘minlash, mijozlarga uyida xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda.
Respublikamiz bank tizimida mavjud bo’lgan zamonaviy yangi texnologiyalarga asoslangan bank dasturlari bank
va mijozning avtomatlashtirilgan o’zaro aloqasi uchun belgilangan bo’lib, pul mablag’lari operativ boshqarishning o’sishiga va quyidagilarga imkoniyatlar yaratadi:
- mijozning har kuni bankka qatnamasligi hisobiga o’z vaqtini va mablag’ini tejashga;
- manzilning uzoq yaqinligiga qaramasdan mijozning bankni o’zi ixtiyoriy ravishda tanlashiga;
- bank mijozlari bo’lgan fuqarolarga ularning uyida, yuridik tashkilotlarga esa ularning idoralarida avtomatlashtirilgan ish joyini tashkil qilgan holda bank xizmatini ko’rsatishga;
- operatsion va axborotlar sohasida mijozga ko’rsatiladigan xizmat doirasini kengaytirishga;
- bank buxgalterlarining mehnat unumdorligini oshirishga;
- amallar (operatsiyalar)ning yuqori tezlikda va sifatli ro’yxat qilinishini ta‘minlashga.
- bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz o’rtasida kommunikatsion aloqa tarmog’i orqali faylda ma‘lumotlar almashinuviga asoslangan.
Bankning mijozlarga bank yangi xizmatlarini ko’rsatish borasidagi dasturlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- elektron pul hisob-kitob hujjatlarini tayyorlash;
- so’rovnomalar va xabarnomalarni shakllantirish;
- elektron imzo va ma‘lumotlarni raqamlash;
- bank bilan modem aloqasi;
- ma‘lumotlarni qabul qilish va uzatish;
- qabul qilingan ma‘lumotlarni qayta ishlash;
- kerakli ma‘lumot va hisobot shakllarini bosmadan chiqarish;
- ma‘lumotlarni arxivlash.
Plastik kartochkalari bir vaqtning o’zida depozit, hisob-kitob, kassava kredit instrumenti funksiyalarini bajaradi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlar to’lov tizimida plastik kartochkali naqd pulsiz hisob kitoblarda muhim o’rinni egallaydi.
Bugungi kunda plastik kartalar - bu qulay va yuqori texnologiyali ma’lumotlarni saqlash qurilmasi. «O’zsanoatqurilishbank» ATB bankd amilliy va xorijiy valyutadagi karta ochish mumkin. Bank UZKARD, HUMO milliy to’lov tizimi va VISA xalqaro to’lov tizimi a’zosi hisoblanadi.
«O’zsanoatqurilishbank» ATB bankning debet kartasi zamonaviy va qulaydir. Plastik karta bilan birgalikda mijozlar quyidagilarga ega bo’ladilar:
hisob-kitoblarning xavsizligi va pul mablag‘larining saqlanishi;
hisob-kitoblarni amalga oshirishda kupyuralarni sanashga sarflanadigan vaqtni tejab qolish;
katta hajmdagi naqd pul pachkalarini ko’tarib yurish zaruriyatining yo’qligi;
hisob-kitoblardagi aniqlik.
Plastik karta orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
savdo xizmat ko’rsatish tarmoqlarida vositachilik haqi olinmagan holda tovarlar va xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish;
barcha turdagi xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish;