"O‘zbekiston sanoat-qurilish banki" ATB Surxondaryo viloyat Sariosiyo filiali MFO: 00440
Manzil: Sariosiyo tumani A.Qodiriy 7-uy Telefon: (71) 200-43-43
Faks: E-mail: info01045@uzpsb.uz
Bank faoliyatining prеdmеti va maqsadlari: Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar.
Bank faoliyatining predmeti bo‘lib, pul mablag‘lari, valyuta qimmatliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar hisoblanadi.
Pul funktsiyalarining bank xizmatlari ko‘rinishida maksimal darajada samarali amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Bank foyda olishni asosiy maksad kilib olgan tijorat tashkiloti bulib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank universal bank bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi.
Yuridik shaxs bo’lgan xo’jalik sub’ektlarini kreditlash jarayoni.
O’zbekiston Respublikasi hududida xo’jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun asosida va boshqa me‘yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Kreditlar O’zbekiston Respublikasining«Korxonalar to’g’risida»gi qonuniga asosan kredit o’z kapitali vamustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektlarga beriladi. Kredit qarz oluvchi va qarzberuvchi o’rtasidagi pul mablag’ini to’lovlilik, muddatlilik, maqsadlilik va qaytib berishlik asosida vaqtincha foydalanishga berish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda qiladi. Tijorat banklari xo’jalikyurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat‘i nazar, shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli kreditlar beradi Kreditlash jarayoni bir nechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi: Kreditning muddatliligi Kreditning qaytarilishligi Kreditning ta‘minlanganligi Kreditning to’lovliligi Kreditning maqsadliligi Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo’lib, bank krediti, ya‘ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko’rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishiuchun uning obyektlari va subyektlari bo’lishi lozim. Kreditlarning turiga qarab kredit munosabatlarining ishtirokchilari, ya‘ni kreditning obyekti yoki subyekti turli subyekt va obyektlar bo’lishi mumkin. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib banklar xo’jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma‘lumki, kreditlash jarayonida, bir tomondan, kredit beruvchi va ikkinchi, tomondan, qarz oluvchi o’rtasida kredit munosabatlari yuzaga keladi. Kreditorlar bo’lib, o’zining vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini ma‘lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 2-martdagi
«Tijorat banklari kredit siyosatiga qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi
nizomiga asosan bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta‘rif beriladi:
Bankning kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi
risklarni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan
choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va
xodimlarining kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir
ko’rsatmalar bilan ta‘minlovchi hujjatdir.