Kurs ishining maqsadi: Ijtimoiy xo’jaliklarni tadqiq etish, ma’muriy buyruqbozlik tizimini haqida o’rganib, u bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Ma’muriy buyruqbozli iqtisodiyoti, undagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar kurs ishimning obyekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti:mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish bo’yicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan iborat.
Kurs ishining hajmi:Ma'ruza matni ko'rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tuzilgan: 3 bob, kirish, xulosa va hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
ASOSIY QISM. AN’ANAVIY (NATURAL) XO’JALIKLAR, VA ULARDAGI MEHNAT TAQSIMOTI VA ISHLAB CHIQARISH XUSUSIYATLARI.
Ijtimoiy xo’jaliklar – insoniyat jamiyati taraqqiyotining aloxida uzoq davrlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to’liq ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilarga ega bo’lgan va rivojlanishida ma’lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo’jalik yuritishning barqaror turlaridir.