Asosiy qismi Lok-bo‘yoq qoplamalar va ularning vazifasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə6/7
tarix26.06.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#135271
1   2   3   4   5   6   7
BEKJONBOY DIPLOM ISHI

Suvli-emulsion tarkiblar. E KZ-112 va E-BA-17 markali suvli-emulsion bo'yoqlar tashqi bo'yoqchilik ishlarida turli quri- lish materiallari (g'ovak beton, gaz-beton, beton, suvoq) sirti- ni, shuningdek ilgari berilgan moyli, emalli va emulsion bo'yoqlar ustidan bo'yashga mo'ljallangan. Bu bo'yoqdan hosil bo'lgan parda bug' o'tkazadi, biroq suv o'tkazmaydi. Ular sovuqqa chidam- li, yonmaydi va portlamaydi, suvda yaxshi suyuladi, yuzaga yaxshi surkaladi va tez qotadi.
Kremniy organik tarkiblar. Binolarning fasadlarini bo'yash uchun kremniy organik emallar (КО-174, KO-286, КО-198, КО-MS, ,,Slitol-80“ va h. k.) ishlatiladi.
Emal betonga yaxshi yopishadi. Undan juda mustahkam, suv o'tkazmaydigan va uzoqqa chidamli qoplama hosil bo'ladi.




Fasadni kajavada turib, bo'yoqpurkagich yordamida kremniy organik emal bilan bo'yash va bunda hosil bo'lgan faktura


Fasadni emal bilan bo'yashdan oldin undagi dog‘, loy, chang, omonat turgan pardalar metall sim cho'tka bilan tozalanadi. .
Emal yuzalarga cho'tkalar, bo'yoqchilik valiklari yoki bo'yoqpurkagichlar bilan ikki-uch marta beriladi (34-rasm).
КО-174 emali zaharli, shu sababli undan 4°C dan past haro- ratda tashqi bo'yoqchilik ishlarida foydalaniladi.
Bulardan tashqari fasadlar organik-silikat va akrilli tarkiblar, ,,Defas“ tarkiblar, perxlorvinilli tarkiblar bilan ham bo'yaladi.


    1. Bo‘yoqchilik Ishlarinl tashkil etish

Bo'yoqchilik ishlari mexanizm va inventar moslamalardan foydalanib, mavjud usullarni qo‘llab tashkil etiladi. Asosan, uchta: ketma-ket; parallel; oqim tarzida bo'yash usullari farqlanadi.
Ketma-ket bo'yash usulida bir ish tamomlanmaguncha keyingisi boshlanmaydi.
Ketma-ket bo'yash usulida tashkil etilganda bo'yoq ishlari uchun ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj eng kam, lekin ishni bajarish uchun talab etilgan vaqt eng ko‘p bo‘ladi. Bu usul resurslar (xom- ashyo, ishchi kuchi va uskunalar) yetishmaganda yoki bo‘yoq ishlari uchun ajratilgan vaqt bemalol bo'lganda qo'llaniladi.
Bo'yashning parallel usuli qo'Ilanilganda bo‘yaladigan bino (inshoot) ning sirti bir necha qismga bo‘lib olinadi, keyin har qismda ketma ket usulini qo'llab bo'yaladi. Bo'yoq ishlariga ajratilgan vaqt qisqa bo‘lsa, bu usulda bajarilgan ish unumli bo'ladi.
Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, ishlarni qisqa muddatda bajarish uchun ko‘p xomashyo materiali talab qilinadi. Bundan tashqari, ish kuchi va asbob-uskunalarga bolgan talab ortadi, ya’ni asbob-uskunalar yetishmasligi muammosi paydo bo'lishi mumkin.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish va yuqorida yoritilgan har bir usulning afzalliklaridan foydalanish maqsadida ishlarni oqim (potok) tarzida tashkil etish usuli qo'llaniladi.
Bo'yashning oqim usuli qo'llanilganda mehnat unumi yuqori bo‘ladi. Bu maqsadda qator tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Masalan, turaijoy binosini pardozlashda:

  • bo'yoqchilar brigadasi zvenolarga bo‘linadi;

har bir zvenoga ma’lum hajmdagi ishlar topshiriladi;

  • bu ishlarning bajarilish tartibi nazorat qilinadi;

  • mehnat xavfsizligiga rioya qilish va ish jarayonida bir zveno ikkinchisiga halaqit bermasligini nazarda tutib ish fronti zveno kamida bir smena davomida uzluksiz ishlaydigan qilib belgilanadi;

  • ish fronti qismlarga bo'linadi;

  • zvenolar oqimga qo'shilishda (bo‘yoqchilik ishlarining texnologiyasiga mos ravishda navbati bilan ish boshlashi) kamida yarim ish kuni (yarim smena) farqi bilan boshlashi nazarda tutiladi;

  • brigadani zvenolarga bo'lishda ular bajaradigan ishlar unumi (bu yerda harakat tezligi) iloji boricha bir meyorda bo'lishi ta’minlanadi. Masalan, 25 bo'yoqchidan iborat brigada zvenolarga quyidagicha bo‘linishi mumkin: uch kishidan iborat

  1. zveno bo‘yaladigan yuzalarni chang va iflosliklardan tozalaydi va unga gruntovka beradi, besh kishidan iborat



2- zveno bo'yoq- chilari yuzani gruntovkalaydi va suvoq yuziga sidirg'a shpak- lovka beradi, 3- zveno (5 kishilik) duradgorlik buyumlarining hammasini oxirgi marta bo'yashga tayyorlaydi, 4- zveno (4 kishilik) devor yuzasini bo‘yashga tayyorlaydi va yuzaga birinchi marta moylibo‘yoq qatlamini beradi. 5-zveno (3 kishilik) yuzani suvli aralashmalar bilan pardozlaydi, 6- zveno (5 kishilik) — hamma yuzalarni oxirgi marta bo‘yab chiqadi.
Boshqa usulda ish yuritilganda har qaysi zveno o‘ziga biriktiril- gan xonani batamom pardozdan chiqaradi. Zveno-zveno bo‘lib ishlash o‘ziga xos afzallikka ega bo‘lib, bunda bo‘yoqchilarning ish sifatiga bo‘lgan shaxsiy javobgarligi ortadi.

    1. Bo‘yoqchilik ishlarida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Bo‘yoqchilar ish boshlashlaridan oldin quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishib chiqqan bo'lishlari kerak:

  • kompressor va boshqa mexanizmlarda ishlashga maxsus tayyorgarligi va guvohnomasi bo‘lgan ishchilargina qo'yilishi mumkin;

  • bosim bilan ishlaydigan mexanizmlarda signal berish asbobi bo‘lishi;

  • elektr dvigatel mexanizmlari, albatta, yerga ulangan bo'lishi;

  • rang tayyorlash ustaxonalarida va yuzalari bo‘yoq berib pardozlanayotgan xonalarda ventilatsiya yaxshi boMishi;

  • o'zidan zaharli bug1 ajratadigan bo'yoqlar bilan ish- layotganda, albatta respirator taqish Iozim;

  • moyli bo‘yoq!ar bilan ishlayotgan joyda chekish man etiladi;

  • ohakli aralashmalar bilan ishlayotganda qoMqop kiyish;

  • havoza va so‘rilar qimirlamaydigan qilib mustahkam 0‘rnatilgan bo‘lishi lozim.

Bo‘yoqchilik ishlarida mehnat va ish sarfini kamaytirish maqsadida quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
6 - 20 81

  • bo'yoqli tarkiblarni markazlashtirilgan tarzda ko'proq tayyorlash;

  • bo'yoqlarni surkashning samarali usullarini qo'llab, ular sarfini kamaytirish;

  • ,,hoT‘ qoplamalarni (ishlarni) qisman ,,quruq“ (plyonkali va boshqa turdagi)




  • qoplamalar bilan almashtirish;

  • moyli, suvli va hokazo tarkiblar o‘miga tayyor holdagi suv emulsiyali, lateksli, emalli va boshqa polimer tarkiblarni qo‘l- lash nazarda tutiladi.

Tajribalarning ko‘rsatishicha, ish hajmi katta bo'lganda ishni brigadadagi ishchilar soni 15 — 20 nafar qilib tanlash maqsadga muvofiqdir.
Lok - bo'yoqlar bilan qanday yuzalar bo'yaladi?
Bo'yoqchiliк ishlarida gruntovka va shpaklovkaning vazifasi nimadan iborat?
Yuzalar bo'yashga qanday tayyorlanadi?
Yuzalarni bo'yashda ishlatiladigan moslamalarni aytib bering.
Ichki yuzalarni
Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin