Asosiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 28,32 Kb.
səhifə6/7
tarix04.02.2023
ölçüsü28,32 Kb.
#82862
1   2   3   4   5   6   7
SUV VA SUVDAN FOYDALANISH TO‘G‘RISIDA

12-modda. Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish shartlari
Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida yangi va ta’mirlangan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish chog‘ida ushbu Qonun 15-moddasining talablariga rioya qilish bilan bir qatorda, baliq zaxiralariga yetkazilayotgan zararning o‘rnini qoplash, boshqa suv hayvonlari va o‘simliklarini muhofaza qilish hamda ularni asrash, qayta tiklash va ko‘paytirishni ta’minlaydigan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash
Oldingi tahrirga qarang.
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash mazkur suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq kelishib olinadi.
(13-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va tiklash loyihalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra aylanma suv ta’minotiga va chiqitsiz texnologiyaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan sanoat korxonalarining suv bilan to‘xtovsiz ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda —O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 28,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin