Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Maqsadi asosiy vositalardan samarali foydalanish va buxgalteriya hisobida to‘g‘ri yuritilishining asosiy yo’llarini ko’rib chiqish hamda tegishli tavsiyalar berishdan iboratdir.
Kurs ishda quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni turkumlash va baholash; asosiy vositalarni buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik asoslarini yoritish;
banklarning asosiy vositalari holati va harakatining nazoratini takomillashtirish masalalari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishning ob‘ekti. “Agrobank” ATB Navoiy filiali kurs ishining ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi.
1. ADABIYOTLAR SHARHI « Asosiy vositalar auditi » mavzusida kurs ishi yozishda quyidagi darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlardan foydalandim.
1. R.D.Dusmuratov va boshqalar «Audit» O‘quv qo‘llanma (II-qism), Toshkent-2007, 139 bet. Ushbu o’quv qo’llanma 5340900-«Buxgalteriya hisobi va audit», 5140900«Kasb ta’limi» (bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha) bakalavriat yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, ushbu II qismda «Audit» fanining amaliy jihatlari bayon qilingan. Ushbu qismda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar auditi, TMZlar auditi, moliyaviy qo’yilmalar auditi, hisoblashishlar auditi, xususiy kapital auditi, moliyaviy natijalar auditi va boshqa shu kabi mavzular yoritib berilgan
Audit II –kism mualliflar R.D.Dusmuratov, Sh.N.Fayziev, I.N.Kuziev,G.V.Pulatov. Toshkent Moliya instituti -2007 Audit fanining amaliy jixatlari bayon kilingan . Ushbu kismda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar auditi, TMZlar auditi, moliyaviy kuyilmalar auditi, xisoblashishlar auditi, xususiy kapital auditi, moliyaviy natijalar auditi va boshka shu kabi mavzular yoritib berilgan.