Asosiy vosiтalar hisobi


Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash



Yüklə 199,5 Kb.
səhifə13/24
tarix19.03.2023
ölçüsü199,5 Kb.
#88768
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
asosiy vositalar

Asosiy vositalarni ishchi holatida saqlab turish va joriy ta’mirlash
xarajatlari.

Ishchi holatda saqlab turish xarajatlariga moylash, tozalash, tartibga solish, bo’yashdan iborat bo’lib, bularning hammasi uskunani ishchi holatida saqlab tu-rishning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy ta’mirlash xarajatlari ehtiyot qismlar sarflari, oldini olish va ta’mirlash ishlari xarajatlaridan iborat. Bunday turdagi ta’mirlashga zaruriyat tez-tez paydo bo’ladi va jiddiy xarajat-larni talab qiladi.


Saqlab turish va joriy ta’mirlashlarni xarajatlarini hisoblashda 2 usul-dan foydalaniladi:
Paydo bo’lishi bo’yicha hisobga olish usuli - bu usul bo’yicha xarajatlarni ularga zarurat paydo bo’lganda hisobga olishni va xarajatlarni butun davr davomida taqsimlashni nazarda tutadi. Biroq ayrim vaziyatlarda har yillik ta’mirlash va saqlab turish xarajatlari yoki bir vaqtga, yoki juda qisqa vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Bu usuldan foydalanilganida uskunani saqlab turish uchun butun yillik xarajatlarning sinish holati yuz bergan ma’lum bir vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.
Тaqsimlash usuli - bu usul xarajatlarning taxminiy hajmiga asoslanib, undan foydalanish joriy ta’mirlash muntazam o’tkazilish tavsifga ega bo’lgan va hajm bo’yicha ahamiyatli bo’lganda tavsiya qilinadi. Bu usuldan foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan ta’mirlash uchun taxmin qilinayotgan xarajatlarning umumiy hajmi baholanib, vaziyatdan kelib chiqqan holda vaqt yoki ishlab chiqarish hajmi asosida taqsimlanadi. Vaqt asosida taqsimlanganda har bir oraliq davr uchun ta’mirlash va saqlab turish xarajatlarining teng bo’lgan summasi aniqlanadi.
2. Asosiy vositalarni yaxshilash (rekonstruktsiya qilish) xarajatlari. Asosiy vositalarni rekonstruktsiyasi deganda – ularni maxsulot ishlab chiqarish-ni ko’paytirish, maxsulotlar tannarxini pasaytirish, maxsulot sifatini yaxshi-lash va ularni xizmat muddatini uzaytirish maqsadida amalga oshirilgan asosiy vositalar konstruktsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlar tushuniladi.
Rekonstruktsiya uskunaning bosh komponentini mutlaqo yangi komponent bilan almashtirish jarayonini o’z ichiga oladi. Masalan, eski tunuka tomni yangi-siga, olovga chidamli cherepitsaga almashtirish, dastgohga yanada quvvatliroq dvi-gatelni o’rnatish, binoni elektr tizimini ancha yaxshilash. Ma’lumki, almashti-rishlar asosiy vositaning oldingi standarti va sharoiti bo’yicha mos keladigan, lekin quvvati va boshqa sifat ko’rsatkichlari bo’yicha oldingisidan ustunroq bo’l-gan uskunaga almashtirilishi kerak. Masalan, traktorning dvigateli shunga o’xsha-shiga almashtirilishi kerakki, natijada u keyinchalik traktorni xizmat mudda-tini yoki quvvatini (unumdorligini) oshishiga olib keladi.
Rekonstruktsiya asosiy vositalarning ish imkoniyatlarini oshirish uchun zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Asosiy vositalarni ishchi holatini saqlab turish xarajatlari rekonstruktsiya emas, balkim ta’mirlashga taalluqlidir. Rekonstruktsiya xarajatlari chiqim sifatida baholanadi.
Quyidagi holatlar asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilishga sabab bo’-ladi:

Yüklə 199,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin