III. ORGANIK REAGENT SELEKTIVLIGI III.1.METALLARNI ANIQLASHDA ISHLATILADIGAN ORGANIK REAGENTLAR K+ ionlarining reaksiyalari Vino kislota H2C4H4O6 yoki uning natriyli nordon tuzi - natriy gidrotartarat NaHC4H4O6 kaliy tuzlarining eritmalari bilan oq kristall cho’kma - kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 beradi.
Vino (boshqacha aytganda tartrat) kislota ancha kuchsiz organik kislotadir. Uning molekulasida oltita vodorod atomi bo’lsa ham, ulardan faqat ikkitasigina H+ ionlari holida ajraladi. Shuning uchun ham u ikki asosli kislotadir. U o’rta va nordon tuzlar hosil qila oladi. Vino kislotaning kaliyli va natriyli o’rta tuzlari (tartratlar) K2C4H4O6, NaC4H4O6 hamda natriy gidrotartrat NaHC4H4O6 suvda yaxshi eriydi. Aksincha, kaliy gidrotartrat KHC4H4O6 suvda ancha kam eriydi, bundan K+ ionini topishda foydalaniladi:
KCl + NaHC4H4O6 = KHC4H4O6↓+ NaCl
Kaliyning boshqa tuzlari ham shunga o’xshash reaktsiyaga kirishadi, masalan:
K2SO4 + 2NaHC4H4O6 = 2KHC4H4O6↓ + Na2SO4 Albatta, shunday bo’lishi kerak edi, chunki reaksiyada faqat K+ va HC4H4 ionlarigina ishtirok etadi. Boshqa hamma ionlarni tenglamadan tushirib qoldirish mumkin. Bunda ko’rib chiqilayotgan reaksiyaning ionli tenglamasini hosil qilamiz.
K+ + HC4H4O-6 = KHC4H4O6↓
Reaktsiyani o’rganish uchun konussimon probirkaga kaliy tuzi (KCl yoki KNO3) eritmasidan 4 – 5 tomchi olib, NaHC4H4O6 eritmasidan shuncha tomchi qo’shiladi. probirkadagi suyuqlik shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi, agar shu ondayoq cho’kma tushmasa, shisha tayoqcha bilan probirka devori sekin ishqalanadi. Gap shundaki, reaksiya natijasida ko’pincha bir oz vaqtdan keyingina cho’kma ajratadigan o’ta to’yingan eritmalar hosil bo’ladi. Ishqalash, chayqatish va shunga o’xshash mexanikaviy ta’sirlar cho’kma hosil bo’lishini tezlashtiradi.
Cho’kma hosil qilingach, uning xossalarini o’rganiladi.
1. Eng avval uning kristall tuzilishga ega ekanligi aniqlanadi. Buning uchun probirka og’zini yopib to’nkariladi va uning tagiga hamda devorlariga yopishib qolgan KHC4H4O6 kristallari ko’zdan kechiriladi. probirka shunday ushlanganda amorf (hamda juda mayda kristall tuzilishli) cho’kmalar uning devorlaridan ko’chib chiqadi.
2. Cho’kmaga kislota va ishqorlar ta’sir etish - etmasligi tekshirilib ko’riladi. Buning uchun, probirkadagi suyuqlikni chayqatib turib, loyqa suyuqlikdan tomchi plastinkasining uchta chuqurchasiga (yoki uchta probirkaga) bir tomchidan solinadi. Ulardan biriga bir tomchi kuchli kislota (HCl, HNO3 yoki H2SO4), ikkinchisiga bir tomchi ishqor (NaOH yoki KOH) va uchinchisiga bir tomchi sirka kislota ta’sir ettiriladi. Oxirgisidan boshqa barcha hollarda cho’kma eriydi. Bunda bo’ladigan reaksiyalar quyidagi tenglamalar bilan ifodalanishi mumkin:
KHC4H4O6↓ + H+ → H2C4H4O6 + K+ KHC4H4O6↓ + OH- → S4N4O62- + H2O + K+ 3. Cho’kmaning qolgan qismiga ikki tomchi distillangan suv qo’shiladi va ‘robirkadagi suyuqlikni shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib, suv hammomida isitiladi. Bunda ham cho’kma eriydi. Demak, KC4H4O6 ning eruvchanligi temperatura ko’tarilishi bilan ortar ekan.
Shunday qilib, KHC4H4O6cho’kmasi oq kristall modda bo’lib, issiq suvda, kuchli kislotalarda va ishqorlarda eriydi, lekin kuchsiz kislota bo’lgan sirka kislotada erimaydi. Shuni ham aytish kerakki, KHC4H4O6 ko’’ miqdordagi sovuq suvda ham eriydi, shuning uchun uning reaksiyasi uncha seziluvchan emas (suyultirish chegarasi 1:1000).