III.2. SPETSIFIK XOSSAGA EGA BO’LGAN ORGANIK BIRIKMALARNI HOSIL BO’LISHI Kimyoviy tahlilning qator holatlarida organik reagent ishtirokida shunday reaktsiyalar ishlatiladiki, natijada spetsifik o’ziga hos hid, alanga rangini bo’yash kabi xossaga ega bo’lgan moddalar hosil bo’ladi.
Masalan, murakkab efir hosil bo’lish reaktsiyasi atsetat ioni CH3COO-, borat ionlarini BO33-, B4O72- ochishda ishlatiladi.
Atsetat ionlari kislotali sharoitda ochiladi. Bunda atsetat ioni vodorod ionini biriktirib olib kuchsiz sirka kislotani hosil qiladi. Sirka kislota etanol bilan o’ziga xos xidga ega bo’lgan sirka etil efirini hosil qiladi:
CH3COO-+H3O+ = CH3COOH + H2O CH3COOH +HOC2H5=CH3COOC2H5 + H2O Borat kislotani uchuvchan murakkab efirlari alangani yashil rangga bo’yaydi. Etanol va sulьfat kislota ishtirokida borat ion uchuvchan murakkab efir hosil qiladi:
B4O72-+2N++5H2O4H3BO3 H3BO3+3C2H5OHB(OC2H5)3 +3H2O Reaktsiya olib borilgan chinni kosacha yoki tigelь yoniga gugurt alangasi yaqinlashtirilsa, bor etilati yonib, yonish mahsuloti alangani yashil rangga bo’yaydi. Yuqoridagi reaktsiyalar farmakopeyada qo’llaniladi.