Asqarova shohsanamning analitik kimyo fanidan



Yüklə 264,88 Kb.
səhifə1/12
tarix16.12.2023
ölçüsü264,88 Kb.
#182764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asqarova Shoxsanam analitik kimyo kurs ishi




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO YO`NALISHI
KIM-BU-19-GURUHI TALABASI
ASQAROVA SHOHSANAMNING
ANALITIK KIMYO FANIDAN

Namangan 2021

ANALITIK KIMYODAGI ORGANIK REAGENTLAR
Reja
Kirish
I. ASOSIY QISM
I.1. Organik reagentlar haqida.
I.2. Organik reagentlardagi FAG va AAG.
II. REAKSIYA MAXSULOTLARI
II.1. Komplekslar va yangi organik moddalar
II.2. Dastlabki reagentning boshqa shakli va Adsorbsion xususiyati
III. ORGANIK REAGENT SELEKTIVLIGI
III.1. Metallarni aniqlashda ishlatiladigan organik reagentlar
III.2. Spetsifik xossaga ega bo’lgan organik birikmalarni hosil bo’lishi
III.3. Titrametrik analizda ishlatiladigan organik analitik reagentlar
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Namangan Davlat Universiteti


Tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo`nalishi KIM-BU-19 guruh talabasi Asqarova Shohsanamning analitik kimyo fanidan Analitik kimyodagi organik reagentlar mavzusidagi yozgan kurs ishiga


TAQRIZ
Ushbu kurs ishi “Analitik kimyodagi organik reagentlar” mavzusida bo`lib, unda kimyoviy tushunchalar, mavzuga oid nazariyalar, fikrlar amaliy mashqlar qamrab olingan. Jumladan organik reagentlar va ularning nomlanishi, kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilshi, labaratoriya ishlari, ularning qanday maqsadda ishlatilishi haqida ma`lumotlar berilgan.
Talaba kurs ishini bayon etishda uslubiy qo`llanmalar, internet ma`lumotlaridan foydalangan, ommaviy axborot nashrlaridan foydalangan. Biroq kurs ishini bayon etishda ba`zi bir jumlalarni yozishda orfografik xatolikka yo`l qo`ygan.

Taqrizchi:


Kimyo kafedra katta o’qtuvchisi Sultonov B

«Tabiatshunosning vazifasi organik hamda anorganik dunyo hodisalarining sabab va oqibatlarini o’rganishdan iborat»
Energiyaning saqlanish va o’zgarish qonuni ixtirochilaridan biri, mashxur nemis tabiatshunosi, shifokor Yulius Robert Mayer (1814-1878)


KIRISH
Fan va iqtisodiyot sektoridagi jadal rivojlanish atrof-muxit va ekologik muvozanatga antropogen ta’sir ko’rsatmoqda. Yevropa Ittifoqining mintaqaviy baxolashi bo’yicha atrof-muxitdagi barkaror zaxarli moddalarning eng yukori kontsentratsiyasi kurgoshin, kadmiy va simob ionlariga (Cd-54, Hg-36 tonna/yil) to’g’ri kelishi ko’rsatilgan. Atrof-muxitga tarqalgan og’ir metallarni miqdori turli davlatlarda Cd va Hg uchun - 10, 21 va 58 foizlarni tashkil etadi. Vujudga kelgan vaziyatning bu uchta muxim metallar bo’yicha qisqacha taxlili, og’ir metallarning keltirayotgan antropogen zarar salmog’ining kattaligini ko’rsatmoqda. Og’ir va zaxarli metallar (OZM) atmosferaga chiqindilar bilan, ma’lum xududning suv va tuprog’i orkali qo’shni davlatlarga xam tarqalishi kuzatilmoqda. Axoli salomatligi uchun essensial bo’lmagan asosiy elementlar (Hg, Cd, As) katta xavf tug’diradi. Bugungi kunda ishlab chiqilayotgan usullarning metrologik va analitik tavsiflariga ko’yilayotgan talablar tobora kuchayib bormokda, shuning uchun OZMlarni aniqlashning yangi usullarini ishlab chikarishga karatilgan mazkur muammo eng dolzarb masala xisoblanadi. Mavjud bulgan dolzarb muammolarni yechish maksadida OZMni aniklash usullarida yangi spetsifik organik reagentlardan (OR) foydalanishni analitik kimyoning amaliy bulimiga kiritish lozim. Atrof-muxit obhektlarini muxofaza kilishda, OZMning anik kontsentratsiyalarini aniklashda turli xil fizik, kimyoviy va fizik- kimyoviy usullardan foydalanish dolzarb va muxim bulib kolmokda. SHu sababli amaliyotda kullash uchun ekotoksikantlarni, ayniksa OZM mikdorini monitoring kilish usullarini rivojlantirish va yangi zamonaviy usullarni ishlab chikish zarurdir.
Sorbtsion-spektroskopik usullarini yaratilishiga bulgan zarurat, atrof-muxit obhektlarining ifloslanish darajasining oshishi, ayniksa OZM monitoringini olib borishga jiddiy ehtibor karatishga bulgan talab bilan ifodalanadi. Bu zarurat shuningdek texnologik jarayonlarni mukammallashtirish maksadida, sanoat korxonalarining ishchi xududi xavosidagi portlovchi aralashmalarning mikdorini nazorat kilib borish, atrof-muxit obhektlarini monitoring kilish bilan belgilanadi. Zamonaviy analitik kimyoning asosiy talablaridan biri, ishchilar nafas olayotgan xudud xavoning zaxarlilik darajasini aniklash, xavfsizligini tahminlash uchun turli kasalliklarni, klinik va tibbiy-biologik maksadda ishlatiladigan dorivor moddalarni diagnostika kilishdan iboratdir.
Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1992 yil Ziyuldagi «Davlat sanitar nazorati tugrisida», 1992 yil 9 dekabrdagi «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida», 2013 yil27 maydagi «2013 - 2017 yillarda Uzbekiston Respublikasida atrof-muxit muxofazasi buyicha xarakatlar dasturi tugrisida», 2014 yil 21 yanvardagi«Ekologik normativlar
Loyihalarini ishlab chikish va kelishish tartibi xakida»gi karorlarida kursatilgan vazifalar ijrosini tahminlash uchun ekotoksikantlar mikdorini aniklashdagi analitik usullarining nazariy va amaliy printsiplaridan kelib chikkan xolda yukori metrologik va ekspluatatsion tavsiflarga ega bulgan polimerli tashuvchilar va matritsalarga turli kompleks xosil kiluvchi organik reagentlarni immobillab, gibrid usullar ishlab chikish zarur. Uni x,al etishning eng istikbolli yuli - materiallarni sifatini va tozalik darajasini nazorat kilish, tabiat obhektlarining monitoringini olib borish uchun berilgan analitik tavsiflarga ega bulgan organik reagentlarni maxalliy xomashyo asosida olingan tolasimon tashuvchilarga maksadli sintez kilish va immobillashdan iborat. Organik reagentlar immobillangan sorbentlar laboratoriya sharoitida oson olinadi, arzon, yutilayotgan ionlarga nisbatan tanlab tahsir etuvchanlik xossasiga ega, aniklash usullari sezgirligini bir necha tartibga oshirish imkoniyati mavjud. SHuning uchun xam immobillangan organik reagentlar va ularning OZMni aniklashda kullanish masalasi bugungi kunning dolzarb muammosi va dissertatsiya mavzusining zarurati bulib kolmokda.
O’zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar tarakkiyotining IDT-12- «Organik, noorganik, polimer va boshka tabiiy materiallarni olishning yangi texnologiyalari»; F-7-«Kimyo, kimyoviy texnologiyalarining nazariy asoslari, nanotexnologiyalar» ustuvoryunalishiga mos ravishda bajarilgan.
Organik reagentlarning sorbentlarga immobillanishni va ular yordamida og’ir va zaxarli metallarni aniklashda ekspress, yukori tanlab tahsir etuvchan, sezgir sorbtsion-spektroskopik usullar va test- sistemalarni ishlab chikish ilmiy markazlari va oliy tahlim muassasalarida tadkikotlari olib borilmokda, jumladan University of Wisconsin - Green Bay (A^SH), Institute for Technical and Macromolecular Chemistry,Max-’lanck-Institut(Germaniya), University Ca’Foscari of Venice(Italiya), Karnatak University Dharwad(Xindiston), Moskva Davlat universiteti, Vernadskiy nomidagi geologiya instituti(Rossiya).
Tashuvchi sifatida ishlatilgan granula va gelsimon, kremnezyomlarsilikagellarni strukturasi organik reagentlarni sirt maydoniga bir tekisda joylashishi xisobiga xatoliklarni kamayishi va qayta takrorlanuvchanligining oshganligi aniklangan (University of Wisconsin - Green Bay,Institute for Technical and Macromolecular Chemistry, Max-’lanck-Institut); anionit va kationitlar bilan tuldirilgan sorbentlar olingan va xossalari fizik-kimyoviy usullar yordamida urganilgan (Moskva Davlat universiteti; Vernadskiy nomidagi geologiya instituti, Rossiya). Turli xil organik reagentlar bilan immobillangan silikagellar va gellar yordamida kam mikdordagi metallarni kontsentrlanishi isbotlangan


Yüklə 264,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin