Asqarova shohsanamning analitik kimyo fanidan


I.2. ORGANIK REAGENTLARDAGI FAG VA AAG



Yüklə 264,88 Kb.
səhifə3/12
tarix16.12.2023
ölçüsü264,88 Kb.
#182764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Asqarova Shoxsanam analitik kimyo kurs ishi

I.2. ORGANIK REAGENTLARDAGI FAG VA AAG
Analizda qo’llaniladigan organik reagentlarga organik analitik reagentlar (OAR) deyiladi, ularning molekulalarida analitik markaz bo’lib, u ikki muxim guruxdan iborat buladi. Ulardan biri funktsional analitik guruh (FAG) deb yuritiladi. FAG anorganik ionlar bilan ta’sirlashish kobiliyatiga ega bo’lgan spetsifik guruxlardir. Bu guruxlarning ta’sirlashishidan hosil bo’lgan birikmaning analitik effektini analitik aktiv guruhlar (AAG) deb ataluvchi guruxlar ta’minlaydi. SHular xisobga olinsa, kompleks xosil kiluvchi OAR molekulasining tuzilishi quyidagicha bo’ladi: Masalan, tsirkoniy ioni bilan jigarrang chukma xosil kiluvchi n-dimetilaminobenzolazofenilarson kislota karab chikilsa, uning tarkibidagi arsenit kislota qoldig’i bilan tutashgan qism FAG ikkinchi kismi AAG xisoblanadi.
Xozirgi vaqtda OAR lar tarkibiga kiruvchi 40 dan ziyod turli xil FAG lar ma’lum. Ma’lumki, xar qanday reagent, shu reaktsiyaga kirishuvchi birikmalarning tabiatiga bog’lik ravishda ta’sirlashadi. Organik analitik reagentlarning analitik effektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: eritmaning ranglanishi, rangning o’zgarishi yoki yo’qolishi; rangsiz yoki rangli cho’kmalarning hosil bo’lishi aniqlanuvchi ionlar erkin kontsentratsiyasining o’zgarishi bu tashqi effektga bog’lik emas, o’lchov asboblari yordamida signal sifatida qayd qilinadi). Funktsional analitik guruxlar tavsifi Organik analitik reagentlarning asosiy tavsiflari. Organik analitik reagentlar afzalligi va analitik xossalarining asosiy mezonlari sifatida anorganik ionlar bilan ular reaktsiyalari saralovchanligi va sezuvchanligining yuqoriligi qabul kilingan. OAR larning saralovchanligi deganda, muayyan sharoitda ma’lum, cheklangan sondagi ionlar bilan ta’siri tushuniladi. Saralovchanlikning o’lchovi sifatida reaktsiyaga kirishishi mumkin bo’lgan ionlarning soni qabul qilinishi mumkin. OAR qanchalik kam sonli ionlar bilan ta’sirlashsa, u shuncha saralovchan bo’ladi. Ko’pincha, sara- lovchanlik tushunchasining sinonimi sifatida spetsifiklik (o’ziga xoslik) tushunchasining ishlatilishi noaniqdir. IYuPAK ning tavsiyasiga ko’ra, o’ziga xoslik deb ataladi.
Organik reagentlar umuman analitik kimyoda va xususan farmatsevtik tahlilda keng qo’llanadi. Eramizning boshidanoq oshlovchi, siyohli yong’oqni damlamasi bilan temirni aniqlash ma’lum bo’lgan. Bir necha yuzlab yillar o’tgach (1815 yilda) kraxmal yod ishtirokida ko’k rangga bo’yalishi aniqlangan.
Kimyoviy tahlilda qo’llangan birinchi sintetik, spetsifik, organik reagent Griss-Iloshvay reagenti (1879 yilda P.Griss taklif etgan va 1898 yilda L.Iloshvay batafsil o’rgangan) -naftol va sulfanil kislota aralashmasi bo’lib, uni taxlilda qo’llanilishiga nitrit ioni bilan qizil rangli birikma hosil qilishi asos bo’lgan. 1885 y M.A. Ilьinskiy va G.L. Knorre -nitrozo-β-naftolni kobalьt ionini ochish va aniqlash uchun tavsiya etganlar. Bu reaktsiya, o’sha davrda kobalьt kationini ochishda qo’llanilayotgan kaliy nitritning reaktsiyasidan 120 marta sezgirroq bo’lgan. 1905 yilda «Nemis kimyo jamiyatining ma’ruzalari»da chop etilgan L.A.CHugaevning «Nikel uchun yangi sezgir reagent» maqolasida dimetilglioksim nikelga sezgir reagentligi xaqida ma’lumot berildi va keyinchalik 1906 y o’zining doktorlik dissertatsiyasida kashfiyotiga doir tadqiqot natijalarini bayon etdi. L.A.CHugaev taklif etgan reaktiv bugungi kunda ham nikelь ionini ochishda tengi yo’q reagent hisoblanadi.
Nomlari keltirilgan olimlardan tashqari I.P.Alimarin, A.K.Babko, R.Berg, Yu.A.Zolotov, I.M.Korenman, V.I.Kuznetsov, L.M.Kulьberg, V.A.Nazarenko, A.T.Pilipenko, S.B.Savvin, F.Faygl, G.SHvartsenbax, shuningdek o’zbek olimlari SH.T.Tolipov, R.X.Jiyanbaeva, K.Raxmatullaev kabi olimlarning samarali mehnatlari tufayli bugungi kunda kimyoviy tahlilda juda ko’p, xilma-xil sintetik, organik reagentlar qo’llanmoqda.



Yüklə 264,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin