I. ASOSIY QISM 1.1. ORGANIK REAGENTLAR HAQIDA Organik analitik reagentlar. Analizda qo’llaniluvchi ligandlar anorganik va organik tabiatli bo’lishi bizga ma’lum edi. Keyingi yillarda anorganik ligandli komplekslardan ko’ra organik ligandli komplekslar ko’proq ishlatilmoqda. Bunga ular ishtirokida seziluvchan, selektiv reaktsiya bo’lishi, reaktsiyaning aniqligi yuqoriligi sabab bo’lmoqda. Organik ligandli komplekslarning ko’pchiligi ichki kompleks birikmalarga kiradi. Masalan, alyuminiyni alizarin va 8-oksixinolin, nikelni dimetilglioksim, magniyni 8-oksixinolin, kalьtsiy, strontsiy va bariyni triy rodizonat kabi reaktivlar bilan topish bunga misol bo’ladi. Dastlab 1884 yilda M.A.Ilьinskiy kobalьt (II) ionini topish uchun 1-nitrozo-2-naftoldan foydalangan edi. Bunda kobalьtning kizil- ko’ng’ir rangli ichki kompleks birikmasi (n=6) xosil bo’ladi, bu birikma xlorid va nitrat kislotalarda erimaydi. L.A.CHugaev 1905 yilda nikelni topish uchun ishlatgan dimetilglioksim reaktivi hozirgacha eng yaxshi reagent sifatida qo’llanib kelinmoqda. Ko’pgina organik reagentlar anorganik ionlarni xalaqit beruvchi begona moddalar ishtirokida topishga imkon beradi. Bunga sabab hosil bo’lgan birikmalarning rangliligidir.
Reagent - aralashmadagi ion (modda)ni ochib beruvchi reaktiv Maxsus reaksiyalar - tashqi samarasi (belgisi) murakkab aralashmadagi faqat bir ion (momolekula)ga xos bo‘lgan analitik reaksiya
Selektiv reaksiyalar - tashqi belgisi ayrim ionlargagina xos bo‘lgan analitik reaksiyalar
Gurux reaksiyalari - tashqi belgisi bir gurux ionlari uchun xos bo‘lgan analitik reaksiyalar bo‘lib, tegishli reagent gurux reagenti deb ataladi.
Ochish minimumi - m (mkg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo‘lgan modda (ionning) minimal massasi (mikrogrammlarda ifodalanadi 1 mkg = 10 -6g)
Minimal hajm - ion (modda)ning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo‘lgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (Vmin)
Suyultirish chegarasi (W) - tarkibida 1g aniqlanuvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi (sm3/g birlikda ifodalanadi).
Organik va ayrim anorganik reagentlar ishtirokida bir yoki bir necha yadroli komplekslar xosil bo’ladi. Yadrolardagi markaziy ion bir xil bo’lsa, kompleksga gomopoliyadroli, xar xil markaziy ionlar bulsa, geteropoliyadroli komplekslar deyiladi. Bundan tashkari komplekslar bir yoki bir necha ligandli bo’lishi mumkin. Xar xil ligandli komplekslarga aralash ligandli komplekslar deyiladi.