II.2. DASTLABKI REAGENTNING BOSHQA SHAKLI VA ADSORBSION XUSUSIYATI Metallarning kompleks birikmalari ishtirok etmaydigan reaktsiyalar Ochilayotgan modda bilan rangli birikma hosil bo’lishi Difenilamin (C6H5)2NH kislotali – sharoitda tarkibida oksidlovchi guruxi (NO2-, NO3-, BrO3-, CrO4-, MnO4-, Fe3+ va boshqalar) bo’lgan moddalar bilan qaytmas holda oksidlanib, difenildifenoxinondiiminga aylanishi hisobiga eritmada ko’k rang hosil bo’ladi. Bu reaktsiya, masalan nitrat va nitritlarni ochishda farmakopeya usuli hisoblanadi. Nitratlar bilan reaktsiya quyidagicha boradi:
ko’k rangli difenildifenoxinondiimin
Vaqt o’tishi bilan ko’k rang qo’ng’irlashib, so’ngra sariq rangga o’tadi. Oksidlovchilarni difenilamin bilan aniqlashda sulьfid ioni S2-, sulьfit ioni SO32- , tiosulьfat ioni S2O32-, yodid ioni J- kabi kuchli qaytaruvchilar xalaqit beradi.
Antipirinnitrit ionini NO2- ochishda ishlatiladi (farmakopeya reaktsiyasi).
Kislotali (HCl, H2SO4) sharoitda nitritlar antipirin bilan yashil yoqut rangli nitrozoantipirin birikmasini hosil qiladi:
NO2-+ H3O+ = HNO2 + H2O
antipirin nitrozoantipirin
Nitratlar kuchli kislotali (kontsentrlangan sulьfat kislota) muhitda antipirin bilan yorqin qizil rangli nitroantipirin hosil qiladi:
antipirin nitroantipirin
Yuqorida Griss-Iloshvay reagenti nitrit NO2- ioniga analitik reagent sifatida qo’llanilishi bayon etilgan edi. Sulьfanil kislota va 1-amino-2-naftol aralashmasi neytral yoki sirka kislotali sharoitda nitritlar bilan yorqin-qizil rangli azobo’yoq hosil qiladi (Griss reaktsiyasi):
sulьfanil kislota 1-amino-2-naftol yorqin qizil rangli azobo’yoq
Reaktsiya juda sezgir: ochish minimumi m=0,01 mkg. Nitrat ion NO3- bilan bunday reaktsiya bormaydi.
1-amino-2-naftol o’rniga β-naftol olinganidan ham shu kabi reaktsiya borib, qizil rang hosil buladi.
Sulьfanil kislota o’rniga ishqoriy sharoitda 1-naftilamin yoki 1-naftol (yoki anilin hosilalari, masalan, dimetilanilin) bilan rangli azobo’yoqlar hosil qiluvchi boshqa aromatik aminlarni ham qo’llash mumkin.
Etakridin (rivanol)- kislotali sharoitda nitritlar bilan qizil rangli diazoetakridin hosil qiladi:
etakridin qizil rangli diazoetakridin
Bu reaktsiya nitritlarga xos (spetsifik).
Borat ionlari BO3-, B4O72- - kurkum qog’ozi - kurkumin organik bo’yog’ini eritmasi shimdirilgan filьtr qog’oz vositasida ochiladi. Kislotali sharoitda borat kislotasining tuzlari kurkum qog’ozini pushti rangga bo’yaydi. Ishqor yoki ammiak ta’sirida qog’oz rangi ko’k yoki qo’ng’ir-yashil tusda bo’ladi. Reaktsiya – farmakopeyada qo’llaniladi. Reaktsiya tenglamasi quyidagicha borishi taxmin qilingan:
bo’yoqning yenol shakli
qizil rangli birikma
Borat kislotasi bilan kontsentrik sulьfat kislotali sharoitda oksiantraxinonlar – alizarin, purpurin, xinalizarinlar ham rangli birikma hosil qiladi.
Organik reagentlar bilan rangli birikmalar hosil bo’lishi qator dorivor preparatlarning chinligini yoki ular tarkibidagi ayrim guruhlar, masalan, organik kislotalar, tarkibida gidroksil, alьdegid, keton, efir, imido-, amino-guruhi bo’lgan moddalarni; alkaloidlar, glikozidlar, vitaminlar, gormonlar va ularning sintetik vakillari, antibiotiklar va boshqa moddalarni aniqlashda ishlatiladi.