sifatida o ‘tayotgan, boshqa qalamkash birodarlari shu tantanadan sarxush b o ‘lib, teatr va konsert zallarini, restoranlami obod qilib yurgan kezlarda Oybek m ehm onxonadan chiqmay, shu asam i yozgan. Keyinchalik «Navoiy» dostoni qo'lingizdagi roman uchun xamirtu- rush b o ‘lib xizmat qildi. 1941-vilda nishonlanishi mo'ljallangan N avoiyning 500 yillik yubileyi urush tufayli yetti yilga kechiktirildi. 1948-yilda bu qutlug' sana o ‘zbek xalqining milliy bayrami sifatida tarixda birinchi marta nishonlanganida, yubileyning katta; zalvorli yuki Oybekning zimmasiga tushdi. U ulug‘ salafiga bo'lgan hurmat va muhabbatini yana bir karra go'zal bir shaklda ifoda qildi. 50-yillaming o'rtalariga kelib, mustabid Stalinning vafotidan keyin sovet jamiyatida yangi hayot shabadalari esa boshladi. Bu hali istiqlol shabadasi emas, balki kommunistlar bunyod etgan jamiyatda turib ham erkin yashash, erkin ijod etish m um kin degan umidning, orzuning muat- tar shabadalari edi. Shu shabadadan xushnud bo'lgan Oybek yana XV asrga qanot qoqib uchdi. Yana tarixiy asarlami titishga kirishdi. U o'zida- gi ana shu zavqbaxsh va latif holatni bir ruboiysida tasvirlab, bunday yozdi: Tarix so ‘qmoqlari izimdan cho ‘tir, H ar bir xok shivirlar: «Bir lahza o ‘tir!.. » «Qushlar tili» p i r i — yurakda tilak, Izlaymen m arvarid— qo'lim da elak. Oybekning 60-yillarda, qo'lda elak bilan, tarix so'qm oqlari bo'ylab qil gan «kezindi»larining samarasi sifatida «Bola Alisher» («Alishem ing bolali- gi») qissasi hamda «Guli va Navoiy» dostoni maydonga keldi. 30—40-yil- larda yozilgan maqolalardan tarkib topgan «Navoiy gulshani» va «Alisher Navoi» (rus tilida, A. I. D eych bilan hamkorlikda) kitoblari chop etildi.