1️.Ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo'llaniladi.
▪️Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan bo'lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi.
🔸Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan quvlayapdi.)
🔸Take away the crib! The teacher is looking at you.
🔸Listen! The way he is singing is quite wrong.
2️.Ba'zan ish-harakat ayni paytda sodir bo'lmayotgan, lekin boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishimi mumkin.
▪️Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz:
🔸Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida bo'yicha).
▫️Ann: What are you doing these days, Tom?
▫️Tom: You know, I am preparing for my exams.
❗️Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan.
▪️Yana misollar:
🔸I am learning English nowadays.
🔸What is Tom doing for living?
3️.Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi.
🔸I usually go to work by bus, but this week I am going by taxi. (Men odatda ishga avtobusda ketaman, lekin bu hafta taksida boryapman.)
🔸Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha do’stlari bilan yashayapti.)
4️.Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi.
▪️Quyidagi fe'llar odatda mazkur qoida boʻyicha qoʻllaniladi.
▫️get ▫️change ▫️become ▫️increase ▫️rise ▫️fall ▫️grow ▫️begin ▫️start ▫️improve
🔸The population of the world is rising very fast. (Dunyo aholisi juda tez oshib bormoqda.)
🔸Is your English getting better?
🔸The number of people without jobs is increasing.
Dostları ilə paylaş: |