(Barcha bitiruvchi sinf o’quvchilari o’z sinfining bayramga tayyorlab kelgan dasturlarini navbatma- navbat namoyish etishadi. Davraga tulki kirib keladi). Tulki: “Voy, yolg’onchi Yalmog’iz !“O’rmonda bu yil maktablarda archa bayrami bo’lmaydi”, - deb gap tarqatib, o’zing malaylaring bilan birga bu yoqqa qochib qolgan ekansan-da! Seni aldaganing uchun hozir sharmandangni chiqaraman.
Yalmog’iz : Tish,kel, tulkijon, kelishaylik, yana o’rmonga qaytib ketishingni ham o’ylagin-a!
Tulki: Bo’pti , bo’lmasa,men bilan archa atrofida duet ijro etasan!
Yalmog’iz : Ko’p vaqqillamay duetni boshla!
Tulki: Archa yonida turgan yalmog’iz,
Qosh-ko’zini suzgan yalmog’iz,
Tovuqlarimni olgan yalmog’iz,
Olgan bo`lsang ber tovuqlarimni!
Yalmog’iz : Archa yonida turganim yo’q,
Qoshi-ko’zimni suzganim yo’q,
Tovuqlaringni olganim yo’q.
Olganlar bersin tovuqlaringni.
(Shu payt davraga quyon kirib keladi). Quyon: Bolalar! Yalmog’izga ishonmanglar. U sizlarni laqillatyapti. U Qorbobo va Qorqizni o’rmonga sehrlab tashlab kelgan. Shuning uchun ular bayramga kelisha olmayapti.
Bolalar: Endi nima qilamiz, axir Qorbobo va Qorqizsiz bayram tatimaydi-ku!
Quyon: Bolalar, buning bitta iloji bor, hozir men aytgan kuyga Yalmog’iz o’ynasa,uning sehr kuchi yo’qoladi Xo’sh, men aytgan kuyga o’ynaysanmi? Yo sharmandangni chiqaraymi?
Yalmog’iz : Bo’pti, chal musiqangni! Faqat ovozingni o’chir!
(Yalmog’iz bolalar bilan birga “Baba yaga” kuyiga rosa o’ynaydi, charchab yiqilib qoladi). Kachal polvon: Ey nomard! Shuncha paytdan beri hammani laqillatib o’tirgan ekansan-da! Bolalar, hozir men do’stlarim bilan birga o’rmonga borib, Qorbobo va Qorqizni qutqarib kelaman.
(Kachal polvon o’z do’stlari bilan birga Qorbobo va Qorqizni qutqarish uchun o’rmonga ketadi). 1-suhandon:Kelinglar, davrani sovutmaylik. Hammani ommaviy raqsga taklif etamiz (Hamma raqsga tushadi). 2-suhandon: Kelinglar, hammamiz birgalikda Qorboboni chaqiraylik.
Hamma:Qorbobojon, Qorbobo, davramizga marhabo!
(Shu payt eshik ochilib, Qorbobo, Qorqiz, Kachal polvon va uning do’stlari kirib keladilar).
Salim: Urra! Qorbobo va Qorqiz kelishdi.
Qorbobo:Assalomu alaykum,bolajonlar!
Bolalar: Assalomu alaykum,bobojon!
Qorbobo: Bayramingiz muborak!
Keldim ko’p yurtlar kezib,
Bog’-u tog’lardan oshdim.
O’rmon oralab yurdim,
Archani xo’p tanladim.
Eng chiroyli, eng ko’rkam,
Qarang,ulkandir biram.
Uni sizga yo’lladim,
Behad u xo’p chiroyli,
O’yinchoqlar marjonli,
Quvondi ko’rib ko’zim,
Ofarin o’g’il-qizim!
Kachal polvon: Bolalar, Yalmog’iz rostdan ham Qorbobo va Qorqizni o’rmondagi eng baland daraxtga arqon bilan bog’lab tashlagan ekan, yana Qorboboning po’stiniga: “Bu bayramona hazil”,- degan yozuvni yopishtirib ketgan. Menimcha, Yalmog’iz, bu sen va malaylariningning ishi bo’lsa kerak-a?
Yalmog’iz: Albatta, Qorbobo bilan bir hazillashaylik degan edik, Qorbobo bizlarni kechiring, boshqa takrorlanmaydi.
Qorbobo: Bolajonlar! Ularni kechiramizmi?
Bolalar: Yo’q, u bizlarga ko’p shartlar qo’ydi, bizning ham unga shartimiz bor.
Yalmog’iz: Ayt shartingni.
Fotima: Yalmog’iz buvi, eshitimizcha, siz yaxshi chastushka atishar ekansiz. Biz bilan chastushka aytishasizmi?
Yalmog’iz: Bo’pti, boshla chastushkangni!
Odil: Asli naslingiz ayting,
Yalmog’iz buvijonim.
Kimligingizni bilmay,
Halak doim bu jonim,
Uha, uha, uha-ha.
Yalmog’iz: Asli naslim so’rang gar,
As Yalmog’iz bo’laman.
Dodamlarning dodasi
Yalmog’iz bo’lgan asli
Uha, uha, uha-ha.
Odil: Buvijonim , nega siz,
Yomon ishlar qilasiz?
Ezgu ishlar qilsangiz,
Faxrlanib yuramiz!
Uha, uha, uha-ha
Yalmog’iz: Yomon ishlar qilmayman,
Hazillashib yuraman,
Yaxshi ishlar qilmasang,
Jazolab ham turaman,
Uha,uha,uha-ha
Odil: Supurgingiz qo’ying,
Uni bizlarga bering,
“Ikki”chining qulog’in
Mayli, rosa ham cho’zing.
Uha, uha, uha-ha
Yalmog’iz: Supurgisiz yashamoq-
Sira-sira mumkinmas.
Musiqangni chal, mashshoq,
Maqsad davra qizdirmoq,
Uha,uha,uha-ha.
1-suhandon: Navbat Qorqizga.
Qorqiz: Salom, aziz bolajonlar! Men sizlarni tabriklash uchun tog’-u toshlardan, cho’l-u biyobonlardan oshib, mehribon bobojonim bilan birga keldim. Yangi yilingiz muborak bo’lsin! Yangi yil sizlarga faqat omad olib kelsin! Qani, davrani quvnoqroq davom ettingiz.Sizlarga ko’pgina topishmoqlar keltirganman. Qani, topishmoq sevarlar bormi oralaringizda? To’q qizni to’qqiz soat daraxtga bog’lab qo’ysa nima bo’ladi?
Noila: Och qoladi!
Qorqiz: Barakalla! Qani, topinglar-chi, dunyoda, sizningcha, eng yovuz kishi kim?
Olmaxon: Yalmog’iz!
Qorqiz:Yo’q, singiljon, topolmadingiz. Dunyodagi eng yovuz kishi bu ezma kishidir.
Qorbobo: Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
(Qorbobo va Qorqiz bolalarga sovg’a ulashadi). Qorbobo: Yalmog’iz, sen bizdan oldinroq kelding. Mabodo, bilmadingmi, 2019-yilni qanday atashibdi?
Yalmog’iz:Men qanday bilay, bir nafaqaxo’r bo’lsam, o’rmondagi radio buzilgan, o’rmonda gazeta - jurnal bo’lmasa!
Salim: Qorbobo, hadeb Yalmog’iz buvini uyaltiravermang. Mayli, men ayta qolay. 2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb ataldi,