(“Qor parchalari” raqsi ijro etiladi) 2-suhandon: Dastlabki tabrik so’zini maktabimiz direktoridan eshitsak.
Maktab direktori:Aziz va hurmatli mehmonlar, qadrli ustozlar, sho’x- shodon bolajonlar! Barchalaringizni Yangi yil bayrani bilan qutlayman.Sog’lik,baxt,omad hamisha siz azizlarga hamroh bo’lsin! Yangi yil sevimli bayramlarimizdan biri bo’lib, uning tarixi eramizdan oldingi II asrga borib taqaladi. Bu bayram eng avvalo Rim imperiyasida va Sharqda nishonlagan.
IV asrga kelib, G’arbiy Yevropada tantana qilina boshlangan. Avvallari 25-dekabr kuni o’tkaziladigan bayram “Qorboboning tug’ilgan kuni” deb atalgan. G’arbiy Yevropada nishonlangan. Yangi yil bayrami yillar o’tishi bilan butun dunyoda nishonlanib kelinmoqda. Yangi yil har biringizga faqat shodlik va omad ola kelsin! Jonajon O’zbekistonimiz ozod va obod jannatmakon o’lkaga aylansin.
1-suhandon: Rahmat, ustoz, ishlaringizga baraka tilaymiz. Barchalaringizni “Lazgi” raqsiga taklif etaman. Marhamat! Hamma ommaviy o’yinga! (Ommaviy raqs ijro etiladi). Yalmog’iz : Uf,zerikib ketyapman. Bo’ldi, bayram tugadi, tarqalinglar.
2-suhandon: Voy, Yalmog’iz buvi, yana nima bo’ldi?
Yalmog’iz : Shu ham o’yin bo’ptimi? Men mana bu mehmonlar bilan raqsga tushmoqchiman. Faqat “Makareno” ga o’ynayman.
1-suhandon: Mayli, Yalmog’iz buvi, “Makareno” bo’lsa “Makareno”-da Hamma yalmog’iz buvi boshchiligida ommaviy o’yinga!
(“Makareno” raqsi ijro etiladi).
2-suhandon: Yalmog’iz buvi, endi ko’nglingiz joyiga tushdimi?
Yalmog’iz : Ha, rosa mazza qildim, agar ashula aytmasam, bayramni buzaman.
Vazira: Yo’q, buvijon, mayli xohlagan qo’shig’ingzini ayting, lekin baryamni buzmang.
Yalmog’iz: Bo’pti, chal musiqangni!
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.
Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zamonda ,
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!
Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qancha xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.
Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.
Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Supurgim-la xo’p silab,
Aslo-aslo tindirmam.
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Davrani kengroq oling,
Man qizdirib beraman.
1-suhandon: Yalmog’iz buvi, endi rozimisiz?
Yalmog’iz : Ho, mendan osonlikcha qutula olmaysan! Mana bu xorijdan kelgan mehmonlar o’zlarida Yangi yil bayrami qanday o’tkazilishini aytib berishsin.
2-suhandon: Navbat xorijiy do’stlarimizga! Ular o’z yurtlarida Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so’zlab berishadi.
Hindistonlik mehmon: Hindistonda bayram kechasi barcha odamlar shirinso’z, nazokatli, mayin bo’lib, bir-birlari bilan xushmuomalada bo’lishadi. Bu yil bo’yi baxt hamma insonlarga hamroh bo’ladi deganidir.
Yaponiyalik yigit: Bizda yarim kechada 108 marta bong uriladi. Bu yangi yil kirib kelganini bildiradi. Har bitta bong hayotdagi bitta illatni mahv etadi. Yangi yil kirib kelgach, har bir kishi tabassum qilishi yoki xandon otib kulishi shart. Chunki bu omad keltiradi. Yaponiyaliklar uy eshigini bambuk va qayin daraxti shox-shabbalari bilan bezatishadi.
Xitoylik bola: Bizda Yangi yil bayrami oldidan “Buddani cho’miltirish” an`anasi o’tkaziladi. Shu kuni barcha ibodadxonalarda Budda haykallari tog’ bulog’i suvi bilan yuviladi, odamlar ham o’zini tabriklayotgan kishilarning boshidan suv quyishadi.Bayram kuni deyarli barcha kishilar jiqqa ho’l yurishadi.
Finlandiyalik bola: Qorli Finlandiyada Yangi yil bayrami 28- dekabrda o’tqaziladi.O’sha kuni Laplandiya deb nomlangan olis mamlakatdan Qorbobo bolalar uchun bir savat to’la sovg’alar olib keladi.
Kareyalik mehmon: Bizda esa Yangi yil kuni ommaviy sayl boshlanadi, turli musobaqalar o’tkaziladi.
O’zbek yigiti: O’zbekistonda Yangi yil bayrami o’zgacha surur va zavq shavq bilan o’tadi. Bir-birimizga tliklar tilab, sovg’a-salom hamda shirinliklar ulashamiz. Archa atrofida sho’x qo’shiqlar aytib, raqsga tushamiz. Qani, do’stlar! Davramizga marhabo! (“Andijon polkasi” ga ommaviy o’yin ijro etiladi). 1-suhandon: Yangi yil tabriklarini bildirish uchun navbat bitiruvchi sinf o`quvchilariga!
Hilola: Yangi yil oqshomi, qadahlar qo’lda,
Samimiy tilaklar tilaylik yana.
Tilaklar tilda-yu, orzular dilda.
Galma-gal ularni aytalik yana.
Osoyishta yurtga hech ko’z tegmasin,
G’anim aslo unga soya solmasin.
Tanisin elimni jumlayi jahon,
Imon-ishonchimiz bo’lsin himoya
Ta’lim fidokori – qalbi quyoshlar!
Yangi yil sizlarga omadli kelsin!
Bilim chashmasidan bahramand yoshlar!
Sizga ulkan-ulkan zafar keltirsin !
Barcha insonlarning tilagin Olloh,
Ijobat etsin deb, duo qilaylik.
Baxt-u saodatdan topaylik panoh,
Obod, ozod yurtda o’ynab kulaylik!