Assesment” metodi



Yüklə 48 Kb.
səhifə2/3
tarix30.01.2023
ölçüsü48 Kb.
#81847
1   2   3
Assesment” metodi

Metodning qo’llanishi. “Assesment” metodi o’quv mashg’ulotlarining barcha turlarida (dars boshlanish yoki dars oxirida yoki o’quv predmetning biron-bir bo’limi tugallanganida) o’tilgan mavzuni o’zlashtirilganlik darajasini baholash takrorlash mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun, shuningdek, yangi mavzuni boshlashdan oldin ta’lim oluvchilarning bilimlarini tekshirib olish, malaka oshirishga kelgan tinglovchilarning dastlabki bilimlari, ko’nikma, malakalarini aniqlab olish uchun mo’ljallangan.
Ushbu metodni mashg’ulot jarayonida yoki mashg’ulotning bir qismida hamda yakka tartibda qo’llash mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa bo’ladi. Bunda topshiriqlar shakli 3-jadvaldagi ko’rinishda bo’lishi mumkin.
1-jadval.
“Assesment” metodi bo’yicha topshiriq namunasi 

Test. Tegishli fan bo’yicha o’tilgan (bo’lim, kurs) yuzasidan 1- 2 ta test beriladi.

Muammoli vaziyat. O’tilgan mavzu asosida aniq hayotiy vaziyat, hodisaga asoslangan muammo beriladi.

Simptom. Mavzu bo’yicha ilmiy-nazariy fikrlar, g’oyalar, ta’riflar tugallanmagan fikr ko’rinishida beriladi, masalan:
…..ta’rif bering, ……ilmiy
asoslang…., yoriting… va b.

Amaliy ko’nikma. O’tilgan mavzu mazmunini hayotda ish foaliyatida qo’llashdagi ko’nikmalarga tegishli topishiriq beriladi, masalan:
…..chizing, hisoblang, to’ldiring, toping, solishtiring… va b.

ASSESMENT TEXNOLOGIYASI



Test. Quyida berilgan tarbiya turlari va ularning maqsadlari to‘g‘ri berilgan javobni toping.
a) Aqliy tarbiya b) Axloqiy tarbiya
s) Jismoniy tarbiya d) Estetik tarbiya
e) Mehnat tarbiya

1

Shaxsni ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlarihamda turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish, to‘g‘ri tushunishni o‘rgatish

2

Shaxsga tabiyat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy qobiliyati, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish

3

O‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish

4

Shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish

5

Muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan tartib, odob va o‘zaro munosabat, muloqotva xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish

  1. a-5, b-2, s-1, d-4, e-3

  2. a-2, b-5, s-4, d-1, e-3

  3. a-2, b-5, s-3, d-1, e-4

  4. a-2, b-5, s-3, d-4, e-1


Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin