Astanaqulova Gulnozaning Umumiy tabiiy geografiya fanidan yozgan yozma ishi Mavzu: Geografik qobiq, litosfera va yer po‘sti



Yüklə 3,65 Mb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü3,65 Mb.
#197136
1   2   3   4   5
Презентация1 (2)

Yer qimirlash Yer po‘stining chuqur qismida – tog‘ jinslari qatlamlarida to‘satdan ro‘y beradigan sinish, siljish, uzilish natijasida sodir bo‘ladi. Yer qimirlash boshlanadigan bu joy yer qimirlash o‘chog‘i — gipotsentr deyiladi. Yer qimirlash o‘chog‘i ustidagi joy yer qimirlash markazi — epitsentr deb yuritiladi. Yer qimirlash markazida eng ko‘p vayronagarchilik bo‘ladi.

  • Yer qimirlash Yer po‘stining chuqur qismida – tog‘ jinslari qatlamlarida to‘satdan ro‘y beradigan sinish, siljish, uzilish natijasida sodir bo‘ladi. Yer qimirlash boshlanadigan bu joy yer qimirlash o‘chog‘i — gipotsentr deyiladi. Yer qimirlash o‘chog‘i ustidagi joy yer qimirlash markazi — epitsentr deb yuritiladi. Yer qimirlash markazida eng ko‘p vayronagarchilik bo‘ladi.
  •  Yer qimirlash harakatlari juda sezuvchan asbob – seysmograflarda avtomatik ravishda yozib olinadi («seysmo» – yer qimirlash, «grafo» yozaman). Seysmogramma (yer qimirlash yozib olingan qog‘oz)larni tahlil qiluvchi olimlar yer qachon qimirlaganini, yer qimirlash o‘chog‘i qancha chuqurda ekanini, yer qimirlash markazida qanday kuch bilan qimirlaganini aniqlashadi.
  •  Olimlar yer qimirlash kuchuni uning binolar va relyefga ta'siriga qarab 12 ballda aniqlashadi. Masalan, 1 va 2 balli yer qimirlashni odamlar sezmaydi. 3, 4 va 5 balli kuchda bo‘lganda ancha sezilarli bo‘lsa ham imoratlarga zarar yetmaydi. 6 va 7 ball qimirlaganda uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘ladi. 8 balda devorlar yorilib, ba'zi uylar buzilishi mumkin. 9 ball bo‘lganda esa devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi. 10 ball yer qimirlasa, imoratlar buzilib ketadi, yerda kengligi 1 m gacha yoriqlar paydo bo‘ladi. 11 va 12 ball bo‘lganda yer yuzasi relyefi o‘zgaradi. Yerda tik turgan narsa qolmaydi. Shuning uchun 11-12 ballni o‘ta dahshatli yer qimirlash deyiladi.

3. Yer poʻsti — Yerning tashqi qattiq qobigʻi, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Ye. p.ning pastki chegarasi boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tezligi birdaniga oʻzgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9— 8,2 km/sek gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi)dj oʻtadi. Shu yuza bilan Ye.p. mantiyadan ajraladi. Ye. p.ning kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Ye. p.ning qalinligi tekisliklarda 35–40 km, togʻliklarda 50– 75 km gacha. Okean osti Ye. p.niki 5–10 km. Quruqlikda Ye. p. uch qatlam: yuqoridagi choʻkindi (qalinligi 15–20 km gacha), oʻrtadagi shartli ravishda "granit" (10–20 km), pastdagi "bazalt" (oʻrtacha 15–20 km)dan tashkil topgan. Okean osti Ye. p.da "granit" qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Ye. p.ning yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan boʻlib, koʻpincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat.


Yüklə 3,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin