Asug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari



Yüklə 25,69 Kb.
səhifə5/8
tarix25.12.2023
ölçüsü25,69 Kb.
#196099
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdurashidov ABDURAXMONNING Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining oliy organi uning a’zolarini (sug‘urtalanuvchilar) yilda bir marta chaqiriladigan umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari faoliyati joriy boshqaruvini kuzatuv qo‘mitasi va Boshqaruv xay’ati amalga oshirgan. Boshqaruv hay’ati Apparati odatda akvizitsiya, statistika, to‘lovlar, buxgalteriya va arxiv bo‘limlaridan tashkil topgan.

  • Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining oliy organi uning a’zolarini (sug‘urtalanuvchilar) yilda bir marta chaqiriladigan umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari faoliyati joriy boshqaruvini kuzatuv qo‘mitasi va Boshqaruv xay’ati amalga oshirgan. Boshqaruv hay’ati Apparati odatda akvizitsiya, statistika, to‘lovlar, buxgalteriya va arxiv bo‘limlaridan tashkil topgan.
  • Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari faoliyatining xususiyatlari shundan iborat bo‘lganki, ular sug‘urta shartnomalari tuzish uchun sug‘urta agentlari xizmatlariga murojaat qilmaganlar. Bu funksiyalarni akvizitsiya bo‘limining shtatli apparati bajarib, mulkdorlar yoki garovga oluvchilar u yerga murojaat qilganlar. Agarda favqulotda zararlarni qoplashga birgalikda sug‘urtalash jamiyati zahira fondi mablag‘lari yetmay qolsa, u holda uning a’zolari mazkur maqsad uchun qo‘shimcha summalar to‘lashi lozim edi.
  • Rivojlangan sharoitlarda birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari yig‘ilayotgan sug‘urta badallari hajmi va sug‘urtalanuvchilar soni bo‘yicha aksionerlik sug‘urta jamiyatlaridan keyingi ikkinchi o‘rinda hisoblanadilar.
  • Davlat sug‘urta kompaniyalari – bu davlat mulki hisobidan davlat tomonidan ta’sis etiladigan tashkiliy shakl. Davlat sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilinishi davlatning sug‘urta bozori faoliyatiga aralashuvining bir ko‘rinishidir.
  • O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda davlat mulki ishtirokidagi bir nechta yirik sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularga «O‘zbekinvest» EIMSK, «O‘zagrosug‘urta» DASK, «Kafolat» DASK, «Madad» sug‘urta agentligi, «O'zbekinvest Hayot» SK larni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
  • Xususiy sug‘urta kompaniyalari bir mulkdor yoki uning oilasiga tegishli bo‘ladi. Xususiy sug‘urta kompaniyasi tuzilmasining namunali shakli sifatida Angliyaning «Lloyd» korporatsiyasi misol bo‘lishi mumkin. «Lloyd» amaliyotida anderrayter deb nomlanadigan har bir sug‘urtalovchi o‘zining shaxsiy moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, «o‘z tavakkalchiligi»ga sug‘urtalaydi, «Lloyd» korporatsiyasi esa e’tirozlar bo‘yicha yuridik javobgarlikni olmaydi. Shuning uchun «Lloyd» korporatsiyasiga a’zolikka qabul qilish anderrayterlikka nomzodni qattiq tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
  • «Lloyd» korporatsiyasining paydo bo‘lishi XVII asrga tegishli bo‘lib, kafe egasi Lloyd nomi bilan bog‘liqdir. 1871-yilgacha «Lloyd» xususiy tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 1871-yil Buyuk Britaniya parlamenti qonun qabul qilgan bo‘lib, unga asosan «Lloyd» kemasozlik, dengizda yuk tashish va fraxt sohasida sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan korporatsiya sifatida rasman tan olingan.

Yüklə 25,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin