Asug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari



Yüklə 25,69 Kb.
səhifə3/8
tarix25.12.2023
ölçüsü25,69 Kb.
#196099
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdurashidov ABDURAXMONNING Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda sug‘urta ishini monopollashuvini oldini olish maqsadida quyidagicha tartib qo‘llaniladi: sug‘urtaning bir sohasida o‘n va o‘ndan ortiq raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishi kerak, shu bilan birga ularni eng yirigining ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 31 % dan, ikkitasiniki – 44 % dan, uchtasiniki – 54 % dan va to‘rttasiniki – 64 % dan oshmasligi kerak. Agar bunday mutanosiblik buzulgidek bo‘lsa, u holda davlat tegishli sug‘urtalovchilarga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaydi va sug‘urta bozoridagi ishtirokini chegaralab qo‘yadi.

  • Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda sug‘urta ishini monopollashuvini oldini olish maqsadida quyidagicha tartib qo‘llaniladi: sug‘urtaning bir sohasida o‘n va o‘ndan ortiq raqobatchilar faoliyat ko‘rsatishi kerak, shu bilan birga ularni eng yirigining ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 31 % dan, ikkitasiniki – 44 % dan, uchtasiniki – 54 % dan va to‘rttasiniki – 64 % dan oshmasligi kerak. Agar bunday mutanosiblik buzulgidek bo‘lsa, u holda davlat tegishli sug‘urtalovchilarga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llaydi va sug‘urta bozoridagi ishtirokini chegaralab qo‘yadi.
  • Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi, bundan tashqari, sug‘urta tashkilotlarining sug‘urta xizmatlari bozorini bo‘lishib olish bo‘yicha til biriktiruvlari, kelishuvlari va boshqa harakatlarini, raqobatni chegaralash yoki boshqa tashkilotlarni sug‘urta bozoriga kirishiga qarshiliklarni oldini olish hisoblanadi. G‘irrom raqobat vosita va usullari (sug‘urta tariflarini sun’iy ravishda ko‘tarish yoki tushirish, sug‘urtalanuvchini sug‘urta turi shartlari yoki o‘z raqobatchilarining moliyaviy holati to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot berish orqali chalg‘itishga urinishlar)ni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
  •  
  • Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi
  •  
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlari o‘zining tashkiliy strukturasi, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilaydilar.
  • Rivojlangan dunyoning barcha sug‘urta kompaniyalari boshqarish usuli va faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturalarga bo‘linadi.
  • Jahonda «Hamkorlikka mos rahbarlik» deb nom olgan boshqarish (menejment) usuli keng tarqalgan. U quyidagi tamoyillarga tayanadi:
  • Sug‘urta kompaniyasining qarori bir tomonlama, ya’ni yuqoridan, sug‘urta tashkiloti rahbariyatining o‘zi tomonidan qabul qilinmaydi. Sug‘urta kompaniyasining xodimlari faqatgina rahbariyatning topshiriqlarini bajaribgina qolmay, balki vakolat bilan o‘z harakat sohalari va rejalariga ham ega bo‘ladilar.
  • Mas’uliyat sug‘urta kompaniyasi boshqaruvining faqat yuqori pog‘onasigagina tegishli emas. U faoliyat sohalari bo‘yicha boshqa xodimlar kompetensiyasining ham bir qismidir.
  • Sug‘urta kompaniyasining rahbariyati faqatgina quyi instansiyalar qabul qilishi mumkin bo‘lmagan qarorlarnigina qabul qilish huquqiga ega.
  • Menejment (boshqarish) strukturasining bosh tamoyili vakolat va javobgarliklarni yuqoridan quyigacha taqsimlanishi hisoblanadi.
  • Mazkur tamoyilning amalga oshirilishi quyidagilarni bildiradi:
  • Sug‘urta kompaniyasining xodimiga ma’lum faoliyat sohasi topshiriladi. U mazkur soha chegarasida harakat qilish va mustaqil qaror qabul qilishga majbur hisoblanadi hamda bu uchun to‘liq javobgarlikni oladi.
  • Tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sektor) rahbari jiddiy muammolar paydo bo‘lish holatidan boshqa hollarda o‘z qo‘l ostidagilar faoliyat sohasiga aralashish huquqiga ega emas. U asosan o‘z xodimlari ishi ustidan nazoratni amalga oshirishi zarur.

Yüklə 25,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin