Asug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari



Yüklə 25,69 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü25,69 Kb.
#196099
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdurashidov ABDURAXMONNING Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

Sug‘urtalovchining ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining muassislari tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yilning 10 aprelida qabul qilingan PQ-618-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan sug‘urta tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, sug‘urtalovchilarning moddiy-texnika bazasini va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida sug‘urta tashkilotlari ustav fondining eng kam miqdorlari quyidagicha belgilandi: umumiy sug‘urta tarmog‘iga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun – 500 ming AQSh dollariga ekvivalent summada; hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun – 750 ming AQSh dollarigi ekvivalent summada; majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchilar uchun – 1 mln. AQSh dollariga ekvivalent miqdordagi summada. qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘urtalovchilar uchun (agar faoliyat mavzusi faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) – 3 mln. AQSh dollariga ekvivalent summada;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-sonli Qaroriga asosan sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini belgilandi. Unga ko‘ra:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-sonli Qaroriga asosan sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga binoan 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlarini belgilandi. Unga ko‘ra:
  • umumiy sug‘urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada;
  • hayotni sug‘urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada;
  • majburiy sug‘urta bo‘yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada;
  • faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada.
  • Faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari (sug‘urtalovchilar) 2010-yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatda ustav kapitali miqdorlarini yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqlashtirilishi talab etilgan.
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligiga Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2010-yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur ustav kapitalining eng kam miqdorlarning yuqoridagi talablariga javob bermaydigan sug‘urtalovchilarning litsenziyalari amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va tugatish bo‘yicha choralar ko‘rsish yuklatilgan. Sug‘urtalovchilarning firma nomida ilgari tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning nomi bilan bir xil yoki ular bilan chalkashtirib yuboriladigan darajada o‘xshash belgilar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, sug‘urtalovchilarning filiallari, shuningdek unitar korxona shaklida boshqa sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning nomlari bundan mustasnodir.
  • Huquqiy jihatdan sug‘urta tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan, uning hududida sug‘urta faoliyatini (sug‘urta shartnomalarini tuzish; sug‘urta zahiralari va fondlarini shakllantirish; vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini daromadli obyektlarga, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish va boshqalar) amalga oshiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shaklning asoslangan strukturasini tashkil qilishi mumkin.
  • Sug‘urta tashkilotlarining resurslari va aylanma mablag‘lari to‘la mustaqil hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlari boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarini qayta sug‘urtalash va birgalikda sug‘urtalash asosida qurishlari mumkin.

Yüklə 25,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin