Asug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari


Boshqarishning bunday tashkiliy tuzilishida har bir xodim, u qanday darajada ishlayotganligidan qat’iy nazar, u faqatgina o‘z vakolatlari doirasida qilgan va qilmagan ishlarigagina javob beradi



Yüklə 25,69 Kb.
səhifə4/8
tarix25.12.2023
ölçüsü25,69 Kb.
#196099
1   2   3   4   5   6   7   8
Abdurashidov ABDURAXMONNING Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

Boshqarishning bunday tashkiliy tuzilishida har bir xodim, u qanday darajada ishlayotganligidan qat’iy nazar, u faqatgina o‘z vakolatlari doirasida qilgan va qilmagan ishlarigagina javob beradi.

  • Boshqarishning bunday tashkiliy tuzilishida har bir xodim, u qanday darajada ishlayotganligidan qat’iy nazar, u faqatgina o‘z vakolatlari doirasida qilgan va qilmagan ishlarigagina javob beradi.
  • Xodimning xatosi uchun boshliq faqatgina o‘zining rahbarlik majburiyatlarini bajarmagan hollardagina javob beradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar rahbar, birinchidan, xodimlarni yetarlicha o‘rganib tanlamaganda, ikkinchidan, xodim bilan tegishli instruktaj o‘tkazmagan bo‘lsa, uchinchidan, o‘z xodimlari harakatini nazorat qilmagan bo‘lsa, to‘rtinchidan, xodimni o‘z vaqtida tartibga chaqirmagan bo‘lsa.
  • Rahbarlik va harakat uchun mas’uliyatlarni aniq taqsimlanishi xatolik uchun kim javob berishini aniqlashda muhim omil hisoblanadi.
  • Barcha darajalardagi xodimlar faoliyatining tahlili sug‘urta kompaniyasining intelektual potensial (salohiyat)ini aniqlab beradi.
  • Sug‘urta kompaniyasining yuqori rahbariyati bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
  • Sug‘urta kompaniyasining har bir bosqichdagi umumiy maqsadlarini belgilash.
  • Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining tegishli strategiyasini ishlab chiqish va rejalashtirish.
  • Boshqarish (menejment) strukturasini ishlab chiqish.
  • Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish.
  • Moliyaviy siyosatni belgilash.
  • Faoliyat sohalarini (shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta. javobgarlik sug‘urtasi, qayta sug‘urtalash) shakllantirish.
  • Faoliyat sohalarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
  • Kadrlar va ijtimoiy masalalarni xal etish.
  • Sug‘urta kompaniyasini faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturasi shuni bildiradiki, sug‘urta kompaniyasining funksiyalari xodimlarning qobiliyatlaridan (malakalaridan) kelib chiqib emas, balki mazkur tashkiliy tuzilmaga mos ravishda shakllantiriladi.
  • Sug‘urta faoliyatida uzoq va katta tajribaga ega bo‘lgan Rossiyaning aksioner sug‘urta jamiyatlari tashkiliy tuzilmasining tarixiy tajribasi e’tiborga molikdir (1827-1917). Har bir aksionerlik sug‘urta jamiyati ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritgan. Aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori 7 % qilib chegaralangan. Sug‘urta jamiyatlarining aksiyalari fond birjalarida erkin muomalada bo‘lgan. Qoida bo‘yicha, aksiyadorlar sug‘urtalanuvchilar bo‘lganlar. Aksionerlik sug‘urta jamiyatining oliy organi aksionerlarning yillik yig‘ilishi bo‘lib, Boshqaruv xay’ati va direktorlar Kengashini 5-yil muddatga saylagan.
  • Aksionerlik sug‘urta jamiyatlari tarkibida bir nechta bo‘limlar bo‘lgan: tashkiliy, nazorat-taftish, yong‘inga qarshi kurash, statistika va arxiv, ta’minot hamda markaziy buxgalteriya. Rossiyaning 1864-1917-yillardagi birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi ham qiziqish uyg‘otadi. Barcha birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Nizomlar asosida faoliyat yuritganlar. Bunday nizomlarning xususiyati shundan iborat bo‘lganki, tashkiliy tuzulma va faoliyat masalalari bilan bir qatorda polis shartlari (sug‘urta shartnomasining asosiy moddalari) ham aks ettirilgan. Qayta sug‘urtalangan mulk uchun sug‘urtalanuvchilar oldida ular sug‘urta summasiga mos ravishda to‘liq javob berganlar.

Yüklə 25,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin