At "Ipoteka-Bank"


IV. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 84,91 Kb.
səhifə6/12
tarix16.08.2023
ölçüsü84,91 Kb.
#139537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ipoteka Bank original

IV. BANKNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Bankning huquqlari:
- mustaqil ravishda, omonatchilar va qarz oluvchilar bilan kelishuv bo'yicha depozitlar
va beriladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini belgilash;
- boshqa banklardan mablag'larni depozit yoki kredit ko'rinishida jalb etish va boshqa
banklarda mablag'larni depozit yoki kredit ko'rinishida joylashtirish;
- aktiv va passiv operasiyalarni o'tkazish uchun foiz stavkalarini hamda bank
operasiyalari bo'yicha vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash;
- hisob-kitoblarni tashkil etilgan hisob-kitob markazlari va vakillik
hisobvaraqlari orqali amalga oshirish;
- o'z moliyaviy xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan, lisenziya va
ustavda nazarda tutilgan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa harakatlar va operasiyalarni
qonunchilik doirasida amalga oshirish;
- kreditlanayotgan korxona va tashkilotlardan ularning to'lov qobiliyatini, hamda
berilgan kreditning taʻminlanganligini tasdiqlovchi hisobotlar, balanslar va hujjatlar
olish;
- kredit taʻminoti bo'yicha garov, kafolat, kafillik va majburiyatlarning
etarliligini hisobga oluvchi ichki normativ tartibni o'rnatish;
- Bank xizmat ko'rsatadigan tashkilotlardan moliyaviy xo'jalik faoliyati haqida
ishonchli maʻlumotlar olish;
- qonunchilikda belgilangan tartibda sho'ʻba va tobe jamiyatlarini tashkil qilish,
sho'ʻba va tobe jamiyatlarga investisiyalar kiritish;
- korxonalar, tashkilotlar va boshqa tijorat bo'linmalarni tashkil etish va ular
xo'jalik faoliyatida o'zining mablag'lari bilan xolding, shuningdek ulush asosida ishtirok
etishamaldagi qonunchilikka zid bo'lmagan bitimlarni o'z nomidan amalga oshirish, mulkiy
va nomulkiy huquq va majburiyatlarni olish, sudlarda daʻvogar va javobgar sifatida
ishtirok etish;
- kreditlanayotgan obʻektlarni qurish, kengaytirish, qayta taʻmirlash, texnik
qurollantirish bo'yicha loyixa qarorlarining ekspertizadan o'tkazilishini talab qilish;
- kredit shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, kreditning
berilishini to'xtatish va berilgan kreditlarni muddatidan oldin undirish;
- korxona va tashkilotlarning to'lov qobiliyati yo'qligini eʻlon qilish haqida sud
organlariga amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning mablag'larini maxsus uy-joy-ssuda-jamg'arma
hisobvaraqlarida jamg'arish hamda ularni muomalaga kiritish borasidagi ishlarni tashkil
qilish;
- uy-joylarni barpo etishga oid loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini
o'tkazishga mablag' sarflash;
- barcha soliqlar va majburiy to'lovlar to'langandan keyin Bank ixtiyorida qolgan sof
foyda hisobidan zahiralar va fondlar tashkil etish;
- bank operasiyalarini amalga oshirishga doir qarorlarni mustaqil qabul qilish;
- xomiylik va xayriya faoliyatini amalga oshirish;
- amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega.
4.2. Bankning majburiyatlari:
- Markaziy bankda mablag'lar zaxirasini yaratish hamda Bankning barqarorligini
taʻminlash va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bank
tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etish;
- Markaziy bankning topshirig'iga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetining
kassa ijrosiga doir operasiyalarni bajarish;
- o'z faoliyatiga doir hisobot va boshqa axborotni Markaziy bankka o'z vaqtida taqdim
etish;
- beriladigan kreditlarni taʻminlash bo'yicha garov, kafolat, kafillik va
majburiyatlarning etarliligini hisobga oluvchi ichki normativ tartibni o'rnatish;
- Markaziy bank tomonidan belgilangan tartib va miqdorlarda bank kredit portfeli
(yoki aktivlari) va balansdan tashqari majburiyatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan yoki
mavjud zararlarni qoplash uchun qiymat summasini o'zida aks ettiradigan bankning barcha
kreditlari (yoki boshqa aktiv hisobvaraqlari) bo'yicha zararlarni qoplash uchun zaxiralarni
tashkil etish;
- o'z mijozlari va vakillarining operasiyalari, hisobvaraqlari hamda jamg'armalariga
doir maʻlumotlarni, shuningdek bank sirini tashkil etuvchi boshqa maʻlumotlarni sir
saqlash;
- amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda o'z faoliyati haqidagi axborotlarni
matbuotda eʻlon qilish;
- bankda ichki audit va ichik nazorat xizmatini tashkil qilish;
- bank operasiyasiga doir hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda
o'z arxivida saqlash.
Shuningdek, Bank:
- amalga oshirilgan investisiyalarning turlari yoki shakllariga;
- ko'chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga egalik qilishga;
- boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya
etishi lozim.
4.3. Bank Markaziy bankning bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzish bo'yicha
normativlariga rioya etishi shart. Shuningdek, bank o'ziga aloqador bo'lgan shaxslar bilan
yoki ular nomidan tuzadigan shartnomalarni o'ziga aloqador bo'lmagan shaxslar bilan
tuzadigan shartnomalarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslangan holda tuzishi mumkin
emas4.4. Mijozlarning Bankdagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun
qo'yilgan pul mablag'lari hamda boshqa qimmatliklari faqat qonun hujjatlarida
belgilangan hollarda va tartibda xatlanishi yoki ularga undiruv qaratilishi mumkin.
4.5. Bank sirini tashkil etuvchi maʻlumotlar sudga, sud ijrochisiga, prokuratura,
tergov va surishtiruv, davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek qonunchilikda ko'zda
tutilgan boshqa shaxslarga qatʻiy ravishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
taqdim etiladi.
4.6. Mijozlar shubhali va gumonli operasiyalarni amalga oshirgan taqdirda, pul
mablag'lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog'liq operasiyalar to'g'risidagi axborot jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga
qarshi kurashish choralarini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organiga qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Yüklə 84,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin