At "Ipoteka-Bank"



Yüklə 84,91 Kb.
səhifə3/12
tarix16.08.2023
ölçüsü84,91 Kb.
#139537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ipoteka Bank original

I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki (matn davomida “Bank”
deb nomlanadi), kredit tashkiloti bo'lib, O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank
faoliyati to'g'risida”gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-10-sonli qaroriga muvofiq, davlat aksiyadorlik
uy-joy jamg'arma banki “O'zuyjoyjamg'armabank” hamda “Zamin” davlat aksiyadorlik ipoteka
banki aksiyadorlarining 2005 yil 16 apreldagi qo'shma umumiy yig'ilishi qaroriga asosan
tashkil etilgan.
1.2. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki, “O'zuyjoyjamg'armabank”
davlat aksiyadorlik uy-joy jamg'arma banki hamda “Zamin” davlat aksiyadorlik ipoteka
banki negizida tashkil etilgan bo'lib, ularning barcha xuquq va majburiyatlari bo'yicha shu
jumladan, mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlari, shuningdek yuridik va jismoniy
shaxslarning pul mablag'lari saqlanishi hamda o'z vaqtida qaytarilishini kafolatlash
bo'yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
1.3. Bankning asosiy vazifalari quyidagilar:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan
mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investisiyalash uchun foydalanish;
to'lovlarni amalga oshirish;
yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish
tizimini joriy etish;
yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va aholi uchun turar joylar barpo etadigan
xo'jalik yurituvchi subʻektlarga kredit olishda ko'maklashish;
uy-joy qurilishi uchun ipoteka krediti berishni rivojlantirishga xorijiy
investisiyalar, jumladan kreditlarni, shuningdek xalqaro va mahalliy moliya institutlari
investisiya hamda grantlarini jalb etish;
respublika mintaqalarida Bankning ixtisoslashtirilgan xizmatlaridan aholining
keng foydalanishini taʻminlaydigan filiallar shoxobchasini rivojlantirish;
zamonaviy, tejamli, bozorda talab yuqori bo'lgan qurilish materiallari ishlab
chiqaruvchi korxonalarni kredit bilan taʻminlash.
1.4. Bank O'zbekiston Respublikasining bank tizimiga kiradi va o'z faoliyatida
O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining meʻyoriy hujjatlari, shuningdek mazkur Ustavga amal qiladi.
1.5. Bankning to'liq nomlanishi:
Davlat tilida: “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki
Davlat tilida Bankning qisqartirilgan nomlanishi: “Ipoteka-bank” ATIB
Lotin grafikasiga asoslangan o'zbek alifbosida: “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat
ipoteka banki
Lotin grafikasiga asoslangan o'zbek alifbosida Bankning qisqartirilgan nomlanishi:
Ipoteka-bank” ATIB
Rus tilida : Акционерный коммерческий ипотечный банк “Ипотека-банк”
Rus tilida bankning qisqartirilgan nomlanishi : АКИБ “Ипотека-банк”
Ingliz tilida: Joint-stock commercial mortgage bank “Ipoteka-bank”
Ingliz tilida bankning qisqartirilgan nomlanishi: JSCMB“Ipoteka-bank”
Bankning elektron pochta manzil : info@ipotekabank.uz
Bankning ramit web-site : www.ipotekabank.uz

Yüklə 84,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin