BANK TOG’RISIDAGI MA’LUMOT
Aksiyadorlik tijorat ipoteka banki "Ipoteka-bank"
Litsenziyalar haqida ma’lumot yo’q
Bosh ofis 100000, г. Ташкент, Улица Шахрисабз, 30
Ish tartibi Пн-Пт с 9:00 до 18:00
Rasmiy veb-sayti http://www.ipotekabank.uz
E-mail info@ipotekabank.uz
Viloyat filiallari Bank sahifasifa o’tish AT "Ipoteka-Bank"
Telefon +998 (71) 150-89-56
Ustavi\Nizomi
O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI
. Assotsiatsiya haqida . . Umumiy ma'lumotlar . . Nizom . . Assotsiatsiya tarixi . . Assotsiatsiya a’zolari . . O'BA ijroiya direktsiyasi tuzilmasi . . Assotsiatsiya tuzilmasi . . Rahbariyat . . Qo'mitalar . . Hisobotlar, sharhlar, statistika . . O’quv kurslari o’tkazish rejasi . . Infratuzilma va hamkorlik . . Xalqaro aloqalar . . Elektron hukumat . . Bo'sh ish o'rinlari . . Rekvizitlar
• Bosh sahifa
• Assotsiatsiya haqida
• Nizom
Nizom
«O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI»NIZOMI
(yangi tahrirda)
Toshkent - 2018 y.
1. Umumiy qoidalar
1.1. «O’ZBEKISTON BANKLARI ASSOTSIATSIYASI» (bundan buyon «Assotsiatsiya» deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining ko’ngilli birlashmasi bo’lib, Assotsiatsiyaning ta’sis hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 4 sentyabrda 876-son bilan qayta davlat ro’yxatidan o’tgan. Assotsiatsiya a’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining 2010 yil «21» dekabrdagi bayonnomasiga asosan Assotsiatsiya ta’sis hujjatlarini yangi tahrirda qabul qilish to’g’risida qaror qabul qilingan.
1.2. Assotsiatsiya o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
1.3. Assotsiatsiya a’zolari quyidagilar hisoblanadi :
- O’zbekiston Respublikasi Tashqi iktisodiy faoliyat Milliy Banki, Toshkent shahri - 100084, Amir Temur shoh ko’chasi, 101.
- «Agrobank» ATB, Toshkent shahri - 100096, manzili: Muqimiy ko’chasi, 43.
- «Xalq banki» ATB, Toshkent shahri - 100000, Amir Temur shoh ko’chasi, 3.
- ATB «O’zsanoatqurilishbank», Toshkent shahri - 100000, Shaxrisabz ko’chasi, 3.
- «Asaka bank» ATB, Toshkent shahri - 100015, Nukus ko’chasi, 67.
- «Mikrokerditbank» ATB, Toshkent shahri - 100096, Lutfiy ko’chasi, 14.
- «Qishloq qurilish bank» ATB, Toshkent shahri - 100011, Navoiy ko’chasi, 18 “A”.
- «Ipak yuli» AITB, Toshkent shahri – 100017, A. Qodiriy ko’chasi, 2.
- «Kapital bank» ATB, Toshkent shahri - 100047, Sayilgox ko’chasi, 7.
- «Savdogar bank» chet el kapitali ishtirokidagi ATB, Toshkent shahri - 100060, Said Baraka ko’chasi, 78.
- «Turon bank» ATB, Toshkent shahri – 100011, Abay ko’chasi, 4 “A”.
- «Trastbank» XAB, Toshkent shahri – 100038, Navoiy ko’chasi, 7.
- «UT bank» O’zbek-Turk ATB, Toshkent shahri – 100043, Bunyodkor shoh ko’chasi, 15/V.
- «Ipoteka bank» ATIB, Toshkent shahri – 100000, Mustaqillik ko’chasi, 17.
- «Aloka bank» ATB, Toshkent shahri - 100047, Amir Temur shoh ko’chasi, 4.
- «Xamkorbank» ATB, Andijon shahri - 170119, Bobur shoh ko’chasi, 85.
- «Turkiston bank» XATB, Toshkent shahri - 100208, Zargarlik ko’chasi, 48 “A”.
- «UzKDB Bank» AKB, Toshkent shahri - 100047, Buxoro ko’chasi, 3.
- «Universal bank» XATB, Farg’ona viloyati, Qo’qon shahri, Shohruxobod ko’chasi.
- «Asia Alliance Bank» ATB, 100047, Toshkent shahri, Taraqqiyot ko’chasi, 2 “A”.
1.4. Assotsiatsiyaning yuridik nomi:
O’zbek tilida to’liq nomlanishi: «O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi»
Rus tilida to’liq nomlanishi: «Assotsiatsiya bankov Uzbekistana».
Ingliz tilida to’liq nomlanishi: «Uzbekistan banking Association»
1.5. Assotsiatsiyaning pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qoratosh ko’chasi, 1-uy, pochta indeksi: 100027.
1.6. Assotsiatsiya faoliyat muddati cheklanmagan.
2. Assotsiatsiyaning yuridik maqomi
2.1. Assotsiatsiya notijorat tashkilot maqomiga ega bo’lgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining ixtiyoriy birlashmasi hisoblanib, o’zining alohida mulkiga, mustaqil balansiga, bank muassasalaridagi hisob va boshqa raqamlariga, o’z nomi yozilgan va belgisi tushirilgan muhr, shtamp, blanklari va ramziga ega.
2.2. Assotsiatsiya o’z nomidan shartnomalar tuzadi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarga va majburiyatlarga ega bo’ladi, sudda va hakamlik sudlarida da’vogar va javobgar bo’ladi.
2.3. Assotsiatsiya faqat o’z mulki doirasida o’z majburiyatlari bo’yicha javobgardir. Assotsiatsiya davlat majburiyatlari bo’yicha, davlat esa Assotsiatsiya majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.
2.4. Assotsiatsiya yuridik shaxs maqomiga ega sho’’ba korxonalar, shuningdek filiallar, vakolatxonalar, bo’linmalar va joriy hamda hisob raqamlarini ochish huquqiga ega bo’lgan boshqa alohida bo’linmalar tuzishi yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo’jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
2.5. Assotsiatsiyaning asosiy maqsadlari:
- bozor islohotlarini amalga oshirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlashda tijorat banklarining rolini kuchaytirish;
- milliy iqtisodiyotni, uning etakchi tarmoqlaridagi tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hisobiga raqobatbardoshligini ta’minlovchi bank tizimini rivojlantirishning mustahkam asosi sifatida bank sohasi infratuzilmasini takomillashtirish;
- davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, xususiy mulkning ustuvorligi va huquqlari himoyasini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni amalga oshirish sharoitida tijorat banklarining mustaqilligini rivojlantirishga ko’maklashish;
- O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi a’zolari bo’lgan tijorat banklarining xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga o’z maqsadlarini amalga oshirishda har tomonlama ko’maklashish.
Dostları ilə paylaş: |