1. Abdullayev M.J., Olimov M.S., To‘xtaboyev N.T. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi. Darslik, -Toshkent: “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2017
y. 620 b.
Abdullayev M.J. Sport mahoratini oshirish (Yengil atletika). Darslik. – Toshkent: “Cho‘lpon nomidagi nashriyot va matba ijodiy uyi”, 2019 y. 472 b.
Normurodov A.N. Yengil atletika. Toshkent: O‘quv-uslubiy qo‘llanma. ToshDShI 2002 yil.
Niyozov I. Yengil atletika. Farg‘ona: O‘quv qo‘llanma. Farg‘onanashriyoti 2005 yil.
8-Mavzu. Yugurish texnikasi asoslari.
Koʼhna Yunoniston qoyatoshlaridan birida taxminan 2,5 ming yillar ilgari yozilgan quyidagi: “Аgar kuchli boʼlishni istasang – yugur, agar chiroyli boʼlishni istasang – yugur, agar aqlli boʼlishni xohlasang - yugur”, degan yozuvlar topilgan. Maʼlum boʼlishicha, yugurish sportning asosiy turi hisoblangan. Yengil atletikada qisqa masofaga (sprinterlik), yaʼni 60, 100, 200, 400 metrga; estafetali – 4x100 m, 4x200 m, 4x400 m li masofaga; oʼrta va uzoq masofalarga, yaʼni 1000 m ga (stayerlik) yugurish; marafon (42 km 195 m) yugurish kabi yengil yugurish turlari mavjud. Bulardan tashqari, uzoq masofalarga (5 km dan 80 km gacha) ham yuguriladi.
Mahalliy sharoitda yugurish kross yugurish deb yuritiladi. Oʼquv bilim yurti dasturida, yengil atletika darslarida qisqa masofalarga (30-60 m) va chidamlikka (1000 m) yugurish tavsiya etiladi. Tekis yugurish, tekis maydon yoki stadionlarda oʼtkaziladi. Yurish yoʼlakchasi kamida 80 m boʼlishi zarur (har 15-20 m da toʼxtash masofasi boʼladi). Bunday joylardan qisqa masofalarga yugurish musobaqalari oʼtkazishda ham foydalaniladi. Аgar bilim yurti oʼquvchi-talabalari sport maydonida shugʼullanishlarining iloji boʼlmasa, unda oʼquv bilim yurtiga yaqin boʼlgan istirohat bogʼlarining yoʼlakchalaridan foydalanishlari mumkin. Tanlangan joy yaxshi koʼrinishga ega boʼlib, qulay boʼlishi lozim, shunda muyulishdan kelayotgan velosiped yoki piyodalar bilan toʼqnashib ketilmaydi.
Yugurishni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga boʼlish mumkin: start, tezlanish, masofani oʼtish, finish.
Yaqin masofalarga past start qoʼllaniladi. Аgar undan oʼrinli foydalanilsa, qisqa vaqt ichida maksimal tezlikka erishish imkoniga ega boʼlinadi.
Oʼrta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori start qoʼllaniladi. Bu yugurishdan unumli foydalanilsa, masofaning dastlabki metrlaridayoq ilgarilab ketishga erishiladi.