2Ar (H ) = 2 • 1,00797 = 2,01594 Ar(O) = 1 • 15,9994 = 15,9994 Mr(H2O) = 2,01594 + 15,9994 = 18,01534 Demak, suvning molekular massasi 18,01534 ga yoki yaxlitlaganda 18 ga teng. Nisbiy molekular massa berilgan modda molekulasining massasi 12C atomi massasining 1/12 qismidan necha marta katta ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, suvning molekular massasi 18 ga teng. Bu degan so‘z, suv molekulasining massasi 12C atom massasining 1/12 qismidan 18 marta katta demakdir. Nisbiy molekular massa — moddalaming asosiy xarakteristikalaridan biridir.
1.Avogadro qonuni oddiy gazlar tarkibiga kiradigan atomlarning massalarini topishga imkon beradi.Ko’p gazlar ikki atomli bo’lgani uchun ,atom massani topishda molekulyar massa 2 ga bo’linadi.
2.Atom massani aniqlash italiyalik olim S.Kannisaro tomonidan taklif etilgan bo’lib, mokekulyar massasi aniqlanishi kerak bo’lgan moddaning imkoni boricha ko’proq uchuvchan birikmasi yoki gaz holatda bo’lgan hosilasi olinadi.
Kannisaro usuli bo’yicha uglerodning atom massasini aniqlash
Uglerodning atom massasi 12 a.u.b. ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bu usulning kamchiligi shundaki, usul faqat gaz moddalarning yoki oson bug’lanuvchan moddalarnigina molekulyar massasini tajribada o’lchab so’ngra elementning atom massasini topishga imkon beradi.