Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja


Eng muhim qaytaruvchilarga



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə14/37
tarix16.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#183333
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list

Eng muhim qaytaruvchilarga–metallar, H2, ko’mir, CO, H2S, SO2, H2SO3, HI, HBr, HCl, SnCl2, FeSO4, MnSO4, Cr2(SO4)3, HNO2, NH3, N2H4, NO, H3PO3, aldegidlar, spirtlar, chumoli va oksalat kislotalar, glyukoza, elektrolizda katod kiradi.
Eng muhim oksidlovchilarga galogenlar, KmnO4, K2MnO4, MnO2, K2Cr2O7, K2CrO4, HNO3, O2, O3, H2O2, kons. H2SO4, H2SeO4, CuO, Ag2O, PbO2, Ag+, Au+3, FeCl3, zar suvi, kons. HNO3 va HF larning aralashmasi, elektrolizda anod kiradi.
2. Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishning ikki xil usuli - elektronlar balansi usuli bilan yarim reaksiyalar usuli qo’llaniladi.
Elektronlar balansi usuli: Bu usulda boshlang’ich va oxirgi moddalardagi atomlarning oksidlanish darajalari taqqoslanadi, bunda qaytaruvchi bergan elektronlar soni oksidlovchi biriktirib olgan elektronlar soniga teng bo’lishi kerak. Tenglama tuzish uchun reaksiyaga kirishayotgan moddalarning va reaksiya mahsulotlarining formularini bilish kerak. Reaksiya mahsulotlari tajriba yo’li bilan yoki elementlarning ma’lum xossalari asosida aniqlanadi. Masalan, 1-misol.
Cu0 + Pd+2(NO3)2  Cu+2(NO3)2 + Pd0
Cu0 – 2e-  Cu+2  2  1
Pd+2 + 2e-  Pd0 2 1
Cu + Pd(NO3)2 = Cu(NO3)2 + Pd
2-misol. HCl- + Mn+4O2  Cl20 + Mn+2Cl2 + H2O
2Cl-1 – 2e- = Cl2 2 1
Mn+4 + 2e- = Mn+2 2 1
4HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2H2O
3-misol. H2S-2 + KMn+7O4 + H2SO4  S0 + Mn+2SO4 + K2SO4 + H2O
S-2 – 2e- = S0 2 5
Mn+7 + 5e- = Mn+2 5 2
5H2S + 2KmnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O
Yarim reaksiyalar usuli, ya’ni ion-elektronli usul: Nomidan ko’rinib turibdiki, bu usul oksidlanish jarayoni va qaytarilish jarayoni uchun ionli tenglamalarni tuzish va ularni umumiy tenglama tarzida birlashtirishga asoslangan. Misol uchun, ozroq kislota qo’shilgan KMnO4 eritmasi orqali H2S o’tkazilganda pushti rang yo’qoladi va eritma loyqalanadi.
H2S  S + 2H+ H2S – 2e- = S + 2H+ oksidlanish jarayoni
MnO4-  Mn+2 MnO4- + 8H+ = Mn+2 + 4H2O
MnO4- + 8H+ + 5e- = Mn+2 + 4H2O qaytarilish jarayoni
Reaksiyaning umumiy tenglamasini tuzish uchun oldin berilgan va biriktirib olingan elektronlar sonini tenglashtirib, so’ngra yarim reaksiyalarning tenglamalarini hadma-had qo’shish kerak.
H2S - 2e- = S + 2H+ │2 │5
MnO4- + 8H+ + 5e- = Mn+2 + 4H2O │5 │2
5H2S + 2MnO4- + 16H+ = 5S + 10H+ + Mn+2 + 8H2O
Tenglamaning ikkala qismini 10H+ ga qisqartirsak yakuniy tenglama olinadi: 5H2S + 2MnO4- + 6H+ = 5S + 2Mn+2 + 8H2O
5H2S + 2MnO4- + 6H+ = 5S + 2Mn+2 + 8H2O
2K+ + 3SO4-2 = 2K+ + 3SO4-2
5H2S + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5S + 2MnSO4 + K2SO4 + 8H2O
3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi.
Odatda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining uch turi: molekulalararo, ichki molekulyar va disproporsiyalanish reaksiyalari bo’ladi.
Molekulalararo reaksiyalarga oksidlovchi va qaytaruvchi turli moddalarda bo’ladigan reaksiyalar kiradi. Bitta elementning atomlari turli xil oksidlanish darajalarida bo’ladigan har xil moddalar orasidagi reaksiyalarni ham ana shu turga kiritish kerak:
2H2S-2 + H2S+4O3 = 3S0 + 3H2O 5HCl-1 + HCl+5O3 = 5Cl20 + 3H2O
Ichki molekulyar reaksiyalarga oksidlovchi bilan qaytaruvchi bitta moddaning o’zida bo’ladigan reaksiyalar kiradi. Bu holda oksidlanish darajasi musbatroq bo’lgan atom oksidlanish darajasi kichikroq atomni oksidlaydi. Termik parchalanish reaksiyalari ana shu tur reaksiyalarga kiradi, masalan,
2NaN+5O3-2 = 2NaN+3O2 + O20 2KCl+5O3-2 = 2KCl-1 + 3O20
Tarkibidagi bitta elementning atomlari turli xil oksidlanish darajalariga ega bo’ladigan moddalarning parchalanishini ham ana shunday reksiyalar qatoriga kiritiladi, masalan,
N-3H4N+3O2 = N20 + 2H2O N-3H4N+5O3 = N2+1O + 2H2O
Disproporsiyalanish reaksiyasining borishida bitta element atomlarining oksidlanish darajalari bir vaqtning o’zida ortadi ham kamayadi. Bunda boshlang’ich modda hosil qilgan birikmalarning birida atomlarning oksidlanish darajalari yuqori, ikkinchisida esa pastroq bo’ladi. Bunday reaksiyalar molekulasida oraliq oksidlanish darajasiga ega bo’lgan atomlar bor moddalardagina bo’ladi. Masalan, molekulasidagi Mn oraliq oksidlanish darajasi +6 ga ega bo’lgan (+7 bilan +4 orasida) K2MnO4 ning o’zgarishini ko’rsatish mumkin. Bu tuzning eritmasi chiroyli to’q yashil tusli (MnO4-2 rangi) bo’ladi, lekin eritmaning rangi qo’ng’irga o’zgaradi. Bu MnO2 cho’kmasi tushishi va MnO4-1 ioni hosil bo’lishi tufaylidir. Quyidagicha reaksiya sodir bo’ladi:
3K2Mn+6O4 +2H2O = 2KMn+7O4 + Mn+4O2 + 4KOH
Mn+6 – e- = Mn+7 │1│2
Mn+6 + 2e- = Mn+4 │2 | 1
3K2MnO4 +2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH

Quyidagi reaksiyalar ham disproporsiyalanish reaksiyalari qatoriga kiradi:


3HN+3O2 = HN+5O3 + 2N+2O + H2O
Cl20 + H2O HCl+1O + HCl-1

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin