Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə11/37
tarix16.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#183333
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RUYXATI


1.Мухленов И.П. Практикум по обќей химической технологии. М:Вўсшая школа, 1973.
2. Атрошенко В.И. Курс технологии связанного азота М:Л: Химия 1968.
3. Атрошенко В.И. Технология связанного азота М-Л. Госхим изд.

  1. Позин М.Е. Руководство к практическим занятиям по технологии неоргонические вешеств. Л.: Химия 1980.

  2. Позин М.Е. Технология минералнœх удобрений и солей. М.: Госхимиздат 1957.

  3. Позин М.Е. Технология минералнœх солей. М.: Госхимиздат 1961.

  4. Мухленов И.П. Практикум по общей химической технологии. М:Высшая школа, 1973.



Suvning ion kopaytmasi, vadarod korsatkichning axamiyati. Bufer eritmalar.

Reja:

1.Suvning ion kopaytmasi
2.Vadarod korsatkichning axamiyati.
3. Bufer eritmalar

Suv ham kuchsiz elektrolitlarga kiradi. Lekin, suv molekulasi oz bo’lsada ionlarga disotsilanadi:


H2O = H++OH-
Suv uchun dissotsiyalanish konstantasining qiymati yozilsa:
[H+]*[OH-]
Kd= -------------- = 1,8*10-16 (200C da)
[ H2O]

Agar shu qiymat asosida [H+]*[OH-] ko’paytma topilsa, u suvning ion ko’paytmasi deyiladi.


Kw= [H+]*[OH-]= Kd*[H2O]= 1,8*10-16*1000/18= 1*10-14

Kw – suvning ion ko’paytmasi ; Kw= 1*10-14


Agar eritmada [H+] =[OH-] bo’lsa muhit neytral muhit hisoblanadi.
Bunda [H+]= [OH-] = 10-7 mol/l ga teng bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa [H+] ionlari 0 dan 10-7 mol/l gacha bo’ladi.
Agar muhit kislotali bo’lsa [H+] ionlari 10-7 mol/l dan 10-14 mol/l gacha bo’ladi.
Lekin vodorod ionlari konsentrasiyasi orqali hisoblashlarda juda kichik sonlar ishlatilgani uchun bunday hisoblar anchagina qiyinchiliklar yuzaga keltiradi. Hisoblashlarni osonlashtirish uchun vodorod ko’rsatkich yoki pH qabul qilingan.
Vodorod ko’rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentrasiyasini teskari ishora bilan olingan o’nli logarifmi tushuniladi.
pH = - lg [H+]
Shunga o’xshash pOH= - lg [OH-]
Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng.
Hisoblashlarga ko’ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o’zgaradi.
Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha sonlar qabul qiladi.
[H+]*[OH-]= 10-14  qiymat logarifmlansa , unda pH + pOH = 14 ga teng.
Oxirgi tenglama pH ma’lum bo’lsa pOH ni yoki teskarisini topishga imkon beradi.
Suv o`ta kuchsiz elеktrolit  H2O = Н+ + ОН
ya'ni 1 litr suvdagi suv molеkulalari umuman dissotsiatsiyalanmaydi dеb qaralsa



Distilangan suvdagi [Н+] va [ОН] ionlari kontsеntratsiyalarini ko`paytmasi ИКH2O = [Н+] * [ОН] suvning ion ko`paytmasi dеb ataladi, uning qiytmati Кdis (H2O)dan albatta farq etadi
+] * [ОН] = КH2O * [H2O] =1,810-16 * 55,56 = 1*10-14
Dеmak suvning ion ko`paytmasi doimiy son bo`lib 1*10-14 ga tеng. Bu tеnglikdan analitik rеaktsiyalar uchun o`ta muxim bo`lgan eritmaning рН qiymatini xisoblashda foydalaniladi.
Distillangan suvda [Н+] = [ОН] bo`lgani uchun [Н+]2 = 1*10-14
+] = √1*10-14 = 1*10-7 muxit nеytral
Suvning ion ko`paytmasini logariflab, barcha xadlarni (-1)ga ko`paytirib:
(–1) · lg[Н+] + lg[ОН] = –14 · (–1); –lg[Н+] + (–lg[ОН]) = 14
Vodorod ioni kontsеntratsiyasini manfiy logarifmi рН dеb ataladi

–lg[Н+] = рН


Dеmak suvning ion ko`paytmasining logarifmik ko`rinishi

рОН + рОН = 14
Suvli eritmalar rN qiymatlari quyidagi shkalada tavsiflanadi
+]= 10-1 10-3 10-5 10-7 10-8 10-10 10-12 10-14
‌‌рН= | 3 | | 5 | 7 | 8 10 | 12 14
Analitik kimyoda ayrim tajribalarni, ayniqsa, tekshiriladigan eritmadan ionlarni cho’ktirishda, eritmadagi vodorod ionlari konsentraciyasi aniq va doimiy bo’lishi kerak. Shuning uchun analiz jarayoni [H+] ionlari koncentraciyasini doimiy saqlab turuvchi bufer eritmalar (boshqaruvchilar) ishlatiladi. Eritma suyultirilganda yoki eritmaga oz miqdorda kuchli kislota (yoki ishqor) qo’shilganda ham pH qiymati o’zgarmaydigan kuchsiz kislota va uning tuzidan yoki kuchsiz asos va uning tuzi aralashmalaridan, shuningdek ko’p asosli kislota tuzlari aralashmalaridan iborat bo’lgan eritmalar bufer eritmalar deyiladi. Bufer eritmalar (inglizcha buffer – “buf” so’zidan olingan bo’lib, zarbani yengillash degan ma’noni bildiradi).Bufer eritmalarga quyidagi aralashmalar kiradi:
HCOONa + HCOOH,
CH3COOH + CH3COONa,
NH4OH + NH4Cl,
Na2HPO4 + NaH2PO4 va boshqalar.
Bufer eritmalarning bufer ta`siri qo’shiladigan kislota yoki ishqorni Н+ yoki ОН- ionlarini bog’lab, kuchsiz elektrolit hosil qilishiga asoslangan.

Ayrim moddalarning bufer eritmalari

Modda

pH

0,05M kaliy tetraoksalat digidrat eritmasi
(KH3C4H4O8∙2H2O; M.m. 254,19)

1,679 (25 °C)

Kaliy gidrotartratning to’yingan eritmasi (≈ 0,025M)
(KHC4H4O6; M.m. 188,178)

3,567 (25 °C)

0,05M kaliy digidrotsitrat
(KH2C6H5O7; M.m. 230,215)

3,776 (25 °C)

0,05M kaliy gidroftalat eritmasi
(KHC8H4O4; M.m. 204,223)

4,008 (25 °C)

Piperazin fosfatning to’yingan eritmasi* (≈ 0,065M)
(C4H12N2HPO4∙H2O; M.m. 202,147)

6,36 (16 °C);
6,34 (18 °C)

0,05M natriy tetraborat eritmasi
(Na2B4O7∙10H2O; M.m. 381,372)

9,18 (25 °C);
9,07 (38 °C)

Eng ko’p ishlatiladigan buffer aralashmalar quyidagilar;



Aralashmaning nomi

Tarkibi

рН

1.Formiatli.

Chumoli kislota НСООН bilan natriy formiat НСООNa aralashmasi.

3,8

2.Benzoatli.

Benzol kislota С6Н5СООН bilan natriy benzoat С6Н5ООNa aralashmasi.

4,2

3.Asetatli.

Sirka kislota СН3СООН bilan natriy asetat СН3СОО Na aralashmasi.

4,8

4.Ammoniyli.

Ammiak NH4ОН bilan ammoniy xlorid NH4Cl aralashmasi.

9,2

5.Fosfatli.

Natriy digidrofosfat NaH2РОbilan natriy gidrofosfat Na2НРОaralashmasi.

6,6



Yuqоridagi kеltirilgan ma’lumоtlardan kеlib chiqqan hоlda amaliyotda bufеr eritmalar tarkibidagi kuchsiz kislоta va uning tuzi, kuchsiz asоs va uning tuzi kоntsеntratsiyalarini maqbul tarzda o’zgartirib, kеrakli pH qiymatiga ega bo’lgan bufеr eritmalar hоsil qilish mumkin.
Bufer eritmalarning vodorod ko’rsatkichi bir necha xil usullarda o’lchanishi mumkin: kolorimetrik, konduktometrik va potensiametrik.
Potensiametrik usulda pHni elektrodlardan biri (indikator bo’lib xizmat qiluvchi) vodorod ionlariga nisbatan qaytar bo’lgan, ikkinchisi esa o’rganilayotgan eritmaning xossalariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas potensialga ega bo’lgan galvanik element yordamida aniqlanadi.

Demak, bufer eritma ma`lum miqdorgacha kislota yoki ishqor qo’shilganda ham o’zining pH qiymatini saqlab qoladi.


Bufer eritmalar bufer sig’imi bilan harakterlanadi. Bufer eritmaning pH ini ko’pi bilan bir-birlikka o’zgartirish uchun unga qo’shish mumkin bo’lgan muayyan konsentrasiyali (mol/l yoki g-ekv/l bilan ifodalangan) kuchli kislota yoki ishqorning eng ko’p miqdori bufer sig’imi deyiladi.
Bufer eritmalardan analizda foydalanishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Har qanday bufer eritma kislota yoki ishqor qo’shilganda pH ning doimiyligini saqlab turuvchi muayyan bufer sig’imiga ega bo’ladi.
2. Bufer eritmadagi komponentlarning konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa, bufer sig’imi shuncha katta bo’ladi.
Masalan: 1 l HCI yoki ishqor 1 l ammoniyli bufer eritmaga qo’shilganda, o’zgargan pH ning qiymati 1-jadvalda keltirilgan.
1-Jadval

Qo’shilgan
NaOH mol/l

Ammiakli bufer eritma рН n

Qo’shilgan
HCl mol/l

Ammiakli bufer eritma
рН n

0,1 n

1 n

0,1 n

1 n

0,01
0,10
1.00

9,33
11,12
13,65

0,25
9,33
9,72

0,01
0,10
1,00

9,16
5,12
0,35

9,24
9,16
4,62

3. Tarkibida bir hil konsentrasiyali kuchsiz kislota va uning tuzi yoki kuchsiz asos va uning tuzi bo’lgan eritmaning bufer sig’imi eng yuqori bo’ladi.
4. Bufer eritmaga kislota yoki ishqor qo’shilgan sari eritmaning pH o’zgarishiga turg’unligi kamayib boradi.
Masalan: 1 l 0,1 n asetatli bufer eritmaga HCI yoki NaOH qo’shilganda рН ning (o’rtacha) o’zgarishi quyidagicha bo’ladi:
0,00 - 0,02 mol HCI yoki NaOH - 0,085 рН birligi
0,02 - 0,05 mоl HCI yoki NaOH - 0,10 рН birligi
0,05 - 0,10 mоl HCI yoki NaOH - 0,28 рН birligi

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin