FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
K. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfiddinov. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’qituvchi», 1988 yil.
K. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfiddinov. «Umumiy va anorganik kimyo», Toshkent, «O’zbekiston», 2003 yil.
N.A. Parpiev, X.R.Rahimov, A.G.Muftaqov. «Anorganik kimyo nazariy asoslari» Toshkent, «O’zbekiston», 2000yil. 479 b.
Maksudov N. X. Umumiy ximiya. K.x. injenerlik fakulteti stundentlari uchun darslik. Toshkent.; «O’qituvchi», 1977 yil.
Obshaya ximiya; Uchebnik (Pod red. Ye.M. Sokolovskiy i L.S. Rustamov X.R. Fizik kimyo: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – T. «O’zbekiston», 2000. – 487 b.
O'zbekiston respublikasida kimyo sanoatining rivojlanishi.
Reja:
O'zbekiston respublikasida kimyo sanoati
O'zbekistonda kimyo sanoatining rivojlanishi
“Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari
Kimyo sanoati og’ir sanoatning asosiy tarmog’i bo’lib, xalq xo’jaligida ahamiyati kattadir. O’zbеkiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, hozirgi zamonga mos kimyo mahsulotlarini ishlab chiqariladi, plastmassalar, sun'iy tola va sintеtik kauchuk, lak-buyoqlar, kislota va ishqorlar, dori-darmonlar, shuningdеk ko’plab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaradi. Hozirgi vaqtda kimyo sanoati mahsulotlariga bo’lgan talab kundan kunga ortmoqda, shuning uchun Rеspublikada bu sanoat tarmog’ini rivojantirishga juda katta e'tibor bеrilmoqda. Bu sanoatni rivojlantirish uchun O’zbеkistonda ham Osiyo mamlakatlari singari katta manbalarga egadir, ayniqsa gaz, nеft, gaz kondеnsatlari, elеktr quvvati, ko’mir, sanoati va qishloq xo’jaligi chiqindilari, minеral xom ashyolar hamda mеhnat rеsurslari juda ko’pdir.
O’zbеkistonda bundan tashqari osh tuzi, fosforit, kaliy tuzi, ohak, gips, oltingugurt konlari, rangdor mеtallurgiya va paxtachilik sanoat chiqindilari va boshqa xom ashyolarga boydir. Shuning uchun hozirgi zamon kimyo sanoati O’zbеkistonda rivojlanishi qulay va zururdir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda kimyo sanoatini barpo etish va uni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan xomashyo bazasi va shart-sharoitlar hammasi yetarli darajada mavjud bo’lgan bo’lsa ham kimyo sanoati nisbatan ancha kech paydo bo’ldi.
O’zbekistonda eng keksa kimyoviy ishlab chiqarish korxonasi (kichik –kichik sopol buyumlari ishlab chiqarishni hisobga olmaganda) 1906-yil Farg’onada qurilgan Neftni qayta ishlash zavoddir. Ikkinchi shunday zavod Farg’onada (Melnikov nomli) 1915-yilda qurildi. Ularda asosan kerosin olinar edi va yoritish maqsadida ishlatilgan (chiroqlarda yoqilgan). Keyinchalik Toshkentda lak-bo’yoq va soda zavodlari (1920 yil), Bekobod sement va ohak zavodlari (1926 yil) qurilib ishga tushirilgan. O’zbekiston sobiq ittifoq tarkibida eng yirik paxta yetkazib beruvchi xo’jalik bo’lgani uchun, unda kimyo sanoatining vujudga kelishi asosan paxtachilik uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarining qurilishidan boshlandi. 1940-yilda Respublikamiz kimyo sanoatining gigant Chirchiq elektrokimyo kombinati qurilib ishga tushirildi. Kombinat o’sha yilning o’zidayoq qishloq xo’jaligimiz uchun 1 ming 600 tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi. 1942-yilda Qo’qon superfosfat zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1975-yilda Olmaliq ammofos zavodlari, 2001-yilda Qizilqum fosforit zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilga kelib Respublikamizda to’yimli moddalarni 100% ga aylantirib hisoblaganda 1 mln. 592 ming tonna mineral o’g’it ishlab chiqarildi va o’g’it ishlab chiqarish bo’yicha Bolgariya, Vengriya, Polsha, Yugoslaviya, Chexoslovakiyadan ham o’zib ketdi. Hozirgi paytda O’zbekiston Yaponiya bilan taxminan teng miqdorda o’g’it ishlab chiqarmoqda.
Respublikamizda qurilish materiallarining asosi bo’lgan sement ishlab chiqarishning to’ng’ich korxonasi Bekobod sement zavodidir (1926-yil), keyingi yillarda Quvasoy (1932-yil) va Angren (1949-yil) sement zavodlari, 1968-yilda Ohangaron, 1978-yilda Navoiy sement zavodlari qurilib ishga tushirildi. Natijada Respublikamizning sementga bo’lgan ehtiyoji to’la qondirildi. Bu esa O’zbekistonda qurilish ishlarining rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Ikkinchi jahon urishidan keyingi tinch qurilish yillarida, chinni sanoati barpo etildi. Eng avval Toshkent chinni zavodi (1954-yil), keyinchalik Samarqand chinni zavodi (1975-yil), Angren chinni va sopol buyumlari ishlab chiqarish kombinati (1976-yil), Quvasoy chinni va shisha buyumlari zavodlari (1979-yil), Olmaliq (1980-yil) sulfat kislota ishlab chiqarish zavodlari, ko’pgina boshqa anorganik moddalar ishlab chiqarish korxonalari: Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati, Angren kimyometallurgiya zavodi, Qo’ytosh ruda kombinati, Muruntov tog’ metallurgiya kompleksi, Zarafshon gidrometallurgiya zavodi va boshqalar qurilib ishga tushirildi.
O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.
O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.
Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.
1969-yilda Farg’ona sun’iy tola –atsetat ipagi ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 70-80 ming tonna atsetat ipagi ishlab chiqaradi. 1982-yilda Chirchiq elektrokimyo kombinatida kaprolaktram ishlab chiqaruvchi yirik sex ishga tushirildi. Shuningdek, 1979-81-yillarda ishga tushgan Olmaliq kimyo zavodida endilikda sintetik kir yuvish vositalari, shampunlar, mashina matolari, naftalin, loklar, bo’yoqlar, bolalar o’yinchoqlari va boshqa o’nlab mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Namangan kimyo zavodida polietilen plyonkalari, Jizzax va Ohangaron plastmassa quvurlari ishlab chiqarilmoqda. Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Bulardan tashqari respublikamizda Farg’ona furan birikmalari kimyo zavodi (1942-y), Yangiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi (1953-y), Toshkent va Farg’onada polivinilxlor asosida sun’iy charm zavodi, Toshkent va Guliston margarin zavodlari, Toshkent farmatsevtika, Farg’ona sun’iy qorako’l zavodlari va boshqa o’nlab qorxonalar organik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.
Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 3 ta qora metallurgiya sanoati korxonasi, 9 ta chinni va shisha buyumlari sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi".
Mineral oʻgʻitlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish, kimyo sanoati korxonalarining qarzdorliklarini restrukturizatsiya qilish yuzasidan koʻrilgan choralar ularni moliyaviy sogʻlomlashtirishga va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirishga imkon berdi.
Shu bilan birga, kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda eksport hajmini kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, investitsiyaviy jozibadorlikning pastligi va tarmoqni rivojlantirish uchun oʻz mablagʻlarining yetarli emasligi xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash boʻyicha ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish imkonini bermayapti, buning oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mineral oʻgʻitlar ulushining yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida jahon kimyo sanoati rivojlanishining tendensiyalarini va respublikaning muhim xomashyo salohiyatini hisobga oluvchi fundamental ilmiy baza va zamonaviy loyiha-injiniring ishlanmalari mavjud emas.
Kimyo tarmogʻini yanada diversifikatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish hamda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, yetakchi xorijiy institutlarni jalb qilgan holda zamonaviy ilmiy va loyiha bazasini yaratish, shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida:
1. Respublika kimyo tarmogʻini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
uglevodorod xomashyosini va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash asosida iqtisodiyot tarmoqlarida va jahon bozorida talab katta boʻlgan, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyo mahsulotlari nomenklaturasini kengaytirish;
respublikaning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini qondirish va eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish;
kimyo sanoati korxonalarining ustav kapitalida davlat ishtirokini qisqartirish, tarmoqqa toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, tarmoq korxonalari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish orqali bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni chuqurlashtirish;
fanni va sohaviy ilmiy tadqiqotlarni faol rivojlantirish, shuningdek, birinchi navbatda, uglevodorod xomashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlashga qaratilgan ilgʻor ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga integratsiya qilish; loyiha-injiniring ishlari va diagnostika tadqiqotlari sifatini oshirish, kimyo va kimyo texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil etish.
2. 2018-2030 yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni 4,5 barobarga, shu jumladan, mineral oʻgʻitlarni – 2 barobarga (1,2 million tonnadan 2,4 million tonnagacha), mahsulotlar eksportini – 4 barobarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7 foizdan 54 foizgacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Oʻzkimyosanoat” AJ faoliyatida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, bazaviy mahsulotlarni qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unga koʻra:
a) qisqa muddatda (2018-2020 yillarda):
“Ammofos-Maksam” AJda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish hisobiga fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish hajmini 20,0 ming tonnaga oshirish (100 foiz sof holda);
“Navoiyazot” AJda yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol;
“Navoiyazot” AJda yiliga 500 ming tonna azot kislotasi;
“Navoiyazot” AJda yiliga 660 ming tonna ammiak, 577,5 ming tonna karbamid;
“Fargʻonaazot” AJda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yiliga 7,8 million dona zamonaviy polimer oboylar;
“Dehqonobod kaliyli oʻgʻitlar zavodining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsiyaviy loyihasi (II bosqich) doirasida togʻ-kon majmuasi loyiha hajmlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish;
b) kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish kimyoviy vositalarini ishlab chiqarishni oshirish, organik kimyo, shu jumladan, polimer mahsulotlar, sintetik tolalar, rezinotexnika va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻrta va uzoq muddatlarda istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish (2030 yilgacha). Bunda mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 4,8 milliard AQSH dollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
3. Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “Oʻzkimyosanoat” AJ quyidagilarni taʼminlasin:
“Fargʻonaazot” AJ va “Qoʻqon superfosfat zavodi” AJni xorijiy investorlarga sotish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha 2018 yil 30 dekabrga qadar ushbu jamiyatlarning aktivlarini mustaqil baholashni yakunlash;
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun, keyinchalik “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertiza qilish sharti bilan, kimyo sohasida tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan istisno tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida shartnoma tuzish; Navoiy viloyatida fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqarish kompleksini qurish boʻyicha 2019 yil avgust oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy tashkilot tomonidan fosforli xomashyo maydonini baholash (ekspertizadan oʻtkazish) asosida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) va “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra, “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilasin.
Bunda kimyo sohasida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish, yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan yangi investitsiyaviy loyihalar asosan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi belgilansin.
5. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda tarmoq korxonalarining investitsiyaviy jozibadorligini va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishda energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yil 15 apreliga qadar xalqaro konsalting kompaniyalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda, kimyo sanoati tizimini isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boʻyicha taklif kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017-yil kimyo sanoati sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a’zolari to‘liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta’minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardoshligi va jozibadorligini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida “O‘zkimyoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
Albatta, amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlar kimyo sanoatida ham ijobiy natijalar bermoqda. Lekin tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o‘z yechimini topgani yo‘q. Masalan, mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.
Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga umuman e’tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, dedi Prezidentimiz.
Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmayapti. Oqibatda kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o‘sib ketmoqda.
Shu bois 2018-yildan boshlab, iste’molchilarga mineral o‘g‘it yetkazib berish “O‘zkimyosanoat” AJ huzurida tashkil qilinadigan “Yagona agent” vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o‘g‘itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017-yilda “Farg‘onaazot” korxonasi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Qo‘qon superfosfat zavodi, “Ammofos-Maksam” va “Maksam-Chirchiq” birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo‘lgan, “Navoiyazot” korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o‘z aylanma mablag‘larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb qilish orqali hal etib kelmoqda.
Shu sababli “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018-2019-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
E’tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag‘ yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta’mirdan o‘tmayapti.
Davlatimiz rahbari joriy va kapital ta’mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Adabiyotlar
G’afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o’g’it ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari. – T.: Fan va texnologiya, 2010. – 360 b.
Shamshidinov I. Noorganik moddalar va mineral o’g’itlar texnologiyasi. – T.: Iqtisod-moliya, 2014. – 324 b.
G’afurov Q., Shamshidinov I. Mineral o’g’itlar va tuzlar texnologiyasi. – T.: Fan va texnologiya, 2007. – 352 b.
Dostları ilə paylaş: |