Atom massa. Molyar massa. Modda miqdori va massa Reja



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə30/37
tarix16.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#183333
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
15 ta mavzu bittada 6 listdan 90 list

Karbamid


Karbamid sanoatda elimlar, qatron va boshqalarni tayyorlashda xomashyo sifatida, qishloq xo’jaligida, shu jumladan xususiy xo’jaliklarda va fermer xo’jaliklarida mineral azotli o’g’it sifatida, shuningdek chorvachilikda qo’shimcha ozuqa sifatida qo’llaniladi. Karbamid qo’llanilishiga qarab ikkita markada («A» ва «B») ishlab chiqariladi.


Ammiakli selitra
A mmiakli selitra - yarmi g’arakatchan, tez o’zlashadigan nitrat shaklidagi va yarmi sekin g’amda davomli ta'sir etuvchi ammiak shaklidagi, tarkibi 34,4 % azotdan iborat bo’lgan universal azotli o’g’itdir. O’g’it - o’simliklar tomonidan to’liq va tezda o’zlashtiriladi, u turli qishloq xo’jalik ekinlariga keng ta'sir etadi. Selitra ikkita markada ishlab chiqariladi: "A" - sanoatda xomashyo sifatida, shuningdek oddiy portlovchi moddalarni tayyorlashda va "B" - qishloq xo’jaligida foydalaniladi.


Ammoniy sulfat
A mmoniy sulfat o’g’iti - tarkibi ammoniy shaklidagi 21% azot va sulfat-ion shaklidagi 24% dan ortiq oltingugurtdan iborat bo’lgan, o’simliklarni oziqlanishi uchun muhim bo’lgan o’g’itdir. U ozgina gigroskopik bo’lib, kam yopishadi, yaxshi sochiladi va suvda tez eriydi, havoda yoyilib ketmaydi va sochiluvchanligini saqlaydi. Tashqi ko’rinishi jihatidan ammoniy sulfat - oq yoki nimrangli kristall holdagi kukun bo’lib, och sariq va pushti rangda ham bo’lishi ruxsat etiladi. Ammoniy sulfat ozuqa sifatida qo’llaniladi. Bu o’g’itni nafaqat bahorda, kuzda ham yerga solish mumkin, chunki ammoniy sulfatning ammoniyli azoti tuproqdan yuvilib ketmaydi va o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi.





Azot - fosforli o'g'it


Yuqori konsentrasiyali donadorlangan azot-fosforli o’g’it - ammiakli selitrani ammofos bilan 9:1 nisbatda mexanik yo’l bilan aralashtirish orqali olinadigan o’g’itdir. Mahsulot mineral o’g’it sifatida qo’llaniladi. Ushbu o’g’it barcha turdagi tuproqlarga, asosiy va ekish paytida qishloq xo’jalik ekinlari ostiga solish uchun ishlatiladi.



SUVDA ERUVCHAN AZOT-FOSFOR-KALIY MIKROELEMENTLI KOMPLEKS MINERAL O‘G‘IT
Suvda eruvchan NPK mikroelementli – o‘g‘it tomorqa uchastkalari, bog‘lar va polizlarning turli xildagi tuproq va har qanday ekinlar ostiga solinganda maksimal samara beradi. Bahor va kuz oylarida tuproqni qaytadan chopib chiqqanda, asosiy va mahalliy (chuqurchalarga) solish,shuningdek o‘simliklarning vegetatsiya davrida oziqlantirish uchun qo‘llaniladi.



KOMPLEKS O‘G‘IT NPKS
Suvda eriydigan xlorsiz kompleks o‘g‘it NPKS ekishdan oldin tuproqqa sepish uchun ham, urug‘larni ekish oldidan ishlov berish uchun issiqxonalar va ochiq yerga sepish orqali ishlatiladi. Suvda eruvchan xlorsiz murakkab o‘g‘it NPKS tarkibida azot, fosfor, kaliy va oltingugurt kabi asosiy oziq moddalar mavjud.



Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid
Qishloq xo‘jaligi va chakana savdo uchun o‘g‘it sifatida mo‘ljallangan magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid. Magniy bilan modifikatsiyalangan karbamid, o‘zining fizika-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha jadvalda ko‘rsatilgan talablarga mos bo‘lishi kerak!



Magniy nitrat
Azot-magniy to‘liq suvda eriydigan o‘g‘itdir. Issiqxona va ochiq tuproqda sug‘orishda va ildizdan tashqari o‘g‘itlash uchun qo‘llaniladi. Kimyoviy formulasi-Mg(NO3)2 * 6N2O.


D onador azot-oltingugurtli og`it (ADO`)


Ammoniy sulfatdagi oltingugurt miqdori 15% dan va ammiakli selitra ertmasidagi umumiy azot miqdori 25% dan iborat bo’lgan donadorlangan o`g`itning yangi turidir.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin