Atom tuzilishi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə9/15
tarix07.01.2024
ölçüsü0,71 Mb.
#202527
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Atom tuzilishi

NH4 + = H+ + NH2 -
H2PO4- = H+ + HPO42-
Al(H20)63+= H+ + [Al(H2O)5OH] 2+
Brensted –Louri ta’rifiga ko’ra suv amfoter elektrolit hisoblanadi.Chunki u kuchli asoslar ishtirokida o’zini asos, kuchli kislotalar ishtirokida asos xossasini namoyon etadi.
NH3+ H2O = NH4+ + OH-
HCl+ H2O = H3O+ + Cl-
Barcha bu jarayonlar muvozanatda bo’lib moddalarning proton berish qobiliyatiga bog’liq. HCl eritmasida muvozanat o’nga surilgan, chunki HCl protonlarni donori hisoblanadi. Cl- HCl nisbatan kuchsiz asosdir. NH3
ishtirokida kuchsiz kislota H20 ga kuchli asos OH- to’g’ri keladi.
Erituvchilar sistemasi ta’rifi. Bu ta’rifga ko’ra kislota ayni erituvchida kation hosil qiladigan moddadir.
H2O + H2O = H3O+ + OH-
NH3(s) + NH3(s) = NH4+ + NH4-
H2SO4 + H2SO4 = H3SO4+ + HSO4-
100% 100%
Eriganda o’z kationlarini konsentratsiyasini oshiradigan erituvchilar kislotalar, o’z anionlari konsentratsiyasini oshiradigan erituvchilar asoslar deyiladi. Ko’pgina reaksiyalar eritmada ketgani uchun bunda erituvchini xossalarini bilish juda muhimdir.
Tarkibida proton tutgan va ozmi yoki ko’pmi kislota xossasiga ega bo’lgan erituvchilar proton erituvchilar deyiladi. Proton erituvchilar o’z-o’zidan ionlasha oladi (H2O, H2SO4 va boshqalar) . Proton erituvchilarda erigan modda zarrachalari nafaqat erituvchi zarrachalari balki autodissotsilanish jarayonida yuzaga kelgan kation va anionlar bilan o’ralgan.
Aproton erituvchilar sifatida qutbliligi kam yoki kuchsiz qutblangan dissotsilanmaydigan lekin kuchsiz solvatasiyga uchraydigan suyuqliklar kiradi(CCl4,C6H6 va boshqalar).
Dissotsiyalanmaydigan lekin kuchli solvatlanadigan qutbli erituvchilar (dimetilformamid, dimetilsulfoksid va boshqalar) hamda kuchli qutblangan autodissotsilanadiga erituvchilar kiradi(POCl3,BrF3 va boshqalar).
Lyuis ta’rifi. Luis taklifiga ko’ra kislota elektron juft akseptorlaydigan modda , asos bo’lsa elektron juft beradigan moddadir. Kislota va asosning o’zaro ta’siri donor aktseptor mexanizm bo’yicha boradi:

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin