Kislota va asoslar to’grisidagi zamonaviy tassavurlar Arrenius nazariyasiga ko’ra kislotalar dissotsiyalanganda H+ kationi hosil qiladigan moddalardir. Asoslar dissotsiyalanganda OH- anoioni hosil bo’ladi.
Sharoitga qarab ham H+ va ham OH- anioni hosil qiladigan moddalar amfoter elektrolitlar deyiladi.
Lekin bunday qarashlar anchagina kamchiliklarga ega bo’lib , ulardan eng muhimlari:
dissotsilanish sababini va bunda erituvchining o’rni hisobga olinmagan;
kislota va asoslarning ta’rifi ham juda to’g’ri emas. Shunday organik moddalar borki(sulfadimezin) ular vodorod ioni ajratmaydi, lekin kislota xossalariga ega;
ayni paytda trimetilamin,geksametilentetramin, amidopirin kabi birikmalar gidroksil guruhiga ega emas, lekin asos xossalarini namoyon etadi;
bu nazariyani suvsiz elektrolitlar hamda kuchli elektroltlarga qo’llab bo’lmaydi.
Brensted-Louri ta’rifi.Agar sistema o’zidan proton ajratsa (protonlar donori) kislota, agar o’zi proton bilan biriksa asos hisoblanadi. Demak, neytrallanish reaksiyasi protonning kislotadan asosga o’tishi bilan sodir bo’ladi. Protonni yo’qotib kislota asosga aylanadi, chunki hosil bo’lgan modda proton biriktirib kislotaga aylanadi.
A1 = B1 + H+ Kislota Asos Proton
B2 + H+ = A2 Asos Proton Kislota
A1 + B2 = A2 + B1 Kislota Asos Kislota Asos
Neytrallanish reaksiyasi protonga ega bo’lish uchun ketadigan konkurent reaksiyadir. A1 va B2 tutash sistema deyiladi. Kislota va asoslar neytral molekulalar, musbat yoki manfiy ionlar bo’lishi mumkin.
Kislota Asos
CH3COOH = H+ + CH3COO-