Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

Nurlanishlarning 
effektiv 
dozasi. 
Kishilarning 
ionlashtiruvchi 
nurlanishlaridan oladigan nurlanish dozasi qancha katta bo‟lsa, organizmga 
shunchalik ko‟proq zararli bo‟ladi. Shuning uchun yadroviy sinovlardan radioaktiv 
zararlanish oqibatlarini bartaraf etish uchun olib boriladigan tadbirlarni tashkil 
etuvchi kishilarning nurlanishi imkoni boricha kichik bo‟lishi zarur, lekin bunday 
kishilar o‟z vazifalarini radiatsion sharoitda bajarishda bir necha marta nurlanishi 
mumkin. Bunda ularning olgan yig‟indi dozasi ruxsat etilgan chegaraviy dozadan 
yuqori bo‟lishi mumkin. Ma‟lumki, nurlanishdan zararlanish kishining olgan 
dozasiga va shu dozani olish vaqtiga bog‟liq. Kishilar olgan yig‟indi dozani 
aniqlashda organizmning radiatsiyon zararlanishining katta qismini tiklashdagi 
qobiliyatini hisobga olish kerak. Zararlanish tiklanadigan doza umumiy dozaning 
qariyb 90 % ini tashkil etadi. Bunday doza zararlanishning qayta tiklanadigan 
qismi, yoki qaytar doza deyiladi. Zararlanishning 10 % i qayta tiklanmaydi. Bu 


doza qoldiq doza bo‟ladi, bu doza nurlanishning ko‟p yillardan keyingi 
zararlanishiga olib keladi. Zararlanishning 90 % qayta tiklanadigan qismining 
yarmi bir oyda tiklanishi mumkin bo‟lgan barcha qismi esa, uch oyda tiklanadi. 
Organizmning zararlanishdan tiklanish tezligi sutkada 2,5 % ni tashkil etadi. Lekin 
nurlangan vaqtdan keyingi 4 sutkada tiklanish bo‟lmaydi. Shuning uchun nurlanish 
qancha vaqt oralig‟ida – 1 soatdami yoki boshqa biror vaqt oralig‟idami bunga 
bog‟liq bo‟lmasdan, nurlanish qisqa vaqtdagi nurlanish yoki bir marta nurlanish 
xisoblanadi. Nurlangandan so‟ng 4 sutka o‟tgach organizmda sog‟ayish, tilanish 
boshlanadi.
Organizmning yana qancha vaqt olingan nurlanish dozasining ta‟sirida 
bo‟lishi mumkinligini aniqlash uchun 10 % qoldiq dozani va qaytar dozaning 
berilgan vaqtda organizm xali tozalanmagan vaqtdagi dozasini qo‟shish kerak. Bu 
ikki xil dozaning yig‟indisi nurlanishning effektiv dozasi deyiladi. Effektiv doza 
nurlanishdan zararlanish vaqtida organizmga biologik ta‟sirni ko‟rsatuvchi dozadir. 
Bir marta nyrlanishda effektiv doza (D
ef
) quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
𝛼 
Bu formulada 
nurlanishning effektiv dozasi; 
-bir marta nurlanish dozasi; 
𝛼- 
uchun koeffitsient, uning qiymati 1-rasmdagi grafikdan aniqlanadi. 
Misol. 
, nurlanishdan so‟ng 20 sutka o‟tgandan so‟ng effektiv 
doza 
hisoblansin. 
Yechish. 1-rasmdagi grafikdan z=20 sutka uchun a=0,7. U vaqtda effektiv 
doza: 
Ko‟p marta nurlanishdagi effektiv doza quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
𝛼 
Bu formulada 
-ko‟p marta nurlanishdagi yig‟indi dozasi, rentgen birlikda; 
- uchun koeffitsient, uning qiymati 2-rasmdagi grafikdan topiladi.
Misol. 
. 15 sutka davomida nurlanganda har sutkada 10 
rentgendan nurlangan. Effektiv doza 
hisoblansin. 


Yechish. 1 va 2 rasmlardagi grafiklardan 
𝛼 va ekanligi 
aniqlanadi. 
U vaqtda ko‟p marta nurlanganda effektiv doza 
quyidagicha hisoblanadi: 
Bu kattaliklar (8)-formulaga qo‟yib hisoblanadi va 
topiladi. 
Shunday qilib, nurlanishdan so‟ng qandaydir vaqt o‟tgandan keyin zararlanish 
darajasi berilgan vaqtda effektiv dozani hisoblash orqali aniqlanadi. Nurlanishdan 
keyin qancha ko‟p vaqt o‟tsa, effektiv doza shunchalik kichik bo‟ladi, qoldiq 
dozaga yetganicha kamayadi 
3-jadvalda dozimetrik kattaliklar, belgilanishlari, sistemasidagi birliklari
birliklar sistemasiga kirmagan birliklar, birliklar ta‟riflari, birliklar orasidagi 
munosabatlar keltirilgan. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin